KICHIK(O’PKA) QON AYLANISH DOIRASI Kichik qon aylanish doirasi qonning o’pkada kislorod bilan to’yinib olishi uchun xizmat qiladi. U yurakning o’ng qorinchasidan boshlanadi, bu qorinchaga venoz qon o’ng bo’lma bilan o’ng qorincha o’rtasidagi teshikdan o’tadi. O’ng qorinchadan o’pka stvoli boshlanib o’pkada arteriyalarga tarmoqlanadi, bu arteriyalar kapilyarlarga aylanadi. O’pka pufakchalarini o’rab turadigan kapillar to’rlarda qon karbonat angidrid gazini ishlab chiqaradi va kislorodni o’ziga olib arterial qonga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |