HUJAYRALAR ORALIG’I SUYUQLIGI
Gavda massasining 16% ini hujayralar oralig’idagi suyuqlik tashkil qiladi.
Tarkibi qon plazmasi tarkibiga yaqin. Bulardagi natriy va kaliy kationlari,
bikarbonatlar miqdorida deyarli farq yo’q. Kalsiy, magniy va organik anionlar
miqdori to’qima suyuqligida plazmadagidan kamroq. Ko’zga tashlanadigan farq
to’qima suyuqligida oqsillar kamligida. Plazmada oqsillarning umumiy miqdori
o’rtacha 7,5% bo’lsa, to’qima suyuqligida – 1,8-2,0%. Shuning uchun bu
suyuqlikning onkotik bosimi (s.u.4,5 mm) plazmaning onkotik bosimidan (s.u.
25 mm) bir necha marta past.
To’qima suyuqligining pH undagi kislorod, karbonat angidrid, glyukoza va
boshqa moddalar miqdori a’zolarning faolligiga bog’liq.
Qon plazmasi va to’qima suyuqligi o’rtasida uzluksiz ravishda suv,
elektrolitlar va organik moddalar almashinuvi sodir bo’lib turadi. Bu suyuqlik
miqdori va tarkibi barqarorligini volyumo- va osmo- boshqarish mexanizmlari
ta’minlab turadi. To’qima suyuqligidan limfa hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |