mV) membrana potensialiga ega bo’lsada, ularda harakat potensiali vujudga
kelmaydi. Faqat tevarak-atrofdagi neyronlar uzoq qo’zg’alib turganda, glial
hujayralarning membrana potensiali ma’lum chegarada pasayadi.
Glial hujayralarning funksiyalaridan biri miyelin hosil qilishidir.
Oligodendrotsitlarning o’sig’i akson atrofida bir necha marta o’ralib,
miyelin
parda shakllaydi. Miyelin elektr tokiga yuqori qarshilik ko’rsatganidan,
tolalarning elektr izolyatsiyasini ta’minlaydi. Oligodendrotsit o’sig’i akson
atrofida qancha ko’p aylansa, tolaning elektr izolyatsiyasi shuncha ishonchli
bo’ladi. Har bir oligodendrotsitning 30 ga yaqin o’sig’i bo’lishi mumkin.
Demak, bir glial hujayra akson atrofida 30 ta bo’g’indan iborat miyelin parda
hosil qiladi. Aksonlarning MNT dan tashqaridagi
qismida miyelin pardani
oligodendrotsitlarning bir turi – Shvann hujayralari o’siqlari shakllaydi. Agar
Shvann hujayrasi akson atrofida bir qavat parda hosil qilgan bo’lsa, u miyelinsiz
tola deyiladi. Atrofida Shvann hujayrasi o’sig’i ko’p marta aylangan, ko’p
qavatli pardaga ega bo’lgan tola miyelinli tola deyiladi. Miyelin parda ma’lum
teng masofalarda (1-2 mm) uzilgani tufayli Ranvye bo’g’ilmalari hosil bo’ladi.
Ranvye bo’g’ilmalarida tola miyelin bilan qoplanmagan. Qozg’alishning
miyelinli va miyelinsiz tolalar orqali o’tkazilishida katta farq bor.
Glial hujayralar elektrolitlar va mediatorlar almashinuvida katta ahamiyatga
ega. Neyronlarning uzoq vaqt faol holatda bo’lishi kaliy ionlarining hujayradan
tashqariga chiqishiga va tashqi suyuqlikda kaliy miqdorining
sezilarli darajada
oshishiga olib keladi. Bu o’zgarish neyron qo’sg’aluvchanligiga katta ta’sir
qilishi mumkin. Ammo glial hujayralar membranasi kaliyga nisbatan yuqori
o’tkazuvchanlikka ega. Shu tufayli ortiqcha kaliy ionlari glial hujayralarga
o’tadi. Neyronlar tinch holatga o’tishi bilan kaliy hujayralararo
suyuqlik orqali
ularga qaytib kiradi. Neyronlar faol bo’lganidan glial hujayralar sinapslar
atrofida ko’payib ketgan mediatorlarni ham o’zida vaqtincha saqlab turadi.
Glial hujayralar himoya funksiyasini ham bajaradi. Astrotsitlar va ular qoplab
turgan miya kapillyarlarining devori qonni neyronlardan ajratib turadigan to’siq
– gematoensefalik to’siqni hosil qiladi. Bu to’siq miyaning ichki muhiti –
serebrospinal suyuqlikning barqarorligini saqlashda muhim rol o’ynaydi.
Gematoensefalik to’siqdan ko’p moddalar, jumladn toksinlar, ba’zi biologik faol
moddalar neyronlar atrofidagi suyuqlikka o’ta olmaydi. Bundan tashqari, glial
hujayralar fagotsitoz qobiliyatiga ega.
Glial hujayralar neyronlarga trofik faoliyat ko’rsatadi.
Astrotsitlar bevosita
miya kapillyarlarida joylashgan. Shu tufayli kislorod va almashinuv uchun zarur
moddalar bilan yaxshi ta’minlanadi. Neyronlarning ba]zi moddalar bilan
ta’minlanishida va ulardan almashinuv qoldiqlarining yo’qotilishida glial
hujayralar ishtirok etadi.
Keyingi yillarda glial hujayralar shartli reflekslar hosil bo’lishida, xotira
mexanizmlarida muhim ahamiyatga ega degan fikrlar aytilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: