Tomirlarning MNT ishemiyasiga reaksiyasi.
MNTning qon bilan
ta’minlanishi qiyinlashsa (ishemiya rivojlansa), uzunchoq miyaning tomirlarni
harakatlantiruvchi markazi qo’zg’aladi. Qon tomirlar torayib, qon bosimi
oshadi. Natijada qon oqimi tezlashadi va miyaning qon bilan ta’minlanishi
yaxshilanadi.
DAVOMIYLIGI O’RTACHA BO’LGAN
BOSHQARUV MEXANIZMLARI
Bu mexanizmlarni quyidagi omillar ishga tushirishi mumkin: 1) kapillyarlar
orqali almashinuvning o’zgarishi; 2) tomirlar tarangligining o’zgarishi; 3) renin-
angiotenzin tizimining faollashishi.
Aytib o’tilgan omillar ta’sirida gemodinamika bir necha minutdan keyin
o’zgara boshlaydi. O’zgarishlarning juda rivojlanishi uchun soatlab vaqt kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |