Anatomik-fiziologik aspekt. Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning biologik
asosini - inson organizmidagi ayrim a`zolarning nutq tovushlarini hosil qilishdagi rolini, ularning
tuzilishi va faoliyatini O‘rganadi.
Nutq tovushlarining biologik asosini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1) nutq a`zolarining anatomiyasi;
2) nutq a`zolarining fiziologiyasi;
3) nutq a`zolarining ijro kechimi.
1.Nutq a`zolarining anatomiyasi deyilganda shu a`zolarning shakli, tuzilishi, orni nazarda
tutiladi. Bunday a`zolar quyidagi apparatlarga birlashadi:
a) nafas apparati - o‘pka, bronxlar, traxeya, diafragma, ko‘krak qafasi. Bu apparat a`zolari
tovush hosil qilish uchun zarur bo‘lgan havo oqimini boshqa a`zolarga etkazib beradi, shu
ma`noda havo manbai sanaladi;
b) bo‘g‘iz bo‘shlig‘i- traxeyaning yuqori (kengaygan) qismi. Unda un
paychalari, uzuksimon, qalqonsimon, cho‘michsimon, ponasimon, shoxsimon tog‘aylar
mavjud. Bu apparatdagi eng faol a`zolar un paychalaridir:
-un (ovoz) paychalari tinch holatda turganda, ularning oralig‘i ochiq bo‘ladi, natijada nafas
apparatidan kelayotgan havo oqimi shu oraliqdagi paychalarni tebratmay ota’di. Bunday
vaziyatda ovoz hosil bo‘lmaydi;
- ovoz paychalari tortilgan ( taranglashgan) da, ular orasidagi ochiq bo‘shliq yumuq
holatga keladi, natijada havo oqimining yo‘li to‘siladi, havo oqimi taranglashgan un paychalariga
urilib, uni tebratadi. Bunday tebranish ovozni (asosiy tonni) yuzaga keltiradi. Shuning uchun
bo‘g‘iz bo‘shlig‘i ovoz manbai hisoblanadi. Ovoz esa unli tovushlarni, jarangli va sonor
undoshlarni shakllantirishda fizik komponent sifatida qatnashadi.
-ovoz paychalari bo‘shroq tortilgan holatda shu paychalar orasida torroq bo‘shliq yuzaga
keladi, havo oqimi shu bo‘shliqdan sirg‘alib, ishqalanib ota’di, ammo un paychalarini
tebratmaydi., natijada shovqin hosil bo‘ladi, bu shovqin pichirlab yoki shivirlab gapirganda
qo‘llanadi;
v) halqum- bo‘g‘izdan yuqoriroqda joylashgan bo‘shliq. U uch qismdan iborat: pastki
qismi hiqildoq(bo‘g‘iz)ga tutashgan orni; o‘rta qismi-halqumning og‘zi. Bu qism og‘iz bo‘shlig‘i
tomonga ochilgan bo‘ladi; yuqori qismi- burun bo‘shlig‘iga va eshitish paylariga birikkan
(tutashgan) qismi;
g) og‘iz bo‘shlig‘i- til, kichik til, tishlar, lablar, lunjlar, qattiq va yumshoq tanglay, til osti
muskulidan iborat apparat. U orqa tomonidagi tomoq orqali halqumga tutashadi;
d) burun bo‘shlig‘i - qo‘shimcha ton manbai. U yumshoq tanglay oxiridagi kichik tilning
quyi tomon harakat qilishi natija-sida rezonatorga aylanadi: havo oqimining bir qismi burun
bo‘shlig‘idan o‘tib, qo‘shimcha tonlarni yuzaga keltiradi. O‘zbek tilining m,n,ng undoshlari shu
apparat ishtirokida yuzaga keladi.
Faol a`zolar: lablar; tilning old qismi; tilning o‘rta qismi; tilning orqa qismi; til O‘zagi;
kichik til; yumshoq tanglay ; halqumning orqa qismi.
Nofaol a`zolar : old tomondagi yuqori tishlarning uchi; old tomondagi yuqori tishlarning
orqa qismi; qattiq tanglayning old qismi; tanglayning o‘rta qismi; yumshoq tanglayning old
qismi; yumshoq tanglayning orqa qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |