§56.Kulon qonuni. Superpozitsiya prinsipi.
Ikkita nuqtaviy zaryad bir-biri bilan 8mN kuch bilan tasirlashmoqda. Zaryadlar orasidagi masofani o'zgartirmay ularning har birining zaryadini 2 marta oshirilgan bo'lsa, zaryadlar orasidagi kuch nimaga teng bo'lib qoladi(mN)?
Ikki nuqtaviy zaryadlardan bittasining zaryadi 4 marta oshganda, ular orasidagi o'zaro tasir kuchi o'zgarmay qolishi uchun ular orasidagi masofani necha marta oshirish kerak?
Ikkita nuqtaviy zaryad vakuumda bir-biridan 0,03m masofada turibdi. Agar bu ikki nuqtaviy zaryad suyuq dielektrikga solinib ular orasidagi masofa 3sm ga uzoqlashtirilganda, ular orasidagi o'zaro tasir kuchi 8 marta kamaygan bo'lsa, suyuqlikning dielektrik singdiruvchanligi nimaga teng?
Zaryadi 1µC bo'lgan nuqtaviy zaryad kirosinda(ε=2), undan 10sm uzoqlikda turgan zaryad bilan 1,8N kuch bilan tasirlashmoqda. Ikkinchi zaryadning qiymati nimaga teng(µC)? k=9·109 m/F
Ikkita nuqtaviy zaryad havoda 10sm da turganda, suyuq dielektrik ichida 5sm masofada turganday tasirlashmoqda. Dielektrikning dielektrik singdiruvchanligini hisoblang.
Ikkita nuqtaviy zaryad vakuumda 5sm masofada turganda 120µN kuch bilan, suyuq dielektrik ichida 10sm masofada - 15µN kuch bilan tasirlashmoqda. Dielektrikning dielektrik singdiruvchanligini hisoblang.
Ikkita bir xil kichik metall sharcha bir-biridan 1m masofada turibdi. Shariklardan birining zaryadi ikkinchisining zaryadidan 4 marta katta. Sharchalar bir-biriga tekizilib yana qanday masofaga(sm) qo'yilganda ular orasidagi o'zaro tortishish kuchi o'zgarmaydi?
Ikkita bir xil o'lchamdagi metall sharlar 7µC va -3µC zaryadga ega. Bu sharlarni bir-biriga tekizgandan keyin qanday masofaga(sm) qo'yilsa ular orasidagi o'zaro tasir kuchi 40N ga teng bo'ladi? Kulon qonunidagi koeffitsient k=9·109 m/F.
Ikkita bir xil o'lchamdagi otkazgichdan yasalgan sharlarning zaryadi 50nC va 10nC ga teng va ular bir-biridan qandaydir masofada turibdi. Ular bir-biriga tekizildi va yana oldingi masofaga olib borib qo'yildi. Shundan so'ng ular orasidagi o'zaro tasir kuchi necha foizga oshdi?
Massasi 90 mg bo'lgan sharni zaryad o'tqazmaydigan ipga osib unga 10nC zaryad berildi. Shar tagida 10sm masofada boshqa bir nuqtaviy zaryad olib kelinsa, ipning tarangligi ikki marta oshadi. Bu zaryad nimaga teng(nC)? k=9·109 m/F, g=10m/s2.
Ikkita bir xil sharchalar, bir xil uzunlikdagi va bir nuqtaga qotirilgan iplarga osilgan. Sharlarni bir xil ishorali zaryadlar bilan zaryadlaganda ular bir-biridan qandaydir burchakga og'ishdi. Agar bu sharchalar zichligi 800kg/m3, dielektrik singdiruvchanligi 9 ga teng bo'lgan suyuqlikka botirilgandan so'ng ham ular orasidagi masofa o'zgarmagan bo'lsa, sharchalar yasalgan moddaning zichligini aniqlang.
Bir xil o'lchamdagi va bir xil massali bir nechta sharchalar, bir xil uzunlikdagi iplarga osilgan va iplarning ikkinchi uchlari bitta nuqtaga qotirilgan. Sharchalar, zichligi sharchalarning zichligiga qaraganda 1,25 marta kichik bo'lgan suyuqlikka botirilganda iplar orasidagi burchak o'zgarmagan bo'lsa, bu suyuqlikning dielektrik singdiruvchanligini hisoblang.
Massalari 80g bo'lgan ikkita bir xil metall sharchalar, uzunligi 30sm bo'lgan bir xil va ikkinchi uchlari bir nuqtaga ilingan iplarga osilgan. Sharlarning har biriga qanday zaryad berilganda(µC) ularning iplari bir-biriga nisbatdan to'g'ri burchak hosil qiladi? k=9·109 m/F , g=10m/s2.
Massalari 6g bo'lgan ikkita bir xil metall sharchalar, uzunligi 13sm bo'lgan bir xil va ikkinchi uchlari bir nuqtaga ilingan iplarga osilgan. Sharlarning har biriga qanday zaryad berilganda(nC) ular bir-biridan 24sm masofaga qochadi? k=9·109 m/F , g=10m/s2.
Zaryadi 5nC bo'lgan nuqtaviy zaryad atrofida 3sm radiusli aylana bo'ylab zaryadlangan sharcha 5rad/s burchak tezlik bilan aylanmoqda. Sharcha zaryadining uning massasiga nisbatini aniqlang(µC/kg). Og'irlik kuchini hisobga olmang. k=9·109 m/F
Kichik sharcha zaryadlangan holda zaryad o'tkazmaydigan ipga osilib, gorizontal tekislikda 3rad/s burchak tezlik bilan aylanmoqda. Dastlab, shar chizayotgan aylanasining markazida, sharcha zaryadiga teng bo'lgan nuqtaviy zaryad joylashgan. Nuqtaviy zaryadni xuddi shunday lekin qarama-qarshi ishorali zaryad bilan zaryadlaganda, sharcha xuddi o'sha radiusli aylana bo'ylab 4rad/s burchak tezlik bilan aylanishni boshladi. Shar ilingan nuqtadan uning aylanish tekisligigacha bo'lgan masofani hisoblang(sm). g=10m/s2.
Ikkita bir xil nuqtaviy zaryad bir-biridan qandaydir masofada turibdi. Agar bu ikki zaryadni tutashtiruvchi chiziqning o'rtasiga xuddi shunday ishorali lekin zaryadi ikki marta katta bo'lgan uchinchi nuqtaviy zaryad kiritilsa, zaryadlarga tasir etayotgan kuchning qiymati qanday o'zgaradi?
Ikkita bir xil nuqtaviy zaryad bir-biridan qandaydir masofada turibdi. Agar bu ikki zaryadni tutashtiruvchi chiziqning o'rtasiga qarama-qarshi ishorali lekin zaryadi xuddi shunday bo'lgan uchinchi nuqtaviy zaryad kiritilsa, zaryadlarga tasir etayotgan kuchning qiymati qanday o'zgaradi?
Uchta q, q va 2q nuqtaviy zaryad bir to'g'ri chiziqda bir-biridan bir xil masofada izma ket joylashgan. Agar o'rtadagi zaryadga 8N kuch tasir qilayotgan bo'lsa, 2q zaryadga tasir qilayotgan kuchni toping.
Ikkita bir xil nuqtaviy zaryadning o'rtasiga uchinchi nuqtaviy zaryad kiritilsa, bu tizim muvozanatga keladi. Kiritilgan zaryadning qiymati bu zaryadlarning qiymatidan necha marta kichik?
Massalari 0,3g, zaryadlari 100nC bo'lgan ikkita manfiy nuqtaviy zaryad, radiusi 10sm bo'lgan aylananing o'rtasida turgan zaryadi 100nC bo'lgan musbat zaryad atrofida aylana bo'ylab harakatlanmoqda. Bunda manfiy zaryadlar aylana diametri bo'ylab qarama-qarshi tomonda joylashmoqda. Zaryadlarning aylanishdagi burchak tezligi nimaga teng? k=9·109 m/F . Og'irlik kuchini hisobga olmang.
Zaryadlari 8nC bo'lgan ikkita nuqtaviy zaryad bir-biridan 3sm masofada joylashgan. Bu zaryadlar ulardan bir xil 3sm masofada turgan 1nC zaryadli uchinchi nuqtaviy zaryadga qanday kuch bilan tasir qiladi(µC)?√3=1,7 , k=9·109 m/F .
Zaryadi 10nC dan bo'lgan to'rtta bir xil nuqtaviy zaryadlar, tomonining uzunligi 3mm bo'lgan kvadratning uchlariga qo'yilgan. Zaryadlardan biriga qolgan uchtasi tomonidan tasir etayotgan kuchni toping(mN). √2=1,4 , k=9·109 m/F .
Kvadratning qarama-qarshi uchlarida 1µC zaryadli ikkita nuqtaviy zaryad joylashgan. Agar kvadratning qolgan ikki uchiga 1µC va -1µC zaryadlar kiritilsa, oldingi zaryadlarga tasir etadigan kuch necha marta oshadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |