KIRISH
Bir qator jarayonlar qattiq jism sirtidan musbat va manfiy ionlarni yoki
neytral zarrachalarning desorbsiyalanishiga olib keladi. Umumiy holda bu
jarayonlarni shartli ravishda ikki guruhga bo’lish mumkin:
1. Qattiq jism sirtidan ionlarning issiqlik jixatdan muvozanatli emissiyasi;
2. Qattiq jism sirtidan ionlarning nurlanishi yoki zarrachalar oqimi kelib tushishi
natijasida muvozanatli bo’lmagan desorbsiyalanishi, yani emissiyasi;
Birinchi guruh jarayonlarida zarrachalarning qattiq jism sirtida o’rtacha
yashash vaqtlari yetarlicha katta va shu sababli bu davr ichida qattiq jism sirti bilan
issiqlik muvozanati o’rnatiladi va issiqlik orqali uyg’otilishi natijasida
zarrachalarning
qattiq
jism
sirtidan
bug’lanishi
yuzaga
keladi.
Desorbsiyalanayotgan zarrachalarning energiya bo’yicha taqsimoti Maksvell-
Boltsman qonuniga bo’ysunadi va temperaturalari emitter temperaturasiga bog’liq
bo’ladi.
Ikkinchi guruh emissiyasi chog’ida zarrachalarning energiya bo’yicha
taqsimoti
Maksvell-Boltsman
qonuniga
bo’ysunmaydi
va
birlamchi
zarrachalarning qattiq jism bilan o’zaro ta’siri qonuniyatlari orqali aniqlanadi.
Bu barcha jarayonlarda zarrachalarning sirtdan chiqib ketish chog’ida
dastlab yagona bo’lgan zarracha qattiq jism kvantomexanik sistema ikkita mustaqil
va bir-biriga bog’liq bo’lmagan sistemachalarga – zarracha va qattiq jism
sistemalariga bo’linadi.
Zarrachalarning qattiq jism sirtidan termik muvozanatli ion tarzida
desorbsiyalanish jarayoniga sirtiy ionlashish hodisasi deyiladi. Sirtiy ionlashish
hodisasi muvozanatli termik desorbsiyalanishga kiradi.
Bu hodisa faqatgina atomli yoki ko’p atomli ionlarni olishning samarali va
sodda usullaridan biri bo’lib qolmasdan, uning yordamida sirtga tushayotgan
zarrachalar, sirtning termoemission va adsorbsion xususiyatlarinigina o’rganish
emas, balki sirtning katalitik xususiyatlarini ham o’rganish mumkin.
Sirtdan chiqayotgan zarrachalarning zaryad holati sirtiy ionlashish darajasi
va sirtiy ionlashish koefitsienti kabi kattaliklar bilan xarakterlanadi. Bu kattaliklar
sirtga tushayotgan zarrachalarning ionlashish potensiali, sirtdan elektronlarning
chiqish ishi, sirt harorati va sirtga qo’yilgan elektr maydoniga bog’liq bo’ladi.
Mazkur bitiruv malakaviy ish bo’sag’a temperaturalari sharoitida sirtiy
ionlashish hodisasini o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, unda volfram monokristali
sirtidan bug’lanayotgan Cs ionlari bug’lanishi izotermalari sirtiy ionlashishning
nostatsionar usullaridan biri zarrachalar oqimini boshqarish usuli yordamida
o'rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: