Fonetika o‘qitish metodikasi Reja



Download 0,86 Mb.
bet3/3
Sana12.01.2022
Hajmi0,86 Mb.
#336950
1   2   3
Bog'liq
KURS ISHI new

JARANGLILAR

b

d

g

j

j (dj)

v

z

g`

y

l

m

n

r

ng

-

-

JARANGSIZLAR

p

t

k

ch

sh

f

s

x

-

-

-

-

-

-

q

h

Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko`ra :

Undosh tovushlar tarkibida shovqin miqdori ovozga nisbatan ko‘p bo‘lsa yoki ovoz mutlaqo qatnashmasa, bunday tovushlar shovqinlilar deb nomlanadi. Agar ovoz miqdori ustunlik qilsa, bunday tovushlar sonor (ovozdor) dir.

OVOZDORLAR (SONORLAR)

l, m, n, ng, r

1.

Burun tovushlari

m , n, ng

2.

Yon tovushi

l

3.

Titroq tovushi

r

SHOVQINLILAR

Sonorlar (m, n, ng, l, r) dan boshqa barcha undoshlar

Tarkibiga ko`ra :

Fonemalar tarkib jihatdan ham ikki turga ajraladi : sof va qorishiq. O`zbek tilida bitta qorishiq fonema mavjud ch. Uning qorishiq deyilishiga sabab lotin tilidagi „c va o`zbek tilidagi „h harflarining birikuvidan hosil bo`lganligidir.

SOF UNDOSHLAR

Qorishiq undosh (ch) dan tashqari barcha undoshlar

QORISHIQ UNDOSH

ch

Undoshlar tasnifini ushbu jadval bo`yicha yodlash tavsiya qilinadi.

Fonema

Hosil bo`lish o`rniga

ko`ra

Hosil bo`lish usuliga

ko`ra

Tovush paychalarining

ishtirokiga ko`ra

Ovoz va shovqinning

ishtirokiga ko`ra

B b

Lab-lab

Portlovchi

Jarangli

Shovqinli

D d

Til oldi

Portlovchi

Jarangli

Shovqinli

F f

Lab-tish

Sirg`aluvchi

Jarangsiz

Shovqinli

G g

Til orqa

Portlovchi

Jarangli

Shovqinli

H h

Bo`g`iz undoshi

Sirg`aluvchi

Jarangsiz

Shovqinli

J j

Til oldi

Portlovchi

Jarangli

Shovqinli

J (dj)

Til oldi

Sirg`aluvchi

Jarangli

Shovqinli

K k

Til orqa

Portlovchi

Jarangsiz

Shovqinli

L l

Til oldi

Sirg`aluvchi

Jarangli

Sonor

M m

Lab-lab

Portlovchi

Jarangli

Sonor

N n

Til oldi

Portlovchi

Jarangli

Sonor

P p

Lab-lab

Portlovchi

Jarangsiz

Shovqinli

Q q

Chuqur til orqa

Portlovchi

Jarangsiz

Shovqinli

R r

Til oldi

Sirg`aluvchi

Jarangli

Sonor

S s

Til oldi

Sirg`aluvchi

Jarangsiz

Shovqinli

T t

Til oldi

Portlovchi

Jarangsiz

Shovqinli

V v

Lab-tish

Sirg`aluvchi

Jarangli

Shovqinli

X x

Chuqur til orqa

Sirg`aluvchi

Jarangsiz

Shovqinli

Y y

Til o`rta

Sirg`aluvchi

Jarangli

Shovqinli

Z z

Til oldi

Sirg`aluvchi

Jarangli

Shovqinli

G` g`

Chuqur til orqa

Sirg`aluvchi

Jarangli

Shovqinli

Sh sh

Til oldi

Sirg`aluvchi

Jarangsiz

Shovqinli

Ch ch

Til oldi

Qorishiq-portlovchi

Jarangsiz

Shovqinli

Ng ng

Til orqa

Portlovchi

Jarangli

Sonor


URG`U VA UNING NUTQDAGI AHAMIYATI

So‘z bo‘g‘inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so‘zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq yoki cho`ziqroq talaffuz qilinishiga urg‘u deyiladi. Urg`uning vazifalari : 1. So`zlarning fonetik tarkibini uyushtirish; 2. Gap tarkibida so`zlarni bir-biridan farqlash.



Urg‘u yordamida nutq ko‘rkamlashadi, eshituvchiga yoqimli bo‘ladi, uni zeriktirmaydi.

Urg‘u tilning qaysi sathidagi birliklarga aloqador bo‘lishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi

So`z urg`usi (leksik urg`u)

Gap urg`usi (mantiqiy urg`u)

So`z bo`g`inlaridan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishi. Yozuvda urg`u tushgan bo`g`in tepasiga (`) belgisini qo`yish bilan ifodalash mumkin.

Gapda so`zlovchi tomonidan alohida ahamiyat berilib, ta’kidlab ko`rsatilgan bo`lakning kuchli ohang bilan aytilishi.





Ot so`z tukumida

Ot so`z turkumida

Chora (imkon)

Chora (idish)

Organ (davlat tashkiloti)

Organ (musiqa asbobi)

Moda (odat)

Moda (hayvonlarning urg`ochisi)

Soya (o`simlik turi)

Soya (ko`lanka)

Ot so`z turkumida

Ravish so`z turkumida

Shaharcha (kichik shahar)

Shaharcha (shaharliklarga xos)

Bog`cha (bolalar bog`chasi)

Bog`cha (bog` kabi kattalikda)

Yigitcha

Yigitcha (yigit kabi)



URG`U YORDAMIDA MA’NO FARQLANISHI

Fe’l so`z turkumida

Ot so`z turkumida

Bog`lar

Bog`lar

Ko`zlar

Ko`zlar

Gullar

Gullar

Olma

Olma

Qayish

Qayish (taom nomi)

Tugma

Tugma

Suzma

Suzma

Ot so`z turkumida

Sifat so`z turkumida

Akademik

Akademik

Botanik

Botanik

Etik

Etik

Lirik (lirik asar yozadigan shoir)

Lirik

Logik (mantiqshunos)

Logik (mantiqiy)

Sinoptik

Sinoptik

Atlas (geografik karta)

Atlas (mato turi)

Ravish so`z turkumida

Sifat so`z turkumida

Hozir

Hozir

Yangi

Yangi

Quyidagi holatlarda urg`u oxirgi bo`ginga TUSHMAYDI

1.

Ayrim olmoshlarda

Har kim, har nima, har narsa, hech kim, hech nima, hech narsa, kimdir, ba’zi, qaysi, qanday, hamma, bari, barcha…

2.

Ayrim bog`lovchilarda

Ammo, lekin, chunki, garchi, agarda, mabodo, basharti, ya’ni…

3

Ayrim ravishlarda

Ba’zan, tezda, doim, yangi, hozir, aslo…

4

Ayrim modal so`zlarda


Albatta, afsuski, balki, zero, so`zsiz, chamasi

5

Ayrim so`z-yuklamalarda

Hatto, zero, go`yo

6.

Fe’lning II shaxs buyruq-istak

shakllarida

O`qi, gapir, o`tir, tashla, yasha, ishla…

7.

Qo`shma sonlarda

O`n ikki, o`n to`qqiz, yigirma besh…

8.

Qo’shma fe’llarda va ko`makchi fe’lli

so`z qo’shilmalarida

Sotib oldi, yozib oldi, berib yubordi..

9.

Takroriy so`zlarda

Katta-katta, asta-asta, yam-yashil, qop-qora, qip-qizil.

10.

Tarkibida sifatning darajasini ko`rsatuvchi so`zlar ishtirok etgan

birliklarda

Nimpushti, tim qora, lang ochiq...

11.

Ayrim o`zlashma so`zlarda

Respublika, ruchka, gazeta, direktor, fizika, matematika, akademiya

Urg`u olmaydigan shakllar

1.

Sof ko`makchilar.

Bilan, uchun, sari, sayin, singari, kabi, tufayli, uzra, qadar, yanglig`, haqida.

2.

Bir bo`g`inli so`zlar

Bor, ber, kel, yer...

3.

Qo`shimcha yuklamalar

-mi, -chi, -a, -ya, -u, -yu, -da, -ku, -gina, -oq, -yoq, -dir, -ki.

4

Shaxs-son qo`shimchalari

-man, -san, -dir, -miz, -siz.

5.

Fe’lning bo`lishsizlik shaklini yasovchi

qo`shimchalar

-ma, -may, -mas, -masdan, -maslik.

6.

Faol fe’l yasovchi ayrim qo`shimchalar

-la, -lar.

7.

Son turini hosil qiluivchi ayrim

qo`shimchalar

-ta, -tacha, -lab, larcha.

8.

Ravish yasovchi ayrim qo`shimchalar

-dek, -day, -cha.

9.

Buyruq-istak maylini hosil qiluvchi

qo`shimchalar

-sin, -gin, -y(-ay), -ylik, (-aylik), -(i)ng, -(i)ngiz, -inglar, -sinlar

10.

Familya hamda otasining ismini hosil

qiluvchi qo`shimchalar

-ov, -ova, -yev, -yeva, -ovich…

11.

Fe’lning zamon qo`shimchalari

-di, -gan, -yapti, -ar…

12.

Gumon olmoshini hosil qiluvchi

qo`shimcha

-dir

13.

Fe’lning shart mayli qo`shimchasi

-sa.



Urg`u olmaydigan shakllar

1.

Sof ko`makchilar.

Bilan, uchun, sari, sayin, singari, kabi, tufayli, uzra, qadar, yanglig`, haqida.

2.

Bir bo`g`inli so`zlar

Bor, ber, kel, yer...

3.

Qo`shimcha yuklamalar

-mi, -chi, -a, -ya, -u, -yu, -da, -ku, -gina, -oq, -yoq, -dir, -ki.

4

Shaxs-son qo`shimchalari

-man, -san, -dir, -miz, -siz.

5.

Fe’lning bo`lishsizlik shaklini yasovchi

qo`shimchalar

-ma, -may, -mas, -masdan, -maslik.

6.

Faol fe’l yasovchi ayrim qo`shimchalar

-la, -lar.

7.

Son turini hosil qiluivchi ayrim

qo`shimchalar

-ta, -tacha, -lab, larcha.

8.

Ravish yasovchi ayrim qo`shimchalar

-dek, -day, -cha.

9.

Buyruq-istak maylini hosil qiluvchi

qo`shimchalar

-sin, -gin, -y(-ay), -ylik, (-aylik), -(i)ng, -(i)ngiz, -inglar, -sinlar

10.

Familya hamda otasining ismini hosil

qiluvchi qo`shimchalar

-ov, -ova, -yev, -yeva, -ovich…

11.

Fe’lning zamon qo`shimchalari

-di, -gan, -yapti, -ar…

12.

Gumon olmoshini hosil qiluvchi

qo`shimcha

-dir

13.

Fe’lning shart mayli qo`shimchasi

-sa.

Urg`u olmaydigan shakllar

1.

Sof ko`makchilar.

Bilan, uchun, sari, sayin, singari, kabi, tufayli, uzra, qadar, yanglig`, haqida.

2.

Bir bo`g`inli so`zlar

Bor, ber, kel, yer...

3.

Qo`shimcha yuklamalar

-mi, -chi, -a, -ya, -u, -yu, -da, -ku, -gina, -oq, -yoq, -dir, -ki.

4

Shaxs-son qo`shimchalari

-man, -san, -dir, -miz, -siz.

5.

Fe’lning bo`lishsizlik shaklini yasovchi

qo`shimchalar

-ma, -may, -mas, -masdan, -maslik.

6.

Faol fe’l yasovchi ayrim qo`shimchalar

-la, -lar.

7.

Son turini hosil qiluivchi ayrim

qo`shimchalar

-ta, -tacha, -lab, larcha.

8.

Ravish yasovchi ayrim qo`shimchalar

-dek, -day, -cha.

9.

Buyruq-istak maylini hosil qiluvchi

qo`shimchalar

-sin, -gin, -y(-ay), -ylik, (-aylik), -(i)ng, -(i)ngiz, -inglar, -sinlar

10.

Familya hamda otasining ismini hosil

qiluvchi qo`shimchalar

-ov, -ova, -yev, -yeva, -ovich…

11.

Fe’lning zamon qo`shimchalari

-di, -gan, -yapti, -ar…

12.

Gumon olmoshini hosil qiluvchi

qo`shimcha

-dir

13.

Fe’lning shart mayli qo`shimchasi

-sa.


Izohlar : 1. Sof ko`makchilar bilan birga kelgan mustaqil so`zning oxirgi bo`g`ini urg`u oladi: Osmon uzra.

2. Bir bo`g`inli so`zlar sof ko`makchilar bilan qo`llansa, urg`u oladi : Yer uzra.

3. –gina qo`shimchasidan keyin qo`shimcha qo`llansa, urg`u oladi : Bolagina+m mening…

4. Qazilma, qurilma, qazilma, qo`llanma, qurama kabi so`zlarning oxirgi bo`g`ini urg`u oladi, chunki ularning fe`l shakli yo`q, ular ot so`z turkumida.


Chetdan o`zlashgan ayrim so`zlarda urg`uning o`rnini aniqlash usullari

Urg`u olmagan bo`g`indagi “o unlisi “a ga monand talaffuz qilinadi. Natijada, asliga muvofiq talaffuz qilinuvchi unli tovushga urg`u tushgan bo`ladi.

Motor (mator), fontan (fantan), roman (raman)..

Urg`u olmagan bo`g`indagi “e” unlisi “i ga monand talaffuz qilinadi.

Telefon (tilifon),televizor (tilivizir)...

Urg`u olmagan bo`g`indagi “o unlisi “i ga monand talaffuz qilinadi.

Rektor (rektir), direktor (direktir), traktor (traktir), doktor (doktir)...

Urg`u olmaydigan shakllar

1.

Sof ko`makchilar.

Bilan, uchun, sari, sayin, singari, kabi, tufayli, uzra, qadar, yanglig`, haqida.

2.

Bir bo`g`inli so`zlar

Bor, ber, kel, yer...

3.

Qo`shimcha yuklamalar

-mi, -chi, -a, -ya, -u, -yu, -da, -ku, -gina, -oq, -yoq, -dir, -ki.

4

Shaxs-son qo`shimchalari

-man, -san, -dir, -miz, -siz.

5.

Fe’lning bo`lishsizlik shaklini yasovchi

qo`shimchalar

-ma, -may, -mas, -masdan, -maslik.

6.

Faol fe’l yasovchi ayrim qo`shimchalar

-la, -lar.

7.

Son turini hosil qiluivchi ayrim

qo`shimchalar

-ta, -tacha, -lab, larcha.

8.

Ravish yasovchi ayrim qo`shimchalar

-dek, -day, -cha.

9.

Buyruq-istak maylini hosil qiluvchi

qo`shimchalar

-sin, -gin, -y(-ay), -ylik, (-aylik), -(i)ng, -(i)ngiz, -inglar, -sinlar

10.

Familya hamda otasining ismini hosil

qiluvchi qo`shimchalar

-ov, -ova, -yev, -yeva, -ovich…

11.

Fe’lning zamon qo`shimchalari

-di, -gan, -yapti, -ar…

12.

Gumon olmoshini hosil qiluvchi

qo`shimcha

-dir

13.

Fe’lning shart mayli qo`shimchasi

-sa.
Bo’g’in murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko’ra, o’quvchilarda so’zni bo’g’inlarga bo’lish ko’nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi. O’quvchilar so’zni bo’g’inlarga bo’lishda so’zda nechta unli bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o’rgatish davridayoq hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so’zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so’zda nechta unli bo’lsa, uni shuncha qism (bo’g’in)ga bo’ladilar.

I sinfda o’quv yilining birinchi yarmida og’zaki va yozma tarzda bo’g’inlarga bo’lish, shuningdek,

o’qituvchi topshirig’iga ko’ra, muayyan bo’g’inli so’z tanlash mashqlari har kuni o’tkaziladi. So’zni bo’g’inlarga to’g’ri va tez bo’lish ko’nikmasini hosil qilish 1-sinfda o’tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O’quvchilar o’qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko’nikmaga tayanadilar. O’zbek grafikasida bo’g’in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O’quvchi so’zni to’g’ri yozish uchun uni avval bo’g’inlarga bo’ladi. Bo’g’inlardagi tovushlarning o’zaro bir-biriga ta’sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi. O’quvchi quyidagicha muhokama yuritadi:

Dasturga ko’ra, tutuq belgili (ma’no, sun’iy kabi) so’zlarni bo’g’inga bo’lish va ko’chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo’g’inda bo’lishi, katta, ikki kabi ikkita bir xil undoshli so’zlarni bo’g’inga bo’lganda ikkita bir xil undoshning biri oldingi bo’g’inda qolishi, ikkinchisi keyingi bo‘g‘inga o‘tishi (kat-ta, ik-ki kabi) o‘quvchilarga 2-sinfdayoq o‘rgatiladi

Fonetika bo‘limi shuningdek, 5-sinfda o‘rgatiladi. Bu bo‘lim tilning tovushlar tizimini o‘rgatadi. Fonetika bo‘limini o‘qitish quyidagi vazifalarni ko‘zda tutadi:

1.O‘quvchilarni adabiy talaffuz me’yorlariga o‘rgatish.

2.O‘quvchilarning savodxonligini oshirish maqsadida ularni zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar biloan qurollantirish

3.O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish

4.O‘quvchilarda turli lug‘atlar va ma’lumotnomalar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.

Fonetika bo‘limining izchil kursi bir qator mavzularni o‘z ichiga qamrab oladi. “Fonetika va grafika” mavzusini o‘rganishda asosiy e’tibor fonetika bilan grafikani o‘granish obyektini belgilab olishga, nutq haqida tushuncha berishga qaratiladi. Og‘zaki va yozma nutq haqida tegishli ma’lumot berilib, darslikdagi mashqlar og‘zaki va yozma shakllarda bajariladi.

“Nutq tovushi va harf” mavzusini o‘tishni topshiriqda berilgan gapni so‘zlarga, so‘zlarni bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inlarni esa tovushlarga ajratish bilan boshlash to‘g‘ri bo‘ladi. O‘quvchilar og‘zaki nutqning eng kichik, mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan qismi nutq tovushi, tovushning yozuvdagi ifodasi esa harf ekanligini bilib oladilar. Bir tovushning bir harf bilan yoki ikki harf bilan ifodalanishi haqida tushunchaga ega bo’ladilar. Bu nazariy tushunchalarga mos amaliy mashqlar ishlaydilar.

Shundan so‘ng “Unli tovushlar”, “Undosh tovushlar” mavzulari o‘rganiladi. O‘quvchilar unli va undosh tovushlarning o‘xshash hamda farqli tomonlarini o‘rganib oladilar. Berilgan so‘zlar tarkibidagi tovushlarni unli va undoshlarga ajratadilar.

“Nutq a’zolari” mavzusi orqali o‘quvchilarga nutq tovushining qanday hosil bo‘lishi va ularni hosil qilishda nutq a‘zolarining ishtiroki haqida ma‘lumot beriladi. O’quvchilar nutq tovushlarini tabiatdagi boshqa fizik tovushlardan farqlashga o‘rganadilar. Tovushlar nutq azolarining ishtirokiga ko‘ra lab tovushlari va til tovushlariga ajratiladi. Lab tovushlari lablarning ishtirokida, til tovushlari esa tilning ishtirokida hosil bo‘ladi. M, n, ng kabi tovushlar burun tovushlari, h tovushi esa bo‘g‘iz tovushi hisoblanadi. O‘quvchilar mana shunday ma’lumotlar bilan ham tanishadilar.

Nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasini o‘rgatish ham ko‘zda tutilgan, o‘quvchilar nutq tovushlarining asosiy vazifasi so‘zlarning ma’nosini farqlash ekanligini shox-shoh, yod-yot, ulg‘aydi-ilg‘aydi, tol-tosh-tom, qol-qor-qoch-qot kabi so‘zlar tahlili orqali anglab yetadilar. Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘zbek alifbosi haqida bilimga ega bo‘ladilar.

Fonetika o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlardan biri o‘quvchilarga orfografik bilimlar berishdir. Unli tovushlarni o‘rgatishda ham, undosh tovushlarni o‘rgatishda ham imloviy bilimlar berish imkoniyatlari katta. Darslikdagi 21-dars “Unlilar talaffuzi va imlosi” deb nomlangan. O‘quvchilar u va i, a va o, o,e unlilarining talaffuzi va imlosini o‘rgansh orqali orfografik bilimlarga ega bo‘ladilar. Masalan, u va i unlilarining talaffuzi va imlosi bilan bog‘liq holda o‘quvchilar so‘zlarni to‘g‘ri yozishga oid quyidagicha bilimga ega bo‘ladilar: 1.So‘zlarning birinchi bo‘g‘inida r,l undoshlaridan oldin kelgan i unlisi bilinar-bilinmas talaffuz qilinsa ham, yozuvda i harfi bilan yoziladi. Masalan: biroq, sira, bilan. 2.Ikki bo‘g‘inli so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida lablangan u unlisi ta’sirida ikkinchi bo‘g‘indagi i unlisi u holida talaffuz qilinsa ham, yozuvda i yoziladi. Shunday yozilishi bilan ikkinchi bo‘g‘inda u yoziladigan otlardan farqlanadi: urush-urish, yurush-yurish, qurut-qurit. Bu juftliklarning birinchi qismida berilgani ot turkumiga mansub so‘zlar bo‘lsa, ikkinchi qisimda berilgan so‘zlar esa fe’l turkumiga mansubdir.

Darslikda mavzuni mustahkamlash uchun 3 ta mashq berilgan. 381-mashq berilgan so‘zlarning talaffuzi bilan yozilishi o‘rtasidagi farqni ajratishga qaratilgan bo‘lsa. 382-mashqda esa berilgan so‘zlardagi nuqtalar o‘rniga i yoki u harfini qo‘yish vazifasi topshirilgan. 383-mashq esa o‘quvchining mavzu yuzasidan egallagan bilimini va savodxonligini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, unda bir so’zning ikki xil yozilishi berilgan: tuyg‘i-tuyg‘u, uyqu-uyqi kabi. Bulardan to‘g‘ri yozilganini aniqlash topshirilgan. 384-mashq uyga vazifa qilib beriladi. Ko‘rinadiki, mana shu mavzu orqali o‘quvchilarga i va u unlisi ishtirok etgan so‘zlarning imlosi haqida yetarli tushuncha beriladi. Darslikdan “Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi” nomli mavzu ham o‘rin olgan. Ushbu mavzu ham o‘quvchilar savodxonligini mustahkamlashda muhim o’rin tutadi. So‘z tarkibida yonma-yon kelgan ikki unli tovush ishtirok etsa, bular qator kelgan unli sanaladi: oila, shoir, muomala, soat, saodat kabi. Bunday so‘zlar talaffuzida yo bir tovush tushirib aytiladi yoki bir undosh tovush qo‘yib aytiladi. Bu holat esa qator unli ishtirok etgan so‘zlarning imlosida qiyinchilik tug‘diradi. Ushbu mavzu esa o‘quvchilarga shunday so‘zlarning yozilishini o’rgatishda yaxshi yordam beradi.



Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosini o‘rgatish orqali ham o‘quvchilarga orfografik bilimlar berib boriladi. Darslikda berilgan Jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi va imlosi nomli mavzu quyidagicha o‘rgatiladi. Dastlab topshiriq sifatida berilgan bob, yod, eg kabi so‘zlarning talaffuzi o‘rganiladi va so‘z oxirida kelgan jarangli undoshlarning jarangsizlashi, lekin yozuvda jarangli undosh sifatida aytilishi haqida shunday xulosa chiqariladi: so‘z oxirida b-p, d-t, z-s singari jarangli va jarangsiz undoshlar o‘rtasidagi farq yoq‘olib, bir xil jarangsiz undosh tovush holida talaffuz etiladi, lekin b,d,z yoziladi. Shundan so‘ng darslikdagi mashqlar orqali bu qoidalar mustahkamlanadi. Keyingi darslarda g-k, q-g‘ kabi jarangli va jarangsiz undoshlarning imlosi, q-g‘ undoshlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shimchalarning qo‘shilishi va ularning imlosi, v, m undoshlaridan oldin kelgan n undoshining imlosi o‘rganiladi. Shu bilan birga o‘quvchilarga j, x va h, f, ng, sh va ch harflarining, qo‘sh undoshlarning talaffuzi va imlosi haqida ham ma’lumot beriladi. Imloviy bilimlar tutuq belgisi, qator undoshlar, bo‘g‘in, tovushlarining orttirilishi va tushib qolishi kabi mavzular bilan bog‘liq holda ham o‘rgatiladi.

Fonetik mashqlar – o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantiruvchi vosita. Ona tili mashg‘ulotlarining samaradorligi ko‘p jihatdan so‘zning ma’nosi va shakli, grammatik kategoriyalar va ularning nutqda ifodalanishi o‘rtasidagi bog‘lanishlarga bog‘liq bo‘ladi. Ammo, afsuski, amaldagi mavjud dastur va darsliklarda bu bog‘lanishlar to‘la hisobga olingan emas. Til hodisalarining nazariy talqini asosiy o‘rinni egallab, so’z va uning leksik ma’nosi, matn ustida ishlash, o‘zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanish masalalari uning soyasida qolib ketgan. Ta’limga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bu holning oldni olish choralaridan biri o‘zbek tili fonetikasi, leksikologiyasi va grammatikasi semantika va amaliy uslubiyat bilan bog‘lashdir. Bu muhim tadbirni amalga oshirishda tilning barcha bo‘limlari qulay imkoniyatlarga ega. «Fonetika»ni o‘rganishda o’quvchilar ko‘proq tovush va uning ma’noga ta’siri, tovushdosh so‘zlar hosil qilish, hosil qilingan so‘zlarning ma’nolari ustida ishlash, u — o’, i — u, a — i kabi juftlar bilan farqlanuvchi so’zlar topish va ularning ma’nolarini izohlash, ma’lum bir guruhlardagi so’zlar ro‘yxatini tuzish(masalan, birinchi bo‘g‘inida u, o‘, ikkinchi bo’g’inda u yoki i kelgan urush—urish, tushum—tushim kabi so‘zlar); berilgan so‘zlarda undoshlarni juftlari bilan almashtirish orqali yangi so‘zlar hosil qilish, mahalliy shevada talaffuzi adabiy tilda farqlanuvchi so‘zlar lug‘atini tuzish va ular ustida ishlash, she’riy asarlarni ifodali o‘qish, she’riy asarlarni tahlil qilib, ularning qofiyalanishi ustida ishlash, ma’lum bir fonetik hodisadan (masalan, unlilarni cho‘zishdan) foydalanib, matn yaratish kabi imkoniyatlarga ega va bu sermahsul ishlar ona tili mashg‘ulotlarining samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Fonetikani o‘rganishda eng muhim masalalardan biri imlodir. Shuning uchun unli va undosh tovushlar (harflar) haqida gap borar ekan, asosiy e’tiborni imlo masalalariga qaratishga to‘g‘ri keladi. «Unlilar imlosi» o‘rganilayotganda a, i, u, u harflari ishtirok etgan so‘zlarni matnda ajratish, ularning talaffuzxususiyatlariii sharhlash: u — o‘, i — u, a — i va h. k. juftlar bilan farqlanuvchi so‘zlar topish va ularni izohlash; birinchi bo‘g‘inda u, o‘, ikkinchi bo‘g‘inda u yoki i kelgan so‘zlar talaffuzi, imlosi va ma’nosi ustida ishlash (urush—urish, tushum—tushim kabi); i — u tovushlari (harflari) tushib qoladigan so‘zlar ro‘yxatini tuzish; q, g‘, h, x tovushlari (harflari) va k, g,. y tovushlari (harflari) bilan yonmayon kelgan a, i, u, o‘ tovushlarining talaffuz xususiyatlari, i, u tovushlarining o’ta qisqa va aniq talaffuzi ustida ishlash. Ma’lumki, yangi internet asri deb atalmish XXI asrga o‘tish insoniyat uchun misli ko‘rilmagan burilishlar, ya’ni yangilanish va jadal taraqqiyot davri bo‘lib tarixga kirmoqda. Ayni paytda, Respublikamizda jahon kommunikatsiyasida va yangi axborot texnologiyalari yutuqlari iqtisodiy, ijtimoiy–siyosiy va huquqiy islohotlar bilan bir qatorda ta’lim–tarbiya sohasidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishga ham keng joriy etilmoqda. Bu esa, ilm-fan va ta’lim–tarbiya bilan bog‘liq ishlarni tashkil etishni jahon standartlari darajasiga yetkazishni taqoza etmoqda.

Shu bois hukumatimiz tomonidan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Davlat ta’lim standartlari» singari ta’lim–tarbiyani rivojlantirishga bag‘ishlangan bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Ularni amalga oshirishdan maqsad kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishga qaratilgandir. Jamiyatning ilg‘or yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni yarata oladigan ijodkor yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jiddiy tadqiqotlar olib borishni hamda uning o‘ziga xos tomonlarini maxsus o‘rganishni taqoza etganligi bilan hozirgi zamon fanining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.Fikrlashga yo‘naltiruvchi fonetik mashqlar. Ona tili ta’limida uzluksizlikni ta’minlash maqsadida sistemaviylik va izchillik tamoyillariga amal qilib, ish tutilsa, ta’lim tizimidagi qaytariq va o‘rinsiz takrorlarga chek qo‘yilgan bo‘ladi. Bu esa til fanini barcha bo‘limlari ketma ketligi, bosqichma bosqichligini ta’minlashi shubhasizdir.



Topshiriq. Matnni ifodali o‘qishni mashq qiling. So‘ng tushunchangizni so‘zlab bering. Inson turli a`zolardan tarkib topgani kabi til fani ham turli bo‘limlardan iborat bo‘ladi. Til va uning bo‘limlarini o‘rganuvchi fan tilshunoslik deyiladi. Uning nutq tovushlari haqidagi bo‘limi fonetika, nutq tovushlarini yozuvda ifodalovchi belgilar, ya`ni harflar tizimini o‘rganuvchi bo‘limi grafika, tilning lug‘at tarkibini o‘rganuvchi bo‘lim leksikologiya, shuningdek, so‘z turkumlari va so‘zning tarkibi morfologiyada, so‘z birikmasi va gap esa sintaksisda o‘rganiladi.

1-mashq. Berilgan xalq maqoli ma`nosini tushuntiring. Unda ishtirok etayotgan tovushlarning hosil bo‘lish o‘rnini talaffuz asosida aniqlang.

Bilimliga yorug‘ dunyo, Bilimsizga –qorong‘u.



2-mashq. Quyidagi so‘z juftliklarini birma - bir talaffuz qiling, ular orasidan shakldosh so‘zlarni toping va ma`nolarini izohlang.Tur-to‘r, kul-ko‘l, sur-so‘r; Tush-to‘sh, qush-qo‘sh, xush-xo‘sh.

3-mashq. Berilgan matnni o‘qing. Unda ishtirok etayotgan mustaqil so‘zlarni so‘rog‘iga ko‘ra turkumlarga ajrating va jadval shaklida joylashtiring.

Biror matnni o‘qiganda baland ovoz bilan, shoshilmasdan o‘qing. Har bir so‘zni va so‘z tarkibidagi tovushni aniq talaffuz qiling. Tinish belgilariga e`tibor berib, kerakli o‘rinda to‘xtamga rioya qiling. Gaplarning ohangiga diqqat qiling. Ohang gap mazmunini belgilashda asosiy omil ekanligini unutmang.



4-mashq. Bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlarga yoddan misollar keltiring. Ularda qanday tovush ma`no farqlayotganligini ayting.

Masalan: ranj/ganj; r va g tovushlari ma’no farqlashga xizmat qilmoqda



5-mashq. Berilgan quyidagi xalq maqollaridan bir bo‘g‘inli so‘zlarni ajratib oling va dastlab unli harflarni so‘ng undosh harflarini almashtirib yangi so‘zlar hosil qiling.Ish desa, ayyor, Sher izini it bosmas.Osh desa, tayyor.

Ko‘p bilgan oz so‘zlar, oz bo‘lsa ham soz so‘zlar



6-mashq. Talaffuz qilganingizda hech qanday to‘siqqa uchramay chiquvchi nutq tovushlarini ajrating. So‘ngra she`rni ifodali o‘qib, mazmuni haqida tushunchangizni bayon qiling.

Aziz asrimizning aziz onlari,

Aziz odamlardan so‘raydi qadrin.

Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la,

Bezamoq chog‘idir, umr daftarin.

G‘.G‘ulom



7-mashq. Yangi bo‘g‘in qo‘shib so‘zlar yasang va to‘g‘ri talaffuz qiling.

1.Bir bo‘g‘n/ 2.Ikki bo‘g‘n/ 3.Uch bo‘g‘in/

Sal Sa-ra Sa-mar-qand

So‘…


Si…

Se…


So…

Su…


Metodik tavsiya. Amalda bo‘lib turgan maktab darsliklarida nutq tovushlari yaxlit holda tasnif qilib berilmagan. Norasmiy qo‘llanmalarda biroz farqi bilan tasnif qilingan. Ularda (masalan, N.Rasulova qo‘llanmasida) “o” unlisi lablarning ishtirokiga ko‘r oraliq tovush ekanligi aytilib, misol tariqasida “tonna”, “noyabr” so‘zlarida lablangan, “olma”, “ona” so‘zlarida lablanmagan deb berilgan. Bunga e’tirozimiz yo‘q. Lekin millatning bolasiga milliy tilimizdan saboq berganda tushuntirilayotgan qoidaga imkon qadar ona tilimizdagi o‘z qatlamga mansub til birliklaridan misol keltirish didaktik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi. (Men tashlagan yuqoridagi Fonetikadan savol-javoblardagi misollarga diqqat qiling.) Chunki bu tilimiz tabiatini ko‘rsatadi va bu qoida ona tilimizning fitratiga mosligini anglatadi. Avval o‘z qatlamdagi misollar bilan tushuntirib, so‘ngra o‘zlashgan so‘zlardan misol aytish, ya’ni qoidaga ilova qilish maqsadga muvofiq. Bu repetitor hamkasblarimizga ham tegishli. Chunki abiturientga o‘qishga tayyorgarlik asnosida maktabda berilmagan milliy tarbiya, bilim va shuurni berish bo‘ynimizgadagi qarz. Faqat ma’lumot berib, test yechtirish bilan kifoyalanib qolayotgan repetitor o‘qituvchilar o‘z ishlarini vijdonan bajarmayotgan bo‘lib chiqadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, “Fonetika” bo’limini o’qitish jarayonida o’quvchilarga ko’plab imloviy bilimlar berish, ularning savodxonligini yaxshilash imkoniyatlari keng. Buni to’g’ri yo’lga qo’ya bilish o’qituvchi mahoratiga bog’liq.

“Fonetika” bo’limini o’qitishda ko’zda tutiladigan amaliy maqsadlardan biri o’quvchilarning so’z boyligini oshirishdir. Bu ish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:

1.Tovushdosh so’zlar ustida ishlash orqali. Tovushdosh so’zlar bir-biridan bir tovush bilan farqlanadi hamda turli ma’noga ega bo’ladi: ber-bor-bur, loy-moy-soy, choy-toy kabi. O’quvchilar har bir unli va undosh tovushning talaffuzi va imlo xususiyatlarini o’rganib bo’lgach, shu tovushlarga mos tovushdosh so’zlar to’playdilar: Bu esa o’quvchilarning so’z boyligini oshirishga yordam beradi.

2.So’zlarning ma’no nozikligi ustida ishlash orqali.

Unli va undosh tovushlarni cho’zish vositasida ma’noni kuchaytirish, so’zga ishonchsizlik, yalinish-erkalash kabi ma’nolarni yuklash mumkin.Masalan: katta` (ma’noni kuchaytirish), yo’qq` (ishonchsizlik ma’nosi), buvijon` (yalinish) kabi. Ana shunday ifodalarni o’quvchilarga o’rgatish ularning so’z boyligini oshiradi.

3.Ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so’zlar ustida ishlash orqali.

O’qituvchi “Fonetika” bo’limidagi har bir mashq ustida ishlashda ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so’zlar ustida ishlash imkoniyatiga ega.

Masalan, ng tovushining imlosi ustida ish olib borilar ekan, o’quvchilar ohangi, tengi, tonggi, manglay singari so’zlarni bo’g’inlarga ajratadilar. Shu bilan birga ma’nodoshlar topishi ham mumkin. Masalan: ohang-sas, teng-barobar-tengqur, tonggi-sahargi, manglay – peshona kabi.

Tovush juftlari bilan farqlanuvchi so’zlar ustida ish olib borilayotganda ham shunday ishlar davom ettirilishi mumkin: urish-urush, yumish-yumush.



“Fonetika” bo’limini o’qitishda sathlararo bog’lanishni yo’lga qo’yish imkoniyatlari ham keng. Bu bo’limni orfografiya, leksikologiya, sintaksis kabi bo’limlar bilan bog’liq holda o’qitish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O’zbek tili (ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun) . Toshkent. “Sharq” nashriyotmatbaa konserni. 1999-yil,1-maxsus son.

2.O’zbekiston Pespublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risidagi Qonuni”. 2020-y 24-sentabr

3.B.To’xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyadova. “O’zbek tili o’qitish metodikasi” Toshkent. “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 2006-y.

4.A.G’ulomov, M.Qodirov “Ona tili o’qitish metodikasi” Toshkent. “Universitet” nashriyoti. 2001-y.

5. “O’zbek tilining asosiy imlo qoydalari” Toshkent. “O’qituvchi” nashriyoti 1995-y.

6.Y.G’ulomov, I.Rasulov, H.Rustamov, B.Mirzaahmedov. “O’zbek tili o’qitish metodikasi” Toshkent. “O’qituvchi” nashriyoti 1975-y.

7.O.Roziqov, M.Mahmudov, B.Adizov, A.Hamroyev “Ona tili didaktikasi” Toshkent. “Yangi asr avlodi nashriyoti” 2005-y.

8.www.google.uz

9.www.ziyonet.com


Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish