«Физиология» фанидан 2-курс даволаш, педиатрия, касбий таълим, тиббий профилактика, фармация, факультети талабаларига


 Кимёвий синапслардан таъсир утиш механизми



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/91
Sana23.02.2022
Hajmi2,14 Mb.
#151167
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91
Bog'liq
Fiziologiya javoblari S.M

44. Кимёвий синапслардан таъсир утиш механизми
Qo‘zg‘alishning kimyoviy sinapsdan o‘tish boshqichlari quyidagicha. Aksonning 
presinaptik kengayishiga yetib kelgan impuls presinaptik membranadagi kalsiy 
kanallarini ochadi. Kalsiy ionlari hujayralararo suyuqlikdan ichkariga, sinaptik 
pufakchalar joylashgan yerga o‘tadi va pufakchalarni presinaptik membrana bilan 
qoshilib, yorilishiga sabab bo`ladi. Bir vaqtning o‘zida 100-200 ta pufakcha yorilib, 
sinaps yirig‘iga 1-2 million atsetilxolin molekulasi o‘tadi. Atsetilxolin postsinaptik 
membranadagi xolinoretseptorlar bilan birikib, ion kanallarining ocholishini va juda 
jadal, ammo juda qisqa vaqt davom etuvchi natriy oqimini yuzaga keltiradi. Bu oqim 
membranani qisman (chegaralangan) depolyarizatsiyalanishiga olib keladi. Bunda 
qo‘zg‘atuvchi postsinaptik potensial (QPSP) vujudga keladi. QPSP ko‘pchilik 
neyronlarda 5 ms davom etadi, uning amplitudasi 20 mV dan oshmaydi. Postsinaptik 
membranada potensial bilan bbog‘liq bo`lgan (potensial ta‘sirida ochiladigan) natriy 
va kaliy kanallari yo‘q. Shuning uchun bu yerda harakat potensiali shakllanmayda. 
Ammo postsinaptik membranada hosil bo`lgan QPSP neyron membranasining 


boshqa qismlariga tarqalib, harakat potensialining taraqqiy etisiga olib keladi. O‘z 
vazifasini bajarib bo`lgan mediatorni maxsus ferment parchalayda yoki u endotsitoz 
yo`li bilan sinaptik pufakchaga qaytadi. Tormozlovchi sinapslarda mediator sifatida 
GAMK, glitsin, serotonin va boshqa moddalar xizmat qiladi. Ammo ma‘lum mediator, 
masalan, atsetilxolin bir sinapsda qo‘zg‘alishni rivojlantirsa, bboshqa bir sinapsda 
tormozlanishni yuzaga keltirishi mumkin. Akson orqali tormozlovchi sinapsga yetib 
kelgan impuls mediatorning ajralishiga olib keladi. Postsinaptik membranadagi 
retseptor bilan mediatorning birikishi kaliy va xlor kanallarini ochadi. Musbat kaliy 
ionlarining hujayralardan chiqishi va ayni vaqtning o‘zida manfiy xlor ionlarining 
ichkariga o‘tishi membranani giperpolyarizatsiya holatiga olib keladi. Tormozlovchi 
postsinaptik potensial (TPSP) ro‘yobga chiqadi. Endi bu neyronning qo‘zg‘aluvchanligi 
odatdagidan past bo`ladi. Keltirilgan ma‘lumotlar shuni ko‘rsatadiki, kimyoviy sinaps 
o‘z vazifasini bir me‘yorda bajarishi uchun faqat mediatorning o‘zi emas, balki 
mediator tizimi mavjud bo`lishi kerak. Bu tizim uch qismdan iborat bo`ladi: a) 
mediatorni sintezlovchi ferment yoki fermentlar; b) mediator moddaning o‘zi; v) 
mediatorni sinaps yirig‘idan yo‘qotuvchi mexanizm (ferment yoki endotsitoz). 
Atsetilxolinning mediator tizimini misol qilib ilsak, unga atsetilxolinni sintezlovchi 
ferment – xolinatsetilaza, atsetilxolinning o‘zi va uni parchalovchi ferment – 
xolinesteraza kiradi. Bu tizimning biror qismi shikastlansa, qo‘zg‘alishning sinapsdan 
o‘tishi buziladi. Nerv tizimi faoliyatini kuchli o‘zgartiruvchi ko‘pgina dorilarning ta‘sir 
mexanizmi mediator tizimining biror qiismini shikastlashdan iborat. 45 Kimyoviy 
sinapslarning o‘ziga xos xossalari quyidagilardan iborat. Qo‘zg‘alishni bir tarafga – 
presinaptik membranadan postsinaptik membrana tomon o‘tishi. Qo‘zg‘alishning 
sinapsda to‘xtab o‘tishi. Ana shu to‘xtalib o‘tish mediatorning pufakchadan ajralib, 
sinnaps yirig‘iga o‘tishi va postsinaptik membranadagi retseptor bilan birikishiga 
ketgan vaqtga teng (0,2-0,5 ms). Sinapslarning labilligi past, ulardan sekundiga faqat 
100-150 ta impuls o‘tishi mumkin. Nerv tolasining labilligi, masalan, sekundiga 500-
1000 ta impulsni tashkil qiladi. Sinapslarda ularga yetib kelgan impulslar chastotasi 
transformatsiyaga (o‘zgarishga) uchraydi. Sinapsga yetib kelgan va undan chiqqan 
impulslar soni odatda teng bo`lmaydi. Sinapslarning ba‘zi fiziologik faol moddalarga, 
dorilarga va zaharlarga sezgirligi yuqori

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish