Maxsus hujayralarning qiyoslanish jarayonida
qon hujayralarining yetuk
shakllari hosil bo’ladi va u gemopoez deb ataladi.
Hozir aksariyat olimlar tan olgan unitar nazariyaga ko’ra, qon shaklli
elementlarining hammasi yagona polipotent ustun hujayradan rivojlanadi.
Ustun polipotent hujayralarning o’z-o’zini saqlab qolish qobiliyati juda
yuqori. Har bir hujayra 100 martagacha mitotik ravishda bo’linishi mumkin.
Ustun hujayralarning bir qismi limfopoezning o’tmishdoshi bo’lsa, ikkinchi
qismidan miyelopoez boshlanadi. Limfopoezning o’tmishdosh hujayralari B-
limfotsitlarning
va
T-limfotsitlarning
o’tmishdoshlariga
bo’linadi.
B-
limfotsitlarning o’tmishdoshi plazmoblast va proplazmoblastlar
bosqichlaridan
o’tib, plazmotsit (yetuk B-limfotsit) ga aylanadi.
T-limfotsitlarning o’tmishdoshi avval limfoblastga aylanadi, prolimfotsit
bosqichidan o’tib, timusda T-limfotsitga aylanadi.
Miyelopoezni
boshlovchi
hujayralar
ichida
eritropoetinga
va
trombotsitopoetinga sezgir hamda maxsus muhitda koloniyalar hosil qiluvchi
hujayralar tafovut qilinadi.
Koloniya hosil qiluvchi hujayralardan avval monoblastlar, keyin
promonotsitlar paydo bo’lib, monotsit yetiladi. Monotsitlar
esa turli xildagi
makrofaglarga aylanadi.
Koloniya hosil qiluvchi hujayralarning boshqa bir qismidan miyeloblastlar
paydo bo’ladi. Miyeloblastlar bazofil, neytrofil va eozinofil promiyelotsitlar,
miyelotsitlar, metamiyelotsitlat bosqichlaridan o’tib, donali leykotsitlarni hosil
qiladi.
Eritropoetinga sezgir hujayralardan eritrotsitlar hosil bo’ladi. Eritrotsitlarning
yetilishi 6 bosqichdan o’tadi: eritroblast, pronormotsit, bazofil normotsit, oksifil
normotsit, retikulotsit va yetuk eritritsit.
Trombotsitopoetinga sezgir hujayralardan megakarioblast paydo bo’lib, u
promegakariotsit va megakariotsit aylanadi. Megakariotsitlardan
trombotsitlar
ajralib chiqadi.
Qon hosil bo’lishi 19 kunlik embrionning sariqlik qopchasida boshlanadi. Bu
gemopoezning mezoblastik davri. U embrion 4 oylik bo’lganida tugaydi.
Gemopoezning ikkinchi – jigar davri homiladorlikning 6-haftasidan boshlanib,
5-oyida cho’qqisiga chiqadi.
4-5 oylik homilada qon yaratilishi ko’mikka o’tadi. Ammo fetal erotropoez
kattalarda qon yaratilishidan farq qiladi. Eritrotsitlar kichiklanib, soni ko’payadi.
Ularda gemoglobin o’zgaradi: ilk bor paydo bo’lgan eritrotsitlarda primitiv
gemoglobin (HbP), homilaning qonida asosan fetal gemoglobin (HbF) va katta
odamning qonida HbA uchraydi.
Qon hosil bo’lishini asosan gumoral omillar boshqaradi. Xar turdagi shaklli
elementlarnin hosil bo’lishi mustaqil yo’l bilan boshqariladi.
Eritrotsitlarni rivojlanib yetilishi uchun eritropoetin zarur. To’qimalarda
kislorod yetishmovchiligi eritropoetin hosil bo’lishini jadallashtiradi. Bu
glikoproteinni asosan buyraklar sintezlaydi.
Granulotsitlarning rivojlanishi koloniyalar hosil bo’lishini rag’batlantiruvchi
omilga bog’liq. Bu modda α
2
-globulinlar turkumidan.
Qon hosil bo’lishiga eritropoetindan tashqari, boshqa gormonlar ham ta’sir
qiladi. Masalan, androgenlar eritropoezni kuchaytiradi.
Eritropoez B
12
, B
6
va
boshqa vitaminlarga muhtoj jarayon.
Qon hosil bo’lishining nerv tizimi tomonidan boshqarishi yaxshi
o’rganilmagan. Gipotalamus gipofiz va vegetativ nerv tizimi orqali qon
yaratilishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.
Qon yaratilishini boshqarib turuvchi murakkab mexanizmlar juda aniq
faoliyat ko’rsatadi. Shu tufayli sog’lom organizmda yemirilayotgan qon
tanachalarining miqdori hosil bo’layotgan qon hujayralari miqdoriga teng bo’lib,
ular o’rtasida doimo muvozanat saqlanib turadi.
LIMFA
Limfa – ichki muhit suyuqliklaridan biri. U qondan kelib chiqadi va maxsus
limfa tomirlarida oqadi. Suv va ba’zi moddalar qon
kapillyarlaridan hujayralar
oralig’iga o’tadi, ko’p qismi yana qonga qaytadi. Filtrlangan suv va unda erigan
moddalarning bir qismi limfa kapillyarlariga yig’iladi. Limfa kapillyarlari
birlashib, limfa tomirlarini hosil qiladi. Limfa tomirlari birlashib, oxirida ikkita
yirik limfa tomir – ko’krak va bo’yin limfa tomirlari vujudga keladi. Ular orqali
tanadan yig’ilgan limfa venalarga tushadi. Limfa tomirlarida suyuqlik bir
tomonga – to’qimalardan qonga harakat qiladi.
To’qimalrdan oqib ketuvchi limfa biologik filtrlar vazifasini bajaruvchi limfa
tugunlaridan o’tadi. Tugunlar tasodifan limfaga tushgan bakteriyalar va yot
zarrachalarni tutib qoladi.
Limfaning asosiy vazifasi ichki muhitning doimiyligini saqlashdan iborat.
To’qimalar oralig’idagi oqsillar limfa orqali qonga qaytariladi. Limfa
organizmda suvning qayta taqsimlanishinida, moddalar almashinuvida, sut hosil
bo’lishida, ovqat hazm qilish va so’rilish jarayonlarida ishtirok etadi. Limfoid
to’qimadan makrofag, limfotsitlarni va
antitelolarni qonga yetkazib, limfa
organizmning immun reaksiyalarida ham ishtirok etadi.
Limfa ishqoriy muhitga ega bo’lgan suyuqlik. Uning pH 7,35-9,0 atrofida.
Turli a’zolarda limfa hosil bo’lishida sezilarli farq bor. Limfa hammadan ko’p
jigarda hosil bo’ladi. A’zolarning 1 kg massasiga hisoblanganda, bir kecha-
kunduzda jigarda 21-36 ml, yurakda – 5-18 ml, taloqda – 3-12 ml, skelet
muskullarida – 2-3 ml atrofida limfa hosil bo’ladi. Katta odam organizmida bir
kunda limfa tomirlari orqali qonga 1000-3000 ml limfa oqib tushadi.
Turli a’zolarda hosil bo’ladigan limfa tarkibida ularning modda
almashinuviga bog’liq farq bor. Masalan,
jigar limfasi oqsilga boy, ichki
sekretsiya bezlarining limfa tomirlaridan olingan limfada gormonlar uchraydi.
Ochlikda yirik limfa tomirlaridan olingan limfa deyerli tiniq bo’lib, yog’lar oz
bo’ladi. Yog’li ovqat iste’mol qilingandan 3-4 soat o’tgach yug’ilgan limfa
yog’ga boyib, sutga oxshab qoladi.
Qon va to’qima suyuqligidan limfa oqsillar miqdori bilan farq qiladi.
Odamning ko’krak limfa tomiridan olingan limfada oqsillarning umumiy
miqdori plazmadagi oqsillar miqdorining 60% ini tashkil qiladi. Limfadagi
albuminlar miqdori globulinlarnikidan ko’p. Limfada fibrinogen va protrombin
ham bor. Shu sababdan u 10-15 minutda ivib qoladi.
Limfada uchraydigan hujayralar miqdori limfa tugunlardan o’tgan-
o’tmaganiga bog’liq. Hali limfa tugunidan o’tmagan periferik limfada oz
miqdorda limfotsitlar uchraydi. Bir-ikkita limfa tugunidan o’tgan oraliq limfada
limfotsitlar soni bir necha marta oshadi. Venalarga
quyiladigan markaziy
limfaning 1 mm
3
da 2000-20000 limfotsit uchraydi. Markaziy limfada hujayralar
soni limfa tugunlarida rivojlanib, yetilgan limfotsitlar hisobiga ko’payadi.
Limfada hazm tizimining gidrolitik fermentlari va gormonlarini ham
uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: