KATTA(TANA) QON AYLANISH DOIRASI - Katta qon aylanish doirasi barcha organlar va to’qimalarga kislorod va oziq modda tashib berish vazifasini bajaradi.
- U yurakning chap qorinchasidan boshlanadi, shu yerdan shotomir (aorta) chiqadi. Aorta arteriyalarga tarmoqlanadi, arteriyalar tanadagi barcha to’qimalarga boradi va shu yerda arteriola va kapillarlarga aylanadi. Kapillarlar bir biri bilan qo’shilib venulalarga, ular esa venalarga aylanadi. Venalar bir biri bilan qo’shilib ikkita yirik stvol– ustki va pastki kovak venani xosil qiladi ular yurakning o’ng bo’lmasiga kelib quyiladi va shu yerda katta qon aylanish dorasi tugallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |