UCHINCHI QON AYLANISH DOIRASI - Yurakning o’ziga xizmat qilib turadigan uchinchi qon aylanish doirasi katta qon aylanish doirasiga qo’shimchadir. U aortadan chiquvchi yurak toj arteriyalaridan boshlanib yurak venalari bilan tugallanadi. Yurak venalari bir biri bilan qo’shilib, yurakning o’ng bo’lmasiga quyiluvchi yurak toj sinusini xosil qiladi. Qolgan venalar esa to’g’ridan to’g’ri yurak bo’lmasi bo’shlig’iga ochiladi.
YURAK - Yurak — odam va hayvonlarning qon aylanish sistemasidagi markaziy a’zo, u doim bir xilda qisqarishi (sistola) tufayli qonni qon aylanish sistemasi bo’ylab haydab beradi va uni venalar orqali qaytib kelishini hamda arterial qon tomirlardagi harakatini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |