ARTERIYLARDA QON OQISHI Qon oqimining pulsga bog'liq o'zgarishlari. Yurak har safar qisqarganda
qon chap qorinchadan aortaning yuqoriga ko'tariluvchi qismiga faqat haydaalish
davrida chiqadi. Bu yerda qon oqish tezligi aortaning qopqoqlari ochilganda tez
ortib, davrning 1/3 qismi o'tganida eng yuqori darajaga yetadi. Haydalish
davrining oxiriga borib qon oqishi to'xtaydi. Bo'shashish davri boshlanishidan
aorta qopqoqlari berkilishigacha o'tgan vaqt ichida qon chap qorinchaga qayta
oladi. Diastola vaqtida ko'tariluvchi aortada qon harakat qilmaydi.
Tinch holatda bo'lgan odamning ko'tariluvchi aortasida qon oqish tezligi qon
haydalish fazasining boshlarida 100 sm/s dan ko'proq bo'ladi. Bu davr butun
olinganida, qon oqimining o'rtacha tezligi 70 sm/s chamasida.
Yurakdan uzoqlashgan sari qon oqish tezligining o'zgarish amplitudasi asta-
sekin kamayadi. Ammo ko'krak aortasida va periferik arteriyalarda ham diastola
vaqtida qonning orqaga oqishi kuzatiladi.
Arteriyalarning oxirgi shoxlarida va arteriolalarda qonning uzlukli oqishi
asta-sekin uzluksiz qon oqishiga o'tadi.