Jigarda qon aylanishi.
Jigar ayni bir vaqtda arterial va venoz qon oladi.
Arterial qonni jigarga jigar arteriyasi olib keladi. Venoz qon esa qopqa vena
orqali jigarga yetib keladi.
Qopqa venaga hazm tizimi a’zolari va talogdan o’tgan qon yig’iladi. Demak,
qopqa venadagi qon kapillyarlardan ikki marta o’tadi: birinchi -
gal ichak,
me’da va boshqa a’zolardagi kapillyarlardan, ikkinnchi marta – jigar
parenximasidagi kapillyarlardan. Qonning jigar kapillyarlaridan o’tishi
gepatotsitlarni ichakda so’rilgan moddalar bilan ta’minlaydi, zaharli moddalarni
zaharsizlantirish va organizmdan chiqarib tashlash uchun muhim. Agar qopqa
venadagi qonni jigardan o’tqazmasdan, bevosita pastki kavak venaga oqizib
yuborilsa (Ekk-Pavlov anastomozi yordamida), hayvon tez kunda zaharlanib
o’ladi.
Qopqa vena va jigar arteriyasi jigar to’qimalarida yoyilib,jigar
bo’lakchalarida sinusoid kapillyarlar hosil qiladi. Sinusoid kapillyarlarda qon
juda sekin oqadi. Bu moddalar almashinuvi uchun qulay sharoit tug’diradi.
Qopqa qon aylanishi sinusoid kapillyarlarning kirish va chiqish sfinkterlari
ochilishi yoki yopilishi yo’li bilan boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |