«Физиология» фанидан 2-курс даволаш, педиатрия, касбий таълим, тиббий профилактика, фармация, факультети талабаларига



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/91
Sana23.02.2022
Hajmi2,14 Mb.
#151167
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   91
Bog'liq
Fiziologiya javoblari S.M

116. Олий нерв фаолиятининг турлари;
Олий нерв фаолияти – ҳайвон ва одам марказий нерв тизими 
олий бўлимлари (бош мия ярим шарлари пўсти ва пўст ости 
маказлари)нинг фаолияти; бутун организмнинг ташқи муҳит билан 
нормал муносабатда бўлиб туришини таъминлайди. Олий нерв 
фаолияти атамасини фанга И. П. Павлов киритган. У олий нерв 
фаолиятини «психик фаолият» билан бир маънодаги тушунча деб 
ҳисоблаган. Павлов айтганидек, психик фаолиятнинг ҳамма 
шакллари, жумладан, одам тафаккури ва онги олий нерв фаолияти 
элементларидандир. Бу таълимотни яратувчиладан бири – 
Павловнинг ўтмишдоши И. М. Сеченов бўлган. У «Бош мия 
рефлекслари» деган асарида (1863) психик фаолиятнинг рефлектор 
табиати тўғрисидаги ғояни ривожлантирган.
OLIY NERV FAOLIYATINING TIPLARI. 


Oliy nerv faoliyati bosh miya yarim sharlari va ularning po’stlog’ida joylashgan nerv 
xujayralari (nerv markazlari)ning normal funksiyasiga yoki ulardagi qo’zg’lish va tormozlanish 
jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning bir- biriga munosabatiga bog’liq 
bo’ladi. 
Shartli reflector faoliyati nerv sistemasining individual xossalariga bog’liq. Oliy nerv 
faoliyatini belgilab beruvchi shu xossalar yig’indisi xar bir organizmningirsiy xususiyatlariga va 
avvalo hayot tajribasiga bog’liq bo’lib, nerv sistemasining tipi deyiladi. 
I.P.Povlov ko’p yillik ilmiy kuzatishlar asosida miyaning xujaylaridagi qo’zg’lish va 
tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir- biriga munosabatiga 
ko’ra odam oliy nerv faoliyatini 4 tipga bo’lgan . 
1-Kuchli qo’zgfaluvchan, muvozanatlashmagan, jonsarak tip- xolerik. Bu tipda qo’zg’lish va 
tormozlanish kuchli, ammo muvozanatlashmagan, qo’zg’lish tormozlanishdan ustun turadi. 
Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin paydo bo’ladi,o’rta o’zlashtiradi, biror 
ishga tez kirishib, tez sovuydi, emotsional reaksiyalari kuchli, bilar-bilmas javob berib o’z 
fikrlarini maqullaydigan, topshiriqlarni o’z vaqtida bajarib kelmaydigan, sekin paydo bo’lgan 
shartli reflekslar tez so’nadi, maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko’nikadi, nutqi tez va qo’pol, 
xarakteri o’zgaruvchan, o’z xissiyotlarini qiyinchilik bilan ushlaydigan, qiziqqon, agressiv, 
tarbiyaga qiyinchilik bilan beriluvchi, faqat tarbiya asosidagina uzoq va tizimli ish faoliyatiga 
ega bo’ladi. 
2-Kuchli qo’zg’luvchan, muvozanatlashgan, ser harakat tip.(sangvinik). Bu tip nerv 
jaroyonlarining kuchliligi, qo’zg’lish va tormozlanishning muvozanatlashganligi va 
harakatchanligi bilan ta’riflanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar tez hosil bo’lib, 
tez so’nadi va tez tiklanadi, maktab hayotiga tez ko’niladi, o’qish va yozishni tez o’rganadi, 
ular namunali hulqqa ega bo’ladilar, darslarni a’lo darajada o’zlashtiradilar, uyga berilgan 
vazifalarni o’z vaqtida bajarib kelishga harakat qiladilar, nutqi tez va ravon, so’z boyligi ko’p, 
aytilgan tez ilg’ab oladi, jonli harakatlari tez, turli imo- ishoralar bilan o’z fikrini ifoda qiladi va 
boshqa ijobiy xarakterlar bilan ajralib turadi. 
3-Kuchli,qo’zg’luvchan, muvozanatlashgan, kam harakat tip. Bu tipda qo’zgalish va 
tormozlanish kuchli, ammo ularning almashinuvi sust. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli 
reflekslar sekin hosil bo’ladi, tez so’nadi va sekin tiklanadi, ular o’qish, yozish va gapirishni 
tez o’rganadilar, ularning hulqlari yaxshi, odobli, nutqlari sekin va ravon, so’z boyligi 
bo’ladilar. 
4-Nimjon yoki sust tip. Bu tipda nerv jaroyonlari sustl kam qo’zg’luvchanligi va 
muvozanatlashmaganligi, ya’ni tormozlanish jaroyonining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bu 
tipga kiruvchi bolalarning ish qobiliyati past, nutqi sekin , yaxshi rivojlanmagan, so’z boyligi 
kam, qiyinchiliklardan qo’rqadigan, tez charchaydigan, o’qish, yozishni sekin o’rganadigan, 
maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko’nikadi, o’z o’rtog’ining xarakteriga ixtiyorsiz moslashadi, 
o’zlashtirish past, xarakteri beqaror maqsadsiz, diqqati beqarorligi bilan ifodalanadi. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish