Hay-hu, ho-ho-ho.
Bu raqs o‘yin sifatida san’atshunoslar tomonidan o‘rganilgan bo isa-da, bu o‘yinning verbal qismi, ya’ni so‘z komponenti olimlar e’tiboridan chetda qolib kelmoqda. Bu raqsda kuylanib kelinayotgan
«Omonyor», «Gulbog‘», «Dig‘ajon», «Hoy bola-bola, yor-yor»lar xalq qo'shiqlarinmg eng yorqin namunalaridir.
«Qarsoq» bo‘ri degani, ya’ni «Bo‘ri o‘yini» raqsi va qo'shiqlari asosan chorvachllik bilan shug‘ullangan joylarda to‘y-tomoshalarda, gap-gashtaklarda, Navro‘z bayramlarida sevib ijro etilgan.
Ishirokchilarning qarsak chal ib, doira hosil qilishi, raqqosning o‘rtada turishi uch narsani yodimizga soladi. Birinchisi-qadimda ovchilarning ovga chiqib, halqa hosil qilib, oijasiga hujum qilishi. Ikkinchisi - o‘tov chang‘arog‘inmg aylana shaklda ekanligi, unga birikkan uvuqlar bizga raqqosni o‘rtaga olib, davra hosil qilgan qar- soqchilarni eslatadi. Uchinchisí, «Ko'pkari» (boshqa bir nomi
«Ko‘kbo‘ri») o'yini, ya’ni ko‘pkari o'yinida ham chavandozlar dast- lab davra hosil qilishib, keyin «oija» - uloqqa tashlanishadi.
Bizning nazarimizda har uchala holat ham xalqimizning mav- sumiy marosimi, ya’ni Navro‘z bilan bogiiq. Chunki qish kirishi bilan ko‘klam~bahoming yaxshi kelishi uchun ko‘plab marosimlar o‘tkazilgan. Shulardan birinchisi ov, ikkinchisi ko‘pkari va nihoyat ba- hor kelishi bilan chorvadorlar keng yaylovlarga chiqib o‘tov tikishgan. Fuod Ko‘prili qadimda turklarning kuy- ko'klaming soni 365 ta, ya’ni yil kunlariga teng boiib, har kuni hoqon huzurida ayri bir kuy
166
www.ziyouz.com kutubxonasi
chalinganini urg'ulaydi. Oiovdagi uvuqlar soni ham odatda 52 ta, ya’ni yillik haftaga tengligi tasodifiy boimasa kerak.
Navro‘zga bag‘ishlangan ko‘pgina marosimlar, udumlar, aytim va qo'shiqlar zamirida quyoshga boigan topinch yotganini ko‘rishimiz mumkin. Qarsak o‘yiiiidagi halqa bizga kunni-quyoshni ham eslatadi. Qolaversa, qo'shiq matni naqoratidagi «hu», aslida xu, qu, ku (gu) kun-quyosh so'zi bilan o‘zakdosh emasmikan degan taxmin uyg‘otadi. Nimaboiganda ham, buo'yin qo‘shiqlari maxsus tadqiq etilishi lozim. Tasnifni yana davom ettirisb mumkin. Misol uchun, erkak va ayol qo'shiqlari, har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, Surxondaryo, Qashqadaryo; Jizzax, Samarqand, Buxoro; Tosh- kent, Namangan, Andijon, Farg‘ona hamda Xorazm qo‘shiqlari de- yish ham mumkin. Biroq bunday tasniflar ikkilamchi tasnifga ki- radi. Eng muhimi esa qaysi turkum qo‘shiqlari boimasin, marosim qo'shiqlarimi yoxud nomarosim qo‘shiqlari yuqorida biz tilgaolgan barcha turkumlik uchun birdek boigan umumiy mezonlardan kelib
chiqqan holda tasnif etilmogi lozim.
Xulosa qilib aytganda, xalq qo‘shiqlaridagi maishiy yo'nalganlik va ijro o‘mi masalalari uning o‘ziga xosligini ko'rsatib turuvchi omil- lardan hisoblanib, ularning tasnifida eng awalo har bir janr-ning yu- zaga kelishi, taraqqiy etishi va bugungi jonli og‘zaki ijro jarayonidagi holati, poetik xususiyatlari, badiiy tasviriy vositalari, mifologik tafak- kur tabiati, obrazlar tizimi yaxlitlikda olib qaralishi zarur boiadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |