Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr



Download 11,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/436
Sana22.02.2022
Hajmi11,09 Mb.
#80408
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   436
Bog'liq
Конференция - физика-PDFга

“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
 
173 
UMUMTEXNIKA YO‘NALISHIDAGI MUHANDISLIK KASBIDA FIZIKA FANINING 
AHAMIYATI 
 
Eshqulov A.A., Saidaxmedova Z.R.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti 
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga 
ko‘tarish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari Davlat siyosatining ustivor yo‘nalishiga 
aylandi.
Vatanimizda olib borilayotgan ishlardan asosiy maqsad, yurtimizda sog‘lom va barkamol, 
bilimli, yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan avlodni shakllantirishdan iborat. Aynan ana 
shu maqsadga erishish uchun muhtaram yurtboshimiz rahnamoligida yangi davrda yashaydigan, 
yangicha fikrlaydigan, yangi ishlab chiqarish, ijtimoiy sharoitlarda faoliyat ko‘rsatadigan, zamonaviy 
kasbiy mahoratga ega bo‘lgan mutaxassis kadrlar tayyorlashning “O‘zbek modeli” hayotga tadbiq 
etilmoqda.
O‘zbekistonning kelajagi, uning istiqboli, birinchi navbatda yoshlar tarbiyasiga, ularni sog‘lom 
qilib o‘stirishga, milliy g‘oya, milliy mafkura va o‘z vataniga sadoqat ruhida tarbiyalashga bog‘liq 
bo‘lib, bu murakkab jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish mustaqil mamlakatning eng dolzarb 
vazifalaridan 
biridir. 
Shuning 
uchun 
ham, 
Birinchi 
Prezidentimiz 
I.A.Karimovning 
“Mamlakatimizning istiqboli yosh avlodlarimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar 
egasi bo‘lib voyaga etishiga, farzandlarimizning hayotga nechog‘lik faol munosabatda bo‘lishiga, 
qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog‘liq ekanligini hamisha yodda tutishimiz kerak” deb 
ta’kidlaganlari bejiz emas. Shu boisdan ham bugungi kunda yoshlarning ta’lim-tarbiyasi mustaqil 
O‘zbekistonning davlat siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari 
bo‘yicha qabul qilingan harakatlar strategiyasida ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga alohida etibor 
qaratilgan. Bunda ko‘zda tutilgan asosiy maqsad uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish 
yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining 
zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.
Ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va 
o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan jihozlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish mumkin. 
Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli qarori chiqarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-
mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar 
tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan.
Bugungi kunda talaba shaxsini barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun albatta ta’lim 
shaxsga yo‘naltirilgan xarakterda bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun ta’limni tashkil etish jarayonida 
talabaning qobilyatlari, ehtiyojlari va o‘ziga xos jihatlarini hisobga olish lozim. Ana shu elementlar 
hisobga olingan taqdirda o‘z-o‘zidan tabaqalashtirilgan, rivojlantiruvchi, o‘qishga bo‘lgan motivlarni 
kuchaytiruvchi “sub’ekt- sub’ekt” konsepsiyaga asoslangan ta’lim tizimi kelib chiqadi. Oliy ta’lim 
muassasalarida fizikani o‘qitishda fizikaviy jarayolarni, hodisalarni tabiiy tarzda, asosiy ko‘rinishda 
ro‘yobga chiqarishi jihatdan ob’ektiv namoyish tajribalari talabalar uchun ishonarliligi, mantiqiyligi 
va ruh bag‘ishlashi jihatdan katta didaktik qudratga egadir. Mantiqiy, analitik va matematik 
xulosalarning bunday eksperiment asosida ro‘yobga chiqarilgan isboti talabaning ilmiy ma’lumotlarini 
tugal – ishonarli qabul qilishini, xotirasida mustahkam o‘rnashishini ta’minlaydi.



Download 11,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish