“fiziologiya anatomiya asoslari bilan” fanidan



Download 0,54 Mb.
bet9/9
Sana27.07.2021
Hajmi0,54 Mb.
#130219
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
fiziologiya prezentatsiya

Elektron apparatlarni qo‘llash yordamida yurak tonlarini o‘rganish yanada osonlashadi. Buning uchun ko‘krak qafasini yurak joylashgan sohasiga kuchaytirgichlarga ulangan maxsus mikrofon ulab qo‘yilsa , yurak tonlarini qayd qilish mumkin bo‘ladi. Yozib olingan egri chiziq fonokardiogramma deb ataladi. Usulni o‘zi fonokardiografiya (FKG) deb ataladi. FKG da 1 va 2 tondan tashqari yana 3 va 4 tonlarni ham yozib olish mumkin.

1-6 QOVURG’ALAR ARO ORALIQLAR

I- O’PKA ARTERIYASI

II- AORTA

III- CHAP BO’LMACHA-QORINCHA KLAPANI

IV-O’NG BO’LMACHA- QORINCHA KLAPANI

Yurak tonlari; 1 ton mitral klapanning proyeksiyasida aniqlanadi. 1 tonning tebranishlari atrioventrikulyar klapan yopilishi bilan bog‘liq. bunda past chastotali tebranishlar qorinchalar muskullari qisqarishi tufayli paydo bo‘ladi. birinchi tonning susayishi miokardning qisqarish funksiyaning kamayishi tufayli-infarkt miokardi, miokardit kabi asosan mitral klapanining yetishmasligi kasalliklarida kuzatiladi. 1 tonning amplitudasining ortishi-mitral stenozda aniqlanadi, bunda mitral klapan tavaqa qalinlashadi.

Atrioventrikulyar blokada vaqtida 1 ton juda jarangli eshitiladi ,chunki bo‘lmachalarva qorinchalar sistolasi bir vaqtda bo‘ladi. 2 tonning kelib chiqishi aorta klapanlarining yopilishi bilan bog‘liq FKGda uning 2komponentini ajratishadi. Birinchi komponentning davomiyligi ikkinchisidan ikki marta ko‘p bo‘ladi .ular orasida interval 0.06 sek.tashkil etishi mumkin , bu auskultatsiyada ikkinchi tonning parchalanishiday qabul qilinadi.

Ikkinchi tonning asosiy xarakteristikasi bo‘lib – uning nafas olish fazalari bo‘ylab o‘zgarishi hisoblanadi.bu tonning susayishi aortal klapanning tavaqalari parchalanishi bilan bog‘liq ,bu holat aortal stenozda kuzatiladi.

Uchinchi ton -past chastotali - auskultatsiyada bo‘g‘iq tovushday eshitiladi. Bolalar va sportsmenlar FKGsida aniqlash mumkin. Mitral sternozda mezodiastolik ritm sabachisi hisoblanadi

To‘rtinchi ton -bo‘lmachaga tegishli bo‘lib ,uning qisqarganida paydo bo‘ladi. Bu ton EKG da P tishining yakunida registratsiya qilinadi .uchinchi va to‘rtinchi tonning birikishi taxikardiyada kuzatiladi.


Yurak mushagini mexanik, termik, elektrik va kimyoviy ta’sirlovchilar qo‘zg‘ata oldi. Turli ta’sirlovchilar bilan ta’sir qilganda yurak mushagi adekvat javob beradi, ya’ni qo‘zg‘alib qisqaradi. Biroq, buning uchun ta’sirot kuchi bo‘sag‘a kuchiga teng yoki undan ham yuqori bo’lishi kerak. Bo‘sag‘a kuchidan past ta’sirlovchilar yurak mushagini qo‘zg‘ata va qisqartira olmaydi. Shuning uchun olim Boudich bu dalillarga asoslanib, «bor yoki yo‘q» qonuni kashf etgan. Uning fikriga ko‘ra, yurak mushagi turli kuchga ega bo’lgan ta’sirlovchilarga turli sharoitda bir xil javob beravermaydi; haroratga, mushakning tuzilishiga, charchash darajasiga, oziqli eritma tarkibi va shu kabilarga qarab «bor» o ‘zgaradi. Ta’sirotga yurak mushagi doim javob qaytaravermasligi yurak bo’lmalari bilan qorinchalari miokardining ajratib olingan va avtomatik ravishda qisqarmayotgan bir bo’lagiga tajriba qilib kuzatish mumkin. Shu bo’lak bir xil kuchdagi ritmli elektr impulslar bilan ta’sirlansa, birinchi ta’sirotga javoban ozgina qisqaradi, ikkinchi ta’sirotga javoban sal ko‘proq, uchinchi ta’sirotga javoban yanada ko‘proq qisqaradi, nihoyat, qisqarish maksimal darajaga yetadi. Boudich kashf ctgan bu qonun pillapoya deb ataladi. Bu hodisa «bor yoki yo ‘q» qonuni yurakka tadbiqan nisbiy va shartli ekanligini ko‘rsatadi.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish