Kapillyarlar orqali almashinuvning o’zgarishi.
Arterial yoki venoz
bosimning ortishi, odatda kapillyarlardagi bosimning ko’tarilishiga olib keladi.
Natijada suyuqlikning filtrlanishi kuchayib, tomirlardagi qonning hajmi
kamayadi, arterial qon bosimi pasayadi. Aksincha, arterial bosim kamaysa,
reabsorbsiya kuchayib, qonning hajmi oshadi, qon bosimi ko’tariladi.
Tomirlar tarangligining o’zgarishi.
Bosim oshishi natijasida tomirlar
kengayib, devori “yumshaydi”, cho’ziluvchanligi oshadi. Qarshilik kamayib,
bosim pasayadi. Tomirlardagi suyuqlik hajmi kamaysa, tomirlar devorining
cho’zilishi qiyinlashadi. Natijada bosim ko’tariladi. Shuning uchun ham
tomirlardagi suyuqlik hajmi sal o’zgarsa ham, qon bosimi 10-60 daqiqada asli
holiga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |