Fizikaviy kimyo fanidan Sirt tarangligi mavzusidagi kurs ishi



Download 158,38 Kb.
bet1/9
Sana06.07.2022
Hajmi158,38 Kb.
#750597
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fizikaviy kimyo fanidan Sirt tarangligi mavzusidagi kurs ishi


O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
Kimyo fakulteti 5140500-«Kimyo yo’nalishi»
II bosqich 1905-guruh talabasi
Xamidov Jasurjonning
« Fizikaviy kimyo » fanidan
Sirt tarangligi
mavzusidagi


KURS ISHI


Ilmiy rahbar: Akbarov X.I.
Topshirdi: Xamidov J.M.
Toshkent-2021

Reja:
I. Kirish:
II. Asosiy qism:
2.1. Sirt tarangligi va to’liq sirt energiya.
2.2. Qattiq jism sirt tarangligi. Qattiq jism sirtini suyuqlik bilan ho’llanishi.
2.3.  Kapillyar bosim.
III. Amaliy qism:
Tajrba qismi:
3.1.Sirt tarangligini o’lchash usullari.
3.2.Harorat ta’siri.
IV.Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Kimyo shubhasiz eng muhim amaliy fan sohalaridan biridir. Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etilishi borasida ham kimyo oldiga tushadigani yo‘q bo‘lsa kerak. Nobel mukofoti topshiriladigan eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida ham bejizga ushbu soha alohida qayd etilmagan.
Kimyogarlar ishlab chiqargan mahsulotlar orqali iqtisodiyotning yana ko‘plab boshqa sohalari ham ish yuritadi. Xususan, kimyo zavodlarida ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘itlardan foydalanib, dehqonlarimiz mo‘l hosil oladi va oziq-ovqat xavfsizligiga hissa qo‘shadi, farmatsevtlar dori-darmonlar tayyorlaydi, sun’iy tolalardan esa turli matolar to‘qiladi. Polimer mahsulotlarning esa bugungi kundagi ahamiyatini alohida ta’kidlashga hojat ham yo‘q. Shuningdek, parfyumeriya, bo‘yoqlar, maishiy kimyo mahsulotlari deysizmi, qo‘yingki, hayotimizning barcha jabhasida bugungi kunda kimyo fani kirib bormagan joyning o‘zi deyarli yo‘q.
Manbalarga ko‘ra, “kimyo” qadimgi misrliklar tilidagi “kem” so‘zidan kelib chiqqan deyiladi. Misrda Nil daryosi toshqinlaridan keyin qoladigan unumdor serhosil tuproqni aynan “kem” deb atashgan. Nil vodiysining o‘zini esa “kemia” deb nomlashgan. Keyinchalik, bu termin arab tilidagi “al-kimya” so‘zi orqali bugungi kunda butun jahon tillaridagi “kimyo” terminining o‘zagiga aylandi. E’tibor bersangiz, o‘zbekcha “kimyo” so‘zida ham, inglizcha chemistry so‘zida ham, ruscha “химия” so‘zida ham aynan ushbu o‘zak mavjud.
Termin qadimgi Misrda paydo bo‘lgan bo‘lsada, lekin mustaqil fan sifatida kimyo asosan XVII asrdan keyin, asosan Robert Boylning ilmiy ishlari tufayli shakllana boshladi.
Boyl siyoh moddalarni kimyoviy usulda olish yo‘llarini kashf qildi va kimyoviy indikatorlardan foydalanishni ixtiro qildi. Lekin Boylgacha bo‘lgan zamonlarda kimyo ilmi dolzarb bo‘lmagan deyish ham mutlaqo xato bo‘ladi. Undan avvalgi asrlar mobaynida kimyo asosan tabib-hakimlar va alkimyogarlar tomonidan o‘rganilib, taraqqiy etib borgan. Birgina alkimyogarlar tomonidan rux, surma, fosfor, vismut va mishyak (margimush) elementlarining kashf etgani bunga dalildir.

O‘rta asr musulmon sharqi allomalari ham kimyo borasida chuqur bilimlarga ega bo‘lib, o‘z ilmiy ishlarida bu borada katta hajmdagi ma’lumotlar bitib ketgan. Xususan, buyuk bobokalonlarimizdan Abu Nasr Farobiyning minerallar borasidagi ishlari, Ibn Sinoning efir moylari ustida olib borgan izlanishlari hayratlanarli darajada mukammalligi bilan hozirgi zamon kimyogarlarini ham lol qoldirib kelmoqda.


Ibn Sino bobomiz oltingugurt, azot kislotalari, natriy va kaliy gidrooksidlarini ajratib olish usullarini aniqlagani va amaliyotda undan keng foydalanganligi tarixchi Juzjoniy tomonidan qoldirilgan qaydlardan ma'lum.
Kimyo ilmining tamal toshi qo‘yilgan zamonlarda bu fan, shuningdek, Antuan Lavuaze, Jon Dalton, Genri Kavendish, Amedeo Avogadro, Yustus Libix, Fridrix Kekule, Butlerov, Bertolle, Yens Yakob Berselius singari olimlarning faoliyati bilan chambarchas bog‘liq tarzda rivojlana boshladi. Albatta, bu borada 1869-yilda Dmitriy Mendeleyev tomonidan kimyoviy elementlar davriy jadvalining kashf qilinishi yanada muhim ahamiyat kasb etgan. Keyinchalik Mariya Kyuri, Ernest Rezerford, Frits Gaber, Debay, Volfgang Pauli, Laynus Poling singari olimlarning sa’y-harakatlari bilan zamonaviy kimyoning poydevori qurildi.
XX asrdan boshlab yurtimizda ham kimyo fanining zamonaviy yetuk olimlari yetishib chiqa boshladi. Xususan, Zarifa Saidnosirova, Sobir Yunusov, Karim Ahmedov, Obid Sodiqov, Hamdam Usmonov, Zokirjon Salimov, Sayyora Rashidova singari atoqli kimyogar olimlar nafaqat O‘zbekistonning, balki dunyo ilm-fani rivojiga munosib hissa qo‘shgan.
XX asr fan-texnika inqilobidan so‘ng kimyoviy tadqiqotlarning natijalarini amalda keng qo‘llay boshlanishi kimyo sanoatining jadal sur’atlar bilan taraqqiy etishiga sabab bo‘ldi.
Chunki insoniyatga hayotning har bir jabhasidagi cheklanmagan miqdordagi ehtiyojlarini qondirish yo‘lida kimyo fani yangidan-yangi imkoniyatlarni ochib berdi. Xususan, oziq-ovqat xavfsizligi borasida beqiyos yechim bo‘lgan sintetik mineral o‘g‘itlarning sanoat miqyosida olinishining yo‘lga qo‘yilishi, sun’iy tolalar, farmatsevtika mahsulotlari (masalan antibiotiklar) kabi kimyo ilm-fani yutuqlariga asoslangan mahsulotlarning ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yilishi, insoniyatning bir necha azaliy muammolarini hal etishda katta rol o‘ynadi.
Bugungi kunda yurtimiz iqtisodiyotida ham kimyo sanoati eng muhim tarmoqlardan biri sanaladi. Kimyo korxonalarimizda o‘n minglab odamlar ish bilan ta’minlangan, ular ishlab chiqargan mahsulotlar esa ichki va tashqi bozorda o‘z xaridoriga ega. 2018-yil statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmining sakkiz foizini aynan kimyo sanoati hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Yurtimizning yirik kimyo korxonalarida – Navoiyazot zavodi, Farg‘onaazot zavodida, Chirchiq va Olmaliqdagi zavodlar, Qo‘ng‘irot soda, Dehqonoboddagi kaliy zavodi singari korxonalarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha katta ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti.
Xususan, Navoiyazot zavodida yangi polivinilxlorid sexi, kaustik soda, azot kislotasi sexlari qurilishi poyoniga yetay deb turibdi. Mazkur korxonada shuningdek yiliga 660 ming tonna ammiak va 557,5 ming tonna karbamid ishlab chiqarish kompleksi ham yaqin orada foydalanishga topshiriladi.
Farg‘onaazot zavodida ham mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan yirik loyihalar reja qilingan, xususan, ammiak ishlab chiqarish hajmini kuniga 2 100 tonnaga yetkazish, shuningdek, 14 800 metr kord matosi, 26 ming metr poliefir-shtapel tola ishlab chiqarishga mo‘ljallangan poliamid sexi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida esa, mutlaqo yangi ammiak va karbamid ishlab chiqarish zavodi qurilishi bo‘yicha ishga kirishilgan. Bu orqali esa O‘zbekistonning kimyo sanoati potensiali yanada ortishi shubhasiz.

Download 158,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish