§52. Bir atomli ideal gaz. Modda miqdori 2mol bo'lgan bir atomli ideal gazga qanday issiqlik miqdori uzatilsa uning harorati 10K ga oshadi. Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).
Massasi 2kg bo'lgan gelliy gazi adiabatik kengayib 49,8kJ ish bajardi. Bu jarayonda uning harorati necha gradusga pasaygan? Geliyning molyar massasi 4kg/kmol, universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).
Modda miqdori 4mol bo'lgan bir atomli ideal gazga o'zgarmas bosim ostida qanday issiqlik miqdori uzatsak uning harorati 6K ga ortadi? Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).
Izobarik kengayganda geliy gazi 300J issiqlik miqdori olgan. Agar gaz bosimi 20kPa ga teng bo'lsa, uning hajmi qanchaga o'zgargan(l)?
Hajmi 5 l bo'lgan bir atomli ideal gaz izoxorik qizdirilganda uning bosimi 30kPa ga ortgan bo'lsa, gaz ichki energiyasining o'zgarishini toping.
Bir atomli ideal gaz izobarik jarayonda kengayib 100J energiya qabul qilgan. Buning natijasida gaz qancha ish bajargan?
Malum bir miqdordagi bir atomli ideal gazni izobarik qizdirishda unga 10J issiqlik miqdori uzatildi. Bu gaz adiabatik ravishda dastlabki haroratgacha sovutilsa, u qancha ish bajaradi?
Bir atomli ideal gazni izobarik ravishda siqishda gaz ustida 80J ish bajarilgan. Bunda gaz ichki energiyasi qanchaga o'zgargan?
Bir atomli ideal gazni izobarik qizdirishda sarflangan energiyaning qanday qismi(%) uning ichki energiyasini oshirishga sarflangan?
Malum bir miqdorli bir atomli gaz izoxorik ravishda isitilganda unga 150J issiqlik miqdori berildi. Shundan so'ng gaz izobarik ravishda dastlabki haroratgacha pasaytirildi. Izobarik sovutish jarayonida qancha issiqlik miqdori olindi?
Modda miqdori 1mol bo'lgan bir atomli ideal gaz dastlab izoxorik ravishda, so'ngra izobarik ravishda isitildi. Buning natijasida gazning bosimi ham, hajmi ham ikki marta ortdi. Agar gazning dastlabki harorati 100K ga teng bo'lsa, bu ikkita jarayonda gazga qancha issiqlik miqdori berilganini aniqlang. Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).
Modda miqdori 1mol bo'lgan bir atomli ideal gaz dastlab izobarik ravishda, so'ngra izoxorik ravishda isitildi. Buning natijasida gazning bosimi ham, hajmi ham ikki marta ortdi. Agar gazning dastlabki harorati 100K ga teng bo'lsa, bu ikkita jarayonda gazga qancha issiqlik miqdori berilganini aniqlang. Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).
bir atomli ideal gazning bosimi hajmiga to'g'ri proportsional ravishda ortdi. Gaz haroratini 20K ga oshirishda gazga qancha issiqlik miqdori uzatilgan? Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).
modda miqdori 2mol bo'lgan bir atomli ideal gaz 300K harorat ostida turibdi. Gaz bosimi gaz hajmiga to'g'ri proportsional bo'lgan jarayonda 20% ga, hajmi esa 1,5 marta oshdi. Gazga qanday miqdordagi issiqlik uztilgan? Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).
Modda miqdori 1mol bo'lgan bir atomli ideal gaz 200K haroratda turibdi. Gaz bosimi gaz hajmiga to'g'ri chiziqli bog'lanishga ega bo'lgan jarayonda 2 marta oshdi, gaz hajmi 1,5 marta oshdi. Shundan so'ng gaz izoxorik ravishda daslabki bosimgacha sovutildi. Bu jarayonlarda gazga qancha issiqlik miqdori uzatildi? Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).
Modda miqdori 2mol bo'lgan bir atomli ideal gaz 250K haroratda turibdi. Gaz hajmi 2martaga shunday oshirildiki bunda bosim hajmga chiziqli bog'langan va shundan so'ng gaz izobarik ravishda dastlabki hajmigacha siqildi. Agar gazning oxirgi bosimi dastlabki bosimiga nisbatan 40% ga ko'p bo'lsa, bu ikki jarayon natijasida gaz qancha issiqlik miqdori olgan? Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).
Modda miqdori 2mol bo'lgan bir atomli ideal gaz 350K haroratda turibdi. Gazning hajmi izobarik ravishda 2 marta oshirildi va shundan so'ng gaz, gaz bosimi hajimga chiziqli bog'lanishga ega bo'lgan jarayonda dastlabki hajmgacha siqildi.Agar gazning oxirgi bosimi dastlabki bosimiga nisbatan 10% ga ko'proq bo'lsa,bu ikki jarayon natijasida gaz qancha issiqlik miqdori olgan? Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).
Kranga ega bo'lga ingichka trubkalar yordamida ulanga 2 ta issiqlik izolyatsiyasiga ega bo'lgan idishlarda, modda miqdori 2mol va 3mol bo'lgan geliy gazi mos ravishda 300K va 400K haroratda turibdi. Kran ochilib, issiqlik muvozanati qaror topgandan so'ng, idishlardagi harorat(K) nimaga teng bo'ladi?
Issiqlik izolyatsiga ega bo'lgan ikkita bir xil hajimli idish kranga ega bo'lgan ingichka trubkalar yordamida ulangan. Birinchi idishdagi geliy 200K haroratda, ikkinchi idishdagi geliy birinchi idishdagi geliyning bosimiga nisbatan 3 marta katta bosim va 400K harorat ostida turibdi. Kran ochilib, issiqlik muvozanati qaror topgandan so'ng, idishlardagi harorat (K) nimaga teng bo'ladi?
Issiqlik izolyatsiyasiga ega bo'lgan ikkita hajmlari 2 l va 5 l idishlar kranga ega bo'lgan ingichka trubkachalar yordamida ulangan. Idishlarda mos ravishda 30kPa va 16kPa bosim ostida geliy gazi bor. Kran ochilib, gazlar issiqlik muvozanatiga kelgandan so'ng, idishlarda qaror topgan bosim(kPa) nimaga teng bo'ladi?
Issiqlik izolyatsiyasiga ega bo'lgan hajmi 4 l bo'lgan silindrik idish, gorizontal joylashgan. Idishda uning hajmini ikkiga bo'ladigan issiqlik o'tkazmaydigan va idishda erkin harakatlana oladigan porshen joylashgan bo'lib, bu porshenning ikki tomonida bir xil 50kPa bosimga ega bo'lgan bir atomli ideal gaz joylashgan. Porshenning bir tomonidagi gazga 30J issiqlik miqdori uzatilgandan so'ng, idishda qanday bosim qaror topadi(kPa)?
Issiqlik izolyatsiyasiga ega bo'lgan baland silindirsimon idishda porshen ostida geliy gazi turibdi. Porshenni 2m/s tezlik bilan turtib yuborildi. Sistema muvozanatga kelgandan so'ng, porshen o'zining dastlabki vaziyatiga nisbatdan qancha yuqorida bo'ladi(sm)? Porshen ustida gaz yo'q. g=10m/s2.
Issiqlik izolyatsiyasiga ega bo'lgan silindirda porshen ostida harorati 240K bo'lgan geliy gazi bor. Porshen ustida massasi porshen massasining yarimiga teng bo'lgan yuk yotibdi. Yuk bir onda porshen ustidan olindi va sistema muvozanatga kelishi kutildi. Agar porshen ustida gaz yo'qligi malum bo'lsa, yuk olingandan so'ng gaz harorati qanday bo'lib qoladi(K)?
Issiqlik izolyatsiyasiga ega bo'lgan silindirda porshen ostida harorati 200K bo'lgan geliy gazi bor. Porshen ustida massasi porshen massasining yarimiga teng bo'lgan yuk porshenga tegar tegmas turibdi. Yuk porshen ustiga tashlandi va sistema muvozanatga kelishi kutildi. Agar porshen ustida gaz yo'qligi malum bo'lsa, yuk tashlangandan so'ng gaz harorati qanday bo'lib qoladi(K)?
Issiqlik izolyatsiyasiga ega bo'lgan silindirda porshen ostida geliy gazi bor. Porshen ustida massasi porshen massasiga teng bo'lgan yuk yotibdi. Yuk bir onda porshen ustidan olindi va sistema muvozanatga kelishi kutildi. Agar porshen ustida gaz yo'qligi malum bo'lsa, porshen turgan balandlik necha foizga ortadi?
Issiqlik izolyatsiyasiga ega bo'lgan silindirda vazinsiz porshen ostida bir atomli ideal gaz 300K haroratda turibdi. Dastlab porshen qotirilgan va idish tubi bilan deformatsiyalanmagan prujina yordamida bog'langan. Porshen bo'shatilib sistema muvozanatga kelgandan so'ng gaz hajmi 1,5 marta ortgan. Agar porshen ustida gaz bo'lmasa, silindirda qaror topgan haroratni toping(K).
Issiqlik izolyatsiyasiga ega bo'lgan silindirda vazinsiz porshen ostida bir atomli ideal gaz turibdi. Dastlab porshen qotirilgan va idish tubi bilan deformatsiyalanmagan prujina yordamida bog'langan. Porshen bo'shatilib sistema muvozanatga kelgandan so'ng gaz hajmi 4marta ortgan. Agar porshen ustida gaz bo'lmasa, gazning kengayish jarayonida bosim necha marta kamaygan?