MARKAZIY NERV TIZIMINING UMUMIY
FIZIOLOGIYASI
Odam organizmi juda murakkab o’z-o’zini boshqara oladigan tizim. Boshqa
tizimlar kabi u tashkiliy unsurlardan – a’zo va to’qimalardan tuzilgan.
Muayyan faoliyatlarni yuzaga chiqaradigan a’zolar ma’lum tizimlarga
birlashgan. Ammo tirik organizm tashqi va ichki muhit o’zgarishlariga
doimo bir butunligicha javob beradi. A’zolar va to’qimalarni birlashtirishda,
shuningdek bir butun organizmning muhit o’zgarishlariga moslashishida
markaziy nerv tizimining ahamiyati juda katta. Benihoya murakkab bo’lgan
odam organizmidagi tizimlar ko’p pog’onali. Odatda yuqori pog’onadagi
tizimlarga pastki pog’onadigilari bo’ysunadi va birinchilar tomonidan
boshqarilib turiladi. Markaziy nerv tizimini boshqaruvchi tizimlarning eng
yuqori pogonasi, desa bo’ladi.
Tizimlarni tashkil qiluvchi a’zolar, turli tisimlar o’rtasida uzluksiz
axborot almashinuvi ro’y berib turadi.
Nerv tizimining axborot almashinuvidagi o’rnini boshqa
tizimlar,
masalan, gumoral boshqaruv tizimi bosa olmaydi. Nerv tizimi o’tkazadigan
axborot turli impulslar shaklida bo’lib, bu impulslar bir-biridan chastotasi,
guruhlarga birlashishi, guruhlarni tashkil qilgan impulslar soni va ular
o’rtasidagi masofa bilan farqlanadi va hokazo.
Mana shu impulslar yordamida boshqarish jarayoni yuzaga chiqadi,
a’zo va tisimlar o’zaro ta’sirlanadi, xatti-xarakatlar shakllanadi, organism
o’zgaruvchan sharoitlarga moslashadi.
Nerv tisimining asosiy faoliyat mexanizmi - refleks. Refleks so’zi
lotincha bo’lib, qaytaraman degan ma’noni bildiradi. Refleks tushunchasi
to’g’risida birinchi bo’lib so’z yuritgan farangistonlik faylasuf Rene
Dekartning fikricha, oyna o’zida tushgan nurni qaytarganifek, miya
organizmni ta’sirlagan narsalarni qaytarib, ularga javob shakllaydi. Xozirgi
vaqtda organizmning markaziy nerv tizimi ishtrokida ro’y beradigan har
qanday reaksiyani refleks deyiladi.
Refleks yuzaga chiqishi uchun uning morfologik asosi - reflektor yoy
mavjud bo’lishi shart. Reflektor yoy besh qismdan iborat. 1) retseptor -
tashqi yoki ichki muhitning muayyan ta’surotlarini qabul qilishga
ihtisoslashgan tuzilma; 2) retseptorda hosil bo’luvchi impulslarni nerv
markaziga yetkazuvchi afferent (sezuvchi) neyron ; 3) odatda orqa yoki bosh
miyada joylashgan nerv markasi ; 4) o’z aksoni yordamida impulsni
markazdan ischi a’zoga yetkazuvchi efferent ( harakatlantiruvchi) neyron;
5) tegishli faoliyatni bajaruvchi ishci a’zo (effektor) - muskul yoki bez. Chin
refleks vujudga kelishi uchun qo’zg’alish reflektor yoyning hamma yeridan
o’tishi kerak.
Tabiiy sharoitda kuzatiladigan reflektor reaksiyalar ancha murakkab.
Ularning yuzaga chiqarilishida markaziy nerv tizimining turli qismlari
ishtrok etadi, bu reaksiyalar aniq bo’lishi va maqsadga yetishni ta’minlashi
uchun qaytar bog’lanishlarning ahamiyati katta. Reflaktor yoyni faqat
yoqorida ko’rsatilgan 5 qismdan iborat, deb faraz qilsak, unda ro’y
beradigan voqealarni quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Ta’sirot
retseptorni qo’zg’atadi va hosil bo’lgan impuls afferent tolalar bo’ylab nerv
markaziga yetib keladi; markaz bbu afferent impulslarni qayta ishlab, ularga
javoban ishchi a’zoga buyruq – efferent impulslar shakllaydi va bu buyruq
efferent neyron orqali ishchi a’zoga yetib keladi, uni ishga soladi. Ammo
buyruqnning qaysi tarzda bajarilgani haqida markaz ahborot olmaydi. Balki
muskul qisqarishi keragidan kuchli, balki kuchsiz bo’lgandir. Maqsadga tez va
aniq erishish uchun effektorlar ishiga markaz uzluksiz aralashib, o’zgarishlar
kiritib tirishi zarur. Buning uchun markaz buyruqning qanday bajarilayotgani
to’g’risida ishchi a’zodan uzluksiz axborot olib turishi kerak. Bu axborotlarni
markazga ishchi a’zoda joylashgan retseptorlar bilan bog’liq bo’lgan afferent
tolalar – qaytar bog’lanish yo’llari yetkazadi. Qaytar afferentatsiya asosida nerm
markazi effektor faoliyatiga tegishli tuzatishlar kiritib turadi: faollik darajasi
yeterli bo’lmasa, u kuchaytiriladi, yuqori bo’lsa, susaytiriladi.
Biologik va texnikaviy tizimlarning boshqarilishida muhim ahamiyatga ega
bo’lgan
qaytar
bog’lanish
to’g’risidagi
tushunchaning
shakllanishida
I.M.Sechenov va P.K.Anoxinlarning roli juda katta.
Turli fiziologik jarayonlar manfiy va musbat qaytar bog’lanishlar tamoyilida
boshqariladi. Masalan, biror sababdan arterial qon bosimi ko’tarilib ketsa, ana
shu o’zgarishning o’zi ko’rsatkichni kamaytirib, asli holiga qaytaruvchi
mexanizmlarni ishga soladi: qon tomirlar kengayadi, yurak ishi sustlashadi,
natijada ko’tarilib ketgan bosim mo’tadil darajaga tushadi.
Musbat qaytar bog’lanishlarni namoyish qiluvchi misollar kam emas.
Boshqariladigan jarayonda o’zgarishlar ro’y berib bo’lganidan keyin qaytar
bog’lanish ishga tushadi va vujudga kelgan nomutanosiblikning bartaraf
etilishini ta’minlaydi.
Ammo, organizmda boshqa tamoyilda ishlaydigan boshqaruv mexanizmlari
ham bor. Bunday boshqaruv tizimlarning bosh qismida jarayonni o’zgartirishi
mumkin bo’lgan ta’sirotlar kuchini aniqlovchi qurilmalar bor. Agar ta’sirot
kuchi kerakligidan ortiq bo’lib, boshqariluvchi jarayonda nomatlub o’zgarishlar
yuzaga keltirish qobiliyatiga ega bo’lsa, tizimda bunday ta’sirotlarning oldini
olish va jarayonni me’yorida saqlab qolishni ta’minlaydigan o’zgarishlar ro’y
beradi. Demak, bunday tizimlar ro’y beradigan o’zgarishlarni tuzatishga emas,
balki keraksiz o’zgarishlarni oldini olishga qaratilgan. Birinchi tamoyildagi
tizimlar chiqqan yong’inni o’chirishga imkoniyat tug’dirsa, ikkinchisi yong’inni
oldini oladi.
Organizmning aksariyat fiziologik reaksiyalari yuzaga chiqishida aytib
o’tilgan har ikki tamoyilda ishlaydigan boshqaruv tizimlarning mavjudligini va
ularning bir-biriga ko’maklashishini kuzatish mumkin.
Reflektor faoliyatlarning ro’yobga chiqishida ko’rsatilgan tuzilma va
mexanizmlardan tashqari, solishtirishni va buyruqlarni shakllaydigan hamda
boshqa ishlarni amalga oshiradigan apparatlar ishtirok etadi. Bular
P.K.Anoxinning fikricha, funksional tizimni tashkil qiladi.
Umurtqali hayvonlarning nerv tizimi markaziy va periferik qismlarga
bo’linadi. Bosh va orqa miyaning tarkibiy qismlari markaziy nerv tizimini
(MNT) tashkil qiladi. Periferik nerv tizimi tugunlar va nervlardan iborat. Bosh
miya, orqa miya va tugunlar ikki xil hujayralardan – nerv va gliya
hujayralaridan tuzilgan. Markaziy nerv tizimining juda murakkab faoliyatlari
asosiy nerv hujayralari – neyronlar bilan bog’liq.
Markaziy nerv tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Nerv tizimi organizmdagi hujayra, to’qima, a’zo va tizimlar faoliyatini
uyg’unlashtirib hamda birlashtirib, integrativ faoliyatni boshqaradi.
2. Nerv tizimi organizmni tashqi muhit bilan aloqasini va muhit bilan
bog’lanishini, shuningdek muhit o’zgarishlariga moslashishini ta’minlaydi.
3. Nerv tizimi organizmning maqsadga erishishga qaratilgan xulq-atvorini
shakllaydi.
4. Nerv tizimi trofik faoliyatga ega. Bu faoliyat o’sish, yetilish va modda
almashinuvini boshqarishdan iborat.
Yuqorida aytib o’tilgan faoliyatlarning yuzaga chiqishi nerv boshqarilishi
deyiladi. Nerv to’qimasining quyidagi xususiyatlari bor. Bular: nerv
to’qimasining yuqori qo’zg’aluvchanligiga bog;liq bo’lgan kuchsiz ta’sirotlarni
qabul qila olish qobiliyati; nerv tizimida sodir bo’ladigan reaksiyalarning juda
tezligi; nerv ta’sirotlarining aniq yo’nalishi.
MNT tuzilishi va faoliyati to’g’risidagi zamonaviy tasavvurlar neyron
nazariyasiga asoslangan. Bu nazariyaga ko’ra, bosh va orqa miya alohida-
alohida neyronlarning funksional birligidir. Neyronlarning tuzilma unsurlari
(neyrofibrillar va gialoplazma) bir hujayradan ikkinchi hujayraga o’tmaydi.
Tuzilishi
chegaralangan neyronlar bir-biri bilrn sinnapslar yordamida
bog’langan. Sinapslar neyronlarni reflektor tamoyil asosida faollik ko’rsatadigan
guruhlarga birlashtirib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |