Fizikadan masalalar to’plami


§53. Sikllar. Issiqlik mashinalari



Download 1,64 Mb.
bet90/112
Sana24.06.2022
Hajmi1,64 Mb.
#700428
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   112
Bog'liq
FIZIKADAN MASALALAR TO\'PLAMI.

§53. Sikllar. Issiqlik mashinalari.

  1. Yopiq siklda gaz isitgichdan 420J issiqlik miqdori olgan. Agar siklning FIK 10% ga teng bo'lsa, gaz qancha ish bajargan?




  1. Issiqlik mashinasi 200J ish bajarganda u sovutgichga 300J energiyani bergan. Issiqlik mashinasining FIK ni hisoblang(%)?




  1. Issiqlik mashinasining FIK 50%. Bir sikl davomida mashina sovutgichga 700J issiqlik miqdorini bergan bo'lsa, bir siklda mashina qancha ish bajargan?




  1. Karno sikli bo'yicha ishlovchi issiqlik mashinasining FIK 25%. Agar sovutgich harorati 270C ga teng bo'lsa, isitgichning haroratini aniqlang(0C).


  1. Ideal issiqlik mashinasi isitgichdan olgan issiqlik miqdorining 80% ni sovutgichga uzatmoqda. Agar sovutgichning harorati 248K bo'lsa, isitgichning haroratini aniqlang(K).


  1. Karno sikli bo'yicha ishlovchi ideal issiqlik mashinasining FIK 80%. Isitgichning absolut harorati sovutgichning absolut haroratiga qaraganda necha marta yuqori?




  1. Ideal gaz Karno sikli bo'yicha ishlamoqda. Isitgichning absolut harorati 400K, sovutgichniki 300K. agar isitgich haroratini 200K ga oshirilsa uning FIK necha marta oshadi?


  1. Ideal gaz Karno sikli bo'ylab harakatlanmoqda. Isitgichning absolut harorati sovutgichning absolut haroratiga qaraganda 4 marta katta. Sovutgichga issiqlikning qanday qismi(%) berilmoqda?


  1. Ideal issiqlik mashinasi Karno sikli bo'yicha ishlab bir siklda 100J ish bajardi. Issitgichning harorati 1000C, sovutgichning harorati 00C. Issiqlik mashinasining bir siklda sovutgichga uzatadigan issiqlik miqdorini aniqlang.


  1. Karno sikli bo'yich ishlovchi ideal issiqlik mashinasining ishchi jismi 2730C haroratdagi isitgichdan 80kJ issiqlik miqdori olmoqda. Sovutgich vazifasini 00C haroratdagi tashqi muhit o'ynaydi. Bu issiqlik mashinasi massasi 400kg bo'lgan yukni ko'pi bilan qanday balandlikga ko'tara oladi? g=10m/s2.


  1. Og'irligi 1000kN bo'lgan yukni 6m balandlikga ko'tarish uchun, issiqlik mashinsining ishlashi natijasida hosil qilingan mexanik ishning 80% sarf bo'lgan. Issiqlik mashinasining isitgichi va sovutgichining haroratlar farqi 125K va isitgichdan olingan issiqlik miqdorining uning absolut haroratiga nisbati 300J/K. yuk ko'tarish jarayonida mashina nechta siklni amalga oshirgan?


  1. Modda miqdori 2mol bo'lgan gaz dastlab izobarik ravishda 400K dan 800K gacha, so'ngra izoxorik ravishda 500K haroratgacha sovutilgan. Shundan so'ng gaz izobarik ravishda dastlabki hajmiga qadar sovutildi. Eng oxirida gaz izoxorik ravishda 400K haroratgacha isitilgan. Gazning shu siklda bajargan ishini toping. Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).




  1. Bir atomli ideal gaz ikkita izoxora va ikkita izobaradan tashkil topgan yopiq sikl bo'yicha harakatlanmoqda. Gazni izoxorik ravishda qizdirishda uning bosimi 2 marta oshadi. Shundan so'ng izobarik jarayonda qizdirishda uning hajmi 70% ga oshadi. Gazning bu siklining FIK ni aniqlang(%).


  1. Bir atomli ideal gaz yopiq sikl bo'yicha aylanmoqda. Dastlab gaz bosimi izoxorik ravishda isitilib 40% ga oshirilib, so'ngra izobarik ravishda kengayib, oxirida bosim hajmga to'g'ri proportsional bo'lgan jarayonda gaz o'zining dastlabki holatiga keltirildi. Siklning FIK nimaga teng(%)?


  1. Bir atomli ideal gaz yopiq siklni amalga oshirmoqda. Dastlab gaz bosimi izoxorik sovutib 4 marta kamaytiriladi, so'ngra izobrik siqilib, oxirida bosim hajmga to'g'ri proportsional bo'lgan jarayonda o'zining dastlabki holatiga keltirildi. Siklning FIK nimaga teng(%)?




  1. Bir atomli ideal gaz yopiq siklni amalga oshirmoqda. Dastlab gaz bosimi izoxorik isitilib 4 marta oshirildi, so'ngra izobrik isitilib gaz hajmini 30% ga oshirilib, oxirida bosim hajmga to'g'ri chiziqli bog'lanishga ega bo'lgan jarayonda o'zining dastlabki holatiga keltirildi. Siklning FIK nimaga teng(%)?




  1. Bir atomli ideal gazning bosimini izoxorik ravishda 4 marta oshirildi, so'ngra gaz hajmi 2,5 martaga shunday oshiriladiki bu jarayonda bosim hajm bilan to'g'ri chiziqli bog'lanishga ega bo'lib 2 marta oshadi, shundan so'ng gaz o'zining dastlabki holatiga bosim hajm bilan chiziqli bog'lanishga ega bo'lgan jarayonda qaytariladi. Bunday siklning FIK (%) nimaga teng?




  1. Ideal sovutish mashinasi Karno sikliga teskari sikl bo'yicha ishlab, o'ziga sovutgich sifatida eriyotgan 00C haroratdagi muzni, isitgich sifatida 1000C haroratdagi qaynayotgan suvni ishlatadi. Sovutgich elektr tarmog'idan 25kJ energiya istemol qilgan vaqtda sovutgichda qo'shimcha ravishda qanday massali(g) muz hosil bo'ladi? Muzning solishtirma erish issiqligi 3,25·105 J/kg.




  1. Ideal sovutish mashinasi Karno sikliga teskari sikl bo'yicha ishlab, 00C haroratdagi suvni muzlatish uchun ishlatilmoqda. Issiqlik, harorati 270C bo'lgan atrof muhitga uzatilmoqda. Agar sovutgich elektr tarmog'idan 25W quvvat istemol qilayotgan bo'lsa, 420g muz hosil qilish uchun necha daqiqa kerak? Muzning solishtirma erish issiqligi 3,25·105 J/kg.




Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish