Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

QONNING ASOSIY VAZIFALARI
Qon suyuq to’qima bo’lib, plazma va shaklli elementlardan tashkil topgan. U
tomirlar doirasida uzluksiz harakat qilganidan organizmda asosan tashuvchi
vazifasini bajaradi. Tashiladigan moddalarning tabiati va ahamiyatiga qarab,
qonning quyidagi vazifalari tafovut qilinadi: 1) nafas oldirish; 2) ovqatlantirish;
3) ekskretor; 4) boshqaruv; 5) kreator boshqarishlarni ta’minlash; 6)
gomeostatik; 7) haroratni boshqarish; 8) himoya.
Nafas oldirish faoliyati. Bu faoliyat o’pkadan to’qimalarga kislorod yetkazib
berish va ularda hosil bo’lgan karbonat angidridni o’pkaga olib borishdan iborat.
Kislorod 
tashilishini 
eritrotsitlardagi 
gemoglobin
bajaradi. 
Karbonat
angidridning tashilishida ham eritrotsitlar katta ahamiyatga ega.
Ovqatlantirish faoliyati. Qonning ovqatlantirish faoliyati oziq moddalarni
hazm tizimi a’zolaridan to’qimalarga yetkazib berishdan iborat. Iste’mol
qilingan ovqat tarkibidagi murakkab polimer moddalar me’da va ingichka
ichakda fermentlar ta’sirida parchalanib, so’rilishi mumkin bo’lgan sodda
monomer moddalarga aylanadi. Glyukoza, fruktoza, galaktoza, aminokislotalar,
tuzlar va suvda eruvchi boshqa moddalar qonga so’riladi. Yog’lar esa asosan
limfaga so’rilib, uning tarkibida qonga quyiladi. Uglevodlar asosan energiya
manbai bo’lib xizmat qiladi. Ularning oz qismi jigar va muskullarda glikogenga
aylanib, 
uncha 
katta 
bo’lmagan 
zahira 
hosil 
qiladi. 
Hujayralar
aminokislotalarning ko’p qismini oqsil sinteziga sarflaydi. Yog’ kislotalaridan
glitserin ishtirokida neytral yog’lar sintezlanib, yog’ to’qimasida zahira holida
to’planadi. Kerak bo’lganda glikogendan glyukoza, yog’ to’qimasidan neytral
yog’ qonga o’tadi va energiya manbai sifatida sarflanadi.
Ekskretor faoliyat.
Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan qoldiq
moddalarni, tasodifan yoki ma’lum maqsad bilan organizmga kiritilgan
moddalarni chiqarib tashlashda ishtirok etish qonninh ekskretor faoliyatini
tashkil qiladi. Ortiqcha ichilgan suv, iste’mol qilingan tuz va oziq moddalarni
chiqarib tashlashni ta’minlash ham ekskretor faoliyatning bir qismi. Qon
chiqarib tashlanishi zarur bo’lgan moddalarni ajratuv a’zolariga yetkazib beradi.


Boshqaruv faoliyati. Ma’lumki, organizmdagi hamma a’zo va to’qimalar
qonga fiziologik faol moddalar ajratadi. Qon bu moddalarno organizm bo’ylab
tashir ekan, gumoral boshqarilishni amalga oshiradi, a’zolarni o’zaro bog’laydi,
organizmni bir butun qilib, muhit o’zgarishlariga moslashtiradi.
Kreator faoliyat. Qonning bu faoliyatini boshqaruv faoliyatining bir qismi
deyish mumkin. Bu faoliyat qon plazmasi va shaklli elementlarning axborotga
ega 
makromolekulalarni 
tashishda 
ishtirok 
etishidan 
iborat. 
Bu
makromolekulalar tegishli joyga yetkazilgandan keyin oqsil sintezi,
hujayralarning bo’linishi va boshqa jarayonlarga ta’sir ko’rsatadi.
Gomeostatik faoliyat. Qon suyuqliklar pH i, osmotik bosimi, elektrolit
tarkibbi, organik moddalar miqdori va boshqa ko’rsatkichlarning barqarorligini
saqlab turadi va hokazo. Bu masalalar keyin batafsil ko’riladi.
Haroratni boshqarishdagi ishtiroki. Hujayra, to’qimalar faoliyati natijasida
uzluksiz ravishda issiqlik hosil bo’lib turadi. Bu issiqlikning ko’p qismi ichki
yirik a’zolarga (jigar, chuqur joylashgan muskullar, yurak) to’g’ri keladi. U
bevosita tashqi muhitga ajralmaydi. Bu a’zolarning tomirlaridan o’tayotgan qon
ma’lum darajada isiydi va issiqlikni organizm bo’ylab tarqatadi. Qon harorati
sezilarli darajada oshsa, gipotalamusdagi termoretseptorlar qo’zg’alb, haroratni
boshqarib turadigan mexanizmlar faolligi oshadi. Natijada teri qon tomirlari
kengayadi, ter ajralishi kuchayadi, issiqlikni yo'’otish tezlashadi.
Himoya faoliyati. Bu faoliyatning yuzaga chiqishida qonning turli tarkibiy
qismlari istirok etadi. Himoya faoliyati eng avvalo yuqumli kasalliklarni paydo
qiladigan mikroblarning yemirilishini ta’minlashda (hujayra immuniteti) va ana
shu mikroblarga hamda ularning zaharlariga qarshi antitelolar ishlab
chiqarishdan (gumoral immunitet) iborat. Qonning ivishi ham himoya reaksiya
hisoblanadi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish