Fonetika og’zaki nutqning tovush tizimini o’rganadi. Fikrimizni boshqalarga tovushlar vositasida so’zlash va harflar vositasida yozish bilan bayon qilamiz



Download 57,91 Kb.
bet6/8
Sana27.05.2022
Hajmi57,91 Kb.
#612082
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fonetika сиртқиларга 10 мавзу

Ko’rinadiku bir fonema bir necha tovushlar orqali ro’yobga chiqadi. Ko’l , jo’ra , no’tabar so’zlarida o’ unlisi torroq, ro’mol,xo’roz’qo’ri so’zlarida esa kengroq aytiladi.
Tovush deb nutq a’zolarining harakati va holati natijasida hosil bo’luvchi eng kichik nutq birligiga aytiladi. Fonema deb so’z va uning ma’noli qismlarini shakllantirish hamda farqlash vazifasini bajaruvchi eng kichik til birligiga aytiladi. Masalan bosh so’zini b,o,sh fonemalari moddiy jihatdan shakllantirilgan; besh so’zini esa b,e,sh fonemalari moddiy jihatdan shakllantirilgan. Moddiy jihatdan fonemalar tizimining o’zgarishi yangi ma’noli so’zni yuzaga keltirgan. Fonemalar tizimi o’zgarib borgan sari ma’no o’zgarib boradi. Ma’noni farqlashda foema asos bo’lib qoladi.
Ma’noni ajratishda fonemalarning muayyan tartibi ham muhim hisoblanadi. Masalan, k,o’,ch fonemalarining ko’ch va cho’k tartibi ikkita boshqa-boshqa ma’noni bildiradi. Kcho’ va o’chk tartibi esa hech qanday ma’no bildimaydi va shu sababli tilda ishlatilmaydi.
Fonemalarni sanash mumkin. Ular cheksiz ko’rinishlarga ega bo’ladi. bu esa tovushlar miqdorini cheksiz ekanligini ko’rsatadi. Fonemalar ikki va undan ortiq ma’noli birliklarni bir-biriga zidlash orqali aniqlanadi.
Tilning fonologik(fonetik ) sathining birligi fonema bo’lsa, fonemaning real talaffuz qilingan quloq bilan eshitilgan ko’rinishi fon (allafon) yoki tovush hisoblanadi. Demak, fonema til birligi sifatida umumiylik,imkoniyat,mohiyat kabi xususiyatlarga ega, tovushesa nutq birligi sifatida xususiylik,voqelik,hodisa kabi xususiyatlarga ega.

Fonemalar tasnifi

B va a fonemalarini bir-biriga solishtirsangiz,ular bir qator belgilari bilan farqlanganini ko’rasiz.Birinchidan,b fonemasini talaffuz etganda o’pkadan chiqayotgan havo oqimi labning labga tegishidan hosil bo’lgan to’siqqa urilib unu yorib portlab chiqadi. A fonemasini talaffuz qilayotganda esa o’pkadan chiqayotgan havo hech yerda to’siqqa uchramaydi.Demak,fonemalar o’rtasidagi birinchi farqlanish to’siqqa uchrash-uchramaslik belgisi ekan.
Ikkinchidan b fonemasini talaffuz qilganingizda shovqinga ovoz qo’shiladi.A fonemasi esa faqat ovozdan iborat. Ko’rinadiki,b va a lar o’rtasidagi ikkinchi farqlovchi belgi shovqin belgisidir.Bu belgi b da bor,a da yo’q.
Uchinchidan,a so’z ichida kelib bo’g’in hosil qiladi.B esa bunday xususiyatga ega emas.Demak,fonemalarni farqlash uchun xizmat qiladigan belgilardan yana biri bo’g’in hosil qilish-qilmaslikdir,
Fonemalar bir-biridan o’pkadan chiqayotgan havoning og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchrash yoki uchramaslik belgisiga ko’ra shovqinda ega yoki egamaslik belgisiga ko’ra hamda bo’g’im hosil qilish-qilmaslik belgisiga ko’ra Ikki turli bo’ladi:unli fonemalar va undosh fonemalar





Unlilar tasnifi


O’pkadan chiqayotgan havo og’iz bo’shlig’ida hech qanday to’siqqa uchramay chiqishi natijasida hosil bo’ladigan faqat un (ovozdan) dan iborat va bo’g’in hosil qiladigan fonemalarga unli fonemalar deyiladi. Ovoz(un) paychalarining titrashidan bo’g’iz bo’shlig’ida sof ovoz yuzaga keladi. Unlilarni talaffuz qilganda og’iz bo’shlig’i ochiq bo’ladi , asosiy vazifani esa ovoz paychalari , til va lablar bajaradi.

Download 57,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish