Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan


HARAKAT POTENSIALINING VUJUDGA KELISH MEXANIZMI



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

HARAKAT POTENSIALINING VUJUDGA KELISH MEXANIZMI
Harakat potensialining vujudga kelishi nerv va muskul tolalari
membranasining Na
+
va K
+
ionlariga nisbatan o’tkazuvchanligining o’zgarishiga
bog’liq. Ta’sirlovchi, odatda elektr toki, membranani oz miqdorda
depolyarizatsiyaga uchratadi. Bu boshlang’ich depolyarizatsiya natriy
kanallarining bir qismini ochib, hujayra ichiga qaratilgan kuchsiz natriy oqimi
hosil qiladi. Oqim depolyarizatsiyani kuchaytiradi, ochilgan kanallar soni
ko’payib, membrananing natriy kationlari uchunn o’tkazuvchanligi bir zumda
10-20 baravar oshib ketadi. Natijada musbat zaryadli natriy elektr kimyoviy
gradiyent bo’yicha katta tezlikda hujayra ichiga kira boshlaydi.
Membranadagi potensiallar qutbi o’zgaradi: uning ichki yuzasi tashqi
tomonga nisbatan musbat zaryadga ega bo’lib qoladi. Bu harakat potensialining
depolyarizatsiya bosqichi. Demak, depolyarizatsiyani, ya’ni natriy kanallarining
ochilishi va hujayra ichiga musbat natriy ionlarining tez o’tishini vujudga
keltiradi.
Ion kanallarini membranani kesib o’tgan juda ingichka nay, deb tasavvur
qilish mumkin (4-rasm). Bu nayning devori oqsil makromolekulalaridan iborat.
Kanal tashqi uchiga yaqin joyda 0,3-0,5 nm gacha torayadi. Demak, kanallardan
diametri shunga yaqin bbo’lgan zarrachalar o’tishi mumkin. Kanalning toraygan
qismi kationlarni saralab o’tkazadi. Shunning uchun u tanlovchi (selektiv) filtr
deyiladi. Kanallarning soni aksariyat hujayralarda ko’p emas: membraananing
bir necha million lipid molekulalaridan iborat bo’lgan bir kvadrat mikrometr
sathida 20-30 kanal mavjud. Kanalning hujayra ichiga qaratilgan qismi ancha
keng, bbu yerda ikki tavaqali “darvoza” joylashgan. Darvoza tavaqalarining
ochilib-yopilishi biri-biriga bog’liq emas. Shuning uchun ularni ikkita
mustaqil darvoza deb hisoblashadi. Darvozalardan biri membrananing
depolyarizatsiyalanishi ta’sirida tez ochiladi. Bu aktivatsion darvoza. Uning
ochilishi Na
+
ning hujayra ichiga kirishiga yo’l beradi. Hujayra tinch holatda
bo’lganda bu darvozalar yopiq turadi. Ayni vaqtda ikkinchi xil darvozalar ochiq
bo’ladi. Ular inaktivatsion darvozalar deyiladi. Inaktivatsion darvozalar
membrana depolyarizatsiyalanganda, nisbatan sekin yopiladi. Shuning uchun
harakat potensialining depolyarizatsiya bosqichining boshida aktivatsion


darvozalar ochilgan bo’lsa, inaktivatsion darvoza yopilib ulgurmaydi.Bu davrda
ikkala darvoza ochiq bo’lib, kanaldan natriy kationining o’tishiga to’siq
bo’lmaydi. Ammo depolyarizatsiya hali davom etaveradi, u inaktivatsion
darvozani sekin yopib, kanalni berkitadi. Natriyni hujayra ichiga o’tishi
to’xtaydi. Depolyarizatsiya to’xtagandan so’ng inaktivatsion darvoza sekin
ochiladi, aktivatsion darvoza esa tez yopiladi – kanallar asli holiga qaytadi.
Aktivatsion darvozalarning ochilib-yopilishi membrana potensialiga bog’liq.
Ularning membranaga botiq uchi musbat zaryadga ega. Hujayra tinch holatda
bo’lganda membrananing ichki yuzasidagi manfiy zaryadlar uni o’ziga tortadi.
Darvoza kanalga nisbatan ko’ndalang holatda uni to’sib turadi. Depolyarizatsiya
boshlanib, membrananing qutblari o’zgaradi. Darvozaning musbat zaryadli
ucchini manfiy zaryadga ega bo’lib qolgan tashqi yuza torta boshlaydi. Darvoza
kanal ”qirg’og’ida” faraz qilingan nuqtadagi o’q atrofida aylanib, kanaalga
nisbatan uzunasiga joylashadi, kanal ochiladi.
Bu gaplar natriy kanallari faoliyatiga taalluqli. Natriy kanallari faoliyatini
to’xtatib qo’yadigan maxsus modda – tetrodotoksin yordamida olingan
natijalarga muvofiq, kanallar soni turli hujayralar membranasining kvadrat
mikronida bir necha o’n onnadan bir necha minggacha yetishi mumkin.
Kaliy kanallarining tuzilishi va faoliyat ko’rsatishi natriy kanallarinikiga
o’xshash, farqi faqat bu kanallarnning selektivlik (tanlab o’tkazish) darajasida va
inaktivatsiya rivojlanishining tezligida. Kaliy kanallarining tanlab o’tkazish
qobiliyati juda yuqori, ulardan boshqa kationlar, masalan Na
+
deyarli o’ta
olmaydi. Nerv tolalaridagi kaliy kanallarining inaktivatsiyasi depolyarizatsiya
bir necha sekund davom etsagina yuzaga chiqadi.
Demak, ta’sirot membranada boshlang’ich depolyarizatsiyani yuzaga
keltiradi, u esa natriy kanallarining oz qismi ochilishiga sabab bo’ladi.
Kanallarning ochilishi hujayra ichiga qaratilgan natriy oqimini hosil qiladi. Bu
oqim boshlang’ich depolyarizatsiyani kuchaytiradi va boshqa kanallarning
ochilishiga olib keladi. Natriy kationlarining hujayraga juda tez kirishi
depolyarizatsiyani cho’qqisiga yetkazadi. Inaktivatsion darvozalar yopilishi
bilan natriy oqimi to’xtaydi.
Shu vaqtning o’zida depolyarizatsiya natijasida kaliy kanallari sekin-asta
ochiladi va tashqariga qaratilgan kaliy oqimi tezlashadi. Musbat kaliy
ionlarining tashqariga chiqishi membranani repolyarizatsiyalaydi. Kaliy oqimi
davomli bo’lsa, membrana giperpolyarizatsiya holatiga o’tishi mumkin. Bu
vaqtda membranadagi potensiallar farqi tinchlik potensiali miqdoridan oshib
ketadi. 
Harakat 
potensialining
egri 
chizig’ida 
iz 
potensiallarining
giperpolyarizatsiya (musbat) bosqichi paydo bo’ladi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish