Fizikadan masalalar to’plami


b) Potensial. Potensiallar farqi va ish



Download 1,64 Mb.
bet97/112
Sana24.06.2022
Hajmi1,64 Mb.
#700428
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   112
Bog'liq
FIZIKADAN MASALALAR TO\'PLAMI.

b) Potensial. Potensiallar farqi va ish.

  1. Tomoni 30sm ga teng bo'lgan teng tomonli uchburchakning ikkita uchida zaryadi 50nC bo'lgan zaryadlar joylashgan. Uchburchakning uchinchi uchidagi potensialni hisoblang(kV). k=9·109m/F.


  1. Kvadratning ikkita qarama-qarshi uchlarida zaryadlari 200nC bo'lgan zarralar joylashgan. Kvadratning qolgan ikkita uchidagi potensiallarni hisoblanga(kV). Kvadratning tomoni 30sm ga teng. k=9·109m/F.


  1. To'g'ri burchakli uchburchakning uchlarida zaryadlari 1, 2 va 3nC bo'lgan zarralar joylashtirildi. Gipotinuzaning uzunligi 20sm ga teng bo'lsa, uning o'rtasidagi potensialni hisoblang. k=9·109m/F.


  1. Tomoni 30sm ga teng bo'lgan tetraederning uchta uchida zaryadlari 3,5, va -2nC bo'lgan zarralar joylashgan. Tetraedrning to'rtinchi uchidagi potensialni hisoblang. k=9·109m/F.


  1. Tomoni 27sm ga teng bo'lgan muntazam oltiburchakning uchta uchida 1nC zaryadli zarralar, qolgan uchta uchida 2nC zaryadli zarralar joylashgan. Oltiburchak markazidagi potensialni hisoblang. k=9·109m/F.


  1. Radiusi 6sm bo'lgan ingichka halqa bo'ylab 4nC zaryad tekis taqsimlangan. Halqa o'qida, uning markazidan 8sm uzoqlikda joylashgan nuqtada potensial nimaga teng? k=9·109m/F.


  1. Radiusi 30sm bo'lgan sfera sirti bo'ylab 4nC zaryad tekis taqsimlangan. Sfera markazidagi maydon potensiali nimaga teng? k=9·109m/F.


  1. Sirtida 10nC tekis taqsimlangan zaryadga ega bo'lgan sfera markazida -5nC zaryadga ega bo'lgan nuqtaviy zaryad joylashgan. Shar tashqarisida, shar markazidan 9 m masofada joylashgan nuqtadagi maydon potensialini hisoblang. k=9·109m/F.


  1. Zaryadi 2nC bo'lgan zarrani potensiallar farqi 500V ga teng bo'lgan, elektr maydonda ko'chirish uchun elektrostatik maydon tomonidan qancha ish bajariladi(µJ)?


  1. Zaryadi 8µC bo'lgan bo'lgan zaryadni 20V potensialga ega bo'lgan nuqtadan 12V potensialli nuqtaga o'tkazish uchun qancha ish bajarish kerak(µJ)?


  1. Zaryadi 130nC bo'lgan zarrachani cheksizlikdan elektr maydonning qandaydir nuqtasiga olib kelish uchun 65 µJ ish bajarilgan bo'lsa, bu nuqtaning potensialini hisoblang.


  1. Zaryadi 10nC bo'lgan zaryadni cheksizlikdan to radiusi 4sm bo'lgan shar sirtidan 20sm uzoqlikdagi nuqtagach olib kelish uchun 0,5 µJ ish bajarilgan bo'lsa, shar sirtidagi potensialni toping.


  1. Manfiy zaryadlangan zarrachani qotirilgan musbat zarrachaga yaqinlashtirishda elektrostatik maydon 9J ish bajardi. Bunda zarracha dastlab turgan uzoqligining yarimiga teng bo'lgan yo'lni bosib o'tgan. Bu o'tgan yo'lning birinchi yarimida elektr maydon qancha ish bajargan?


  1. Massasi 2g bo'lgan zaryadlangan zarracha harakat boshida 0,02m/s, harakat oxirida 0,1m/s tezliklarga ega bo'lgan. Agar zarrachaning zaryadi 30nC ga teng bo'lsa, bu nuqtalar orasidagi potensiallar farqi nimaga teng?


  1. Sirti bo'ylab 4nC zaryad tekis taqsimlangan radiusi 6sm bo'lgan shar sirti yaqinida massasi 30mg, zaryadi 2nC bo'lgan zarracha turibdi. Zarrachani qo'yib yuborishdi. Zarracha shar radiusiga teng masofaga uzoqlashgan vaqtda uning tezligi nimaga teng bo'ladi(sm/s)? k=9·109m/F.


  1. Massasi 10mg, zaryadi 2nC bo'lgan zaryadlangan zarracha, bir jinsli zaryadlangan va radiusi 10sm, zaryadi 1µC bo'lgan og'ir sharga qarab uchmoqda. Zarrachaga shardan judayam uzoq masofada qanday eng kichik tezlik berilganda u shar sirtigacha uchib bora oladi? k=9·109m/F.


  1. Har birining zaryadi 10nC dan bo'lgan ikkita nuqtaviy zaryad bir-biridan 4sm masofada turibdi. Bu ikki zaryad o'rtasida turgan massasi 2mg, zaryadi 36nC bo'lgan uchinchi zaryad qo'yib yuborildi. Uchinchi zaryadning bu ikki zaryaddan judayam katta masofada qanday tezlikka ega bo'lishini toping. k=9·109m/F.


  1. Teng yonli, to'g'ri burchakli uchburchakning uchlarida bir xil 20nC zaryadlar joylashtirilgan. Gipotenuzaning o'rtasiga massasi 3mg, zaryadi 40nC bo'lgan sharcha joylashtirildi. Agar sharcha qo'yib yuborilsa, u zaryadlardan katta masofada qanday tezlikka ega bo'ladi? Uchburchakning gipotenuzasi 5sm. k=9·109m/F.


  1. Tomoni 12sm ga teng bo'lgan teng tomonli uchburchakning ikkita uchida 6nC zaryadga ega bo'lgan zarralar, uchinchi uchida esa massasi 6mg, zaryadi -30nC ga teng bo'lgan uchinchi zaryadga ega bo'lgan sharcha joylashgan. Uchinchi zarrachani qo'yib yuborgandan so'ng u harakatga keldi. Sharcha zaryadlarning aniq o'rtasidan o'tayotgan vaqtda uning tezligi nimaga teng bo'ldi? k=9·109m/F.


  1. Radiusi 6sm ga teng bo'lgan ingichka halqa bo'ylab 40nC zaryad tekis taqsimlangan. Halqa markaziga massasi 9mg, zaryadi 12nC bo'lgan sharcha joylashtirildi va qo'yib yuborildi. Halqadan katta masofada sharcha tezligini toping. k=9·109m/F.


  1. Radiusi 4sm ga teng bo'lgan ingichka halqa bo'ylab 50nC zaryad tekis taqsimlangan. Halqning o'qida, uning markazidan 3sm masofada massasi 1mg, zaryadi -18nC bo'lgan sharcha joylashtirildi va qo'yib yuborildi. Sharcha aniq halqa markazidan o'tayotgan vaqtda uning tezligi nimaga teng bo'ladi? k=9·109m/F.




Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish