Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

ENTERIN GORMONLAR TIZIMI
S e k r e t i n . Birinchi kashf etilgan gastrointestinal gormon. Sekretinni
1902-yilda ingliz olimlari Beyliss va Starling kashf etganlar. “Gormon” atamasi
ilk bor sekretinga nisbatan ishlatilgan.
Sekretinni o’n ikki barmoq ichakning shilliq pardasidagi maxsus hujayralar
sintezlaydi. Molekulasi 27 aminokislota qoldig’idan tashkil topgan. Molekulyar
massasi 3035. Gormonning qonga o’tishi uchun o’n ikki barmoq ichakka
me’dadan xlorid kislota o’tib, undagi pH ni 4,5 dan pastga tushirishi kerak.
Sekretin ta’sirida me’da osti bezidan shira ajralishi keskin ko’payadi, shira
tarkibidagi bikarbonatlar miqdori ortadi. Bundan tashqari, bu gormon o’t-safro
va ingichka ichak shirasi bilan suv hamda tuzlar ajralishini ko’paytiradi.
Sekretin ta’sirida me’da bezlarida fermentlar ajralishi ko’paysa, ayni vaqtda
xlorid kislota sekretsiyasi to’xtaydi. U hazm tizimi a’zolarining silliq
muskullarini ham tormozlaydi. Ingichka ichakning shilliq pardasidagi
enterotsitlarning bo’linishi va ularda invertaza va maltaza fermentlari
sintezlanishi sekretin ta’sirida tezlashadi.
Sekretin hazm tizimiga aloqador bo’lmagan a’zolar faoliyatini ham
o’zgartiradi: yurakdan tomirlarga chiqadigan miqdori, siydik hajmini va undagi
natriy, kaliy, bikarbonatlar miqdorini oshiradi.
X o l e t s i s t o k i n i n (ikkinchi nomi pankreozimin) ham asosan hazm
tizimi a’zolarining sekretor va motor faoliyatlarini boshqarishda ishtirok
etadigan gastrointestinal gormon. Birinchi galda bu gormon o’t pufagini
qisqartiradi, undagi o’tni o’n ikki barmoq ichakka chiqaradi, me’da osti bezidan
fermentlar ajralishini kuchaytiradi. Xoletsistokinin me’da harakatlarini
tormozlab, ichak harakatlarini yaxshilaydi. Uning ta’sirida Langergans
orolchalaridan insulin va glyukagon ajralishi tezlashadi.
Xoletsistokinin faqat o’n ikki barmoq ichakda emas, balki markaziy va
periferik neyronlarda ham sintezlanadi. Xoletsistokininni sintezlovchi neyronlar
katta yarim sharlar po’stlog’ida, limbik tizim va gipofizning orqa bo’lagida
ko’proq uchraydi. Markaziy
nerv tizimidagi xoletsistokinin ishtahani


boshqarishda ishtirok etsa kerak. Hayvonlar miyasi qorinchaliriga kiritilgan
gormon to’yish hissini yuzaga chiqaradi. Ba’zi ma’lumotlar (xoletsistokinin
neyronlar ichida bo’lishi, membrana depolyarizatsiylangandan keyin tashqariga
chiqishi, membranalarda unga moyil bo’lgan retseptorlarning mavjudligi va
hokazo) gormonning mediator vazifasini bajarishi mumkinligidan dalolat
beradilar.
G a s t r i n – me’daning pilorik qismida sintezlanib, qon orqali me’da bezlari
faoliyatini rag’batlantiradigan gormon. Pilorus shilliq pardasiga ko’rsatiladigan
kimyoviy va mexanik ta’sirotlar uning qonga o’tishini ta’minlaydi. Kimyoviy
moddalardan oqsilning parchalanish mahsulotlari va ovqatning ekstraktiv
moddalari gastrinni erkin holga o’tishini ancha tezlashtiradi. Pilorik qismdagi
ovqat va shira aralashmasida (ximusda) xlorid kislota miqdorining ko’payib
ketishi gastrin inkretsiyasini tormozlaydi.
Odam qonodagi uch xil gormondan asosiysi bo’lib, 17 aminokislotadan
tashkil topgan va molekulyar massasi 7000 ga teng. Me’da bezlarini tashkil
qiluvchi hujayralardan qoplovchi hujayralarga gastrin eng kuchli, asosiy
hujayralarga o’rtacha va qo’shimcha hujayralarga kuchsiz ta’sir ko’rsatadi.
Demak, gormon kiritilgandan so’ng yig’ilgan me’da shirasida xlorid kislota
miqdori ancha ko’p bo’ladi, fermentlar uncha ko’p bo’lmay, shilimshiq esa oz
bo’ladi. Gormon me’da harakatlarini kuchaytiradi.
Gastrin me’da osti bezidan fermentlar ajralishini tezlashtiradi. Uning
ta’sirida o’t-safro miqdori ham ko’payadi. Gastrin ingichka ichakda glyukoza,
natriy va suv so’rilishini tormozlaydi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish