TOMIRLAR TIZIMIDAGI QON HAJMI Qon tomirlardagi qonning umumiy hajmi yurakning diastola vaqtida
to'lishiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi va sistolik hajmni belgilaydi.
Katta yoshli odamda qon umumiy hajmining 84% katta qon qylanish doirasi
qon tomirlariga, qolgan 16% esa kichik qon aylanish doirasiga to'g'ri keladi.
Katta qon aylanish doirasi arteriyalarida umumiy qon hajmining 18%
saqlansa, shundan 3% arteriolalarga to'g'ri keladi. Bundan ko'rinib turibdiki,
rezistiv qon tomirlarning torayib-kengayishi qon tomirlar tizimining boshqa
qismlaridagi qon miqdoriga sezilarli ta'sir qilmaydi.
Kapillyarlarning ko'ndalang kesimi juda katta bo'lishiga qaramay, ularda
qonning nisbatan kam qismi (taxminan 6%) saqlanadi.
Qonning ko'p qismi (64%) venalarda bbo'ladi. Shunday qilib, rezistiv
tomirlar qon oqishiga katta qarshilik ko'rsatadi. Kichik hajmga ega, hajmli
tomirlar esa kam qarshilik ko'rsatib, qonning ko'p qismini o'zida saqlaydi.
Diametri 0,5-2,0 mm bo'lgan kichik arteriyalar va venalar oraliq joyni
egallaydi: ular kengayganda ham sig'im, ham qarshilik sezilarli o'zgaradi.