Fizikadan masalalar to’plami



Download 1,64 Mb.
bet96/112
Sana24.06.2022
Hajmi1,64 Mb.
#700428
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   112
Bog'liq
FIZIKADAN MASALALAR TO\'PLAMI.

§58. Potensiallar farqi.
a) Bir jinsli maydonda potensiallar farqi.

  1. Bir jinsli elektr maydonning bitta kuch chizig'ida bir-biridan 0,03m masofada yotgan nuqtalar orasidagi potensiallar farqi 12V ga teng. O'sha kuch chizig'ida bir-biridan 15sm masofada yotuvchi ikki nuqta orasidagi potensiallar farqi nimaga teng?


  1. Yassi kondensator qoplamalari orasidagi elektr maydon kuchlanganligi 30kV/m. Kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanish 300V. Kondensator qoplamalari orasidagi masofa nimaga teng(mm)?


  1. Ikkita yassi plastina bir-biridan 0,1m masofada turibdi va 1kV potensiallar farqigacha zaryadlangan. Plastinalar orasiga 10-4C zaryad kiritilsa unga tasir qilayotgan kuchni hisoblang. Plastinalar orasidagi maydonni bir jinsli deb hisoblang.


  1. Gorizontal joylashgan yassi kondensator plastinalari orasida massasi 4,8·10-12kg bo'lgan chang zarrasi muallaq holatda turibdi. Agar plastinalar orasidagi masofa 2sm ga teng va ular 3000V kuchlanishgacha zaryadlangan bo'lsa, zarraning zaryadi elektron zaryadidan necha marta katta? Elektronning zaryadi 1,6·10-19C, g=10m/s2.


  1. Gorizontal joylashgan yassi kondensator yuqori plastinasiga plastmassa prujina yordamida zaryadlangan sharcha ilingan. Agar kondensator qoplamalari EYK si 500V bo'lgan manbaga ulanganda, prujina yana 1sm ga uzaydi. Agar plastinalar orasidagi masofa 20sm ga, prujinaning bikirligi 10N/m ga teng bo'lsa, sharchaning zaryadi nimaga teng(µC)?


  1. Gorizontal joylashgan yassi plastinaning qoplamalari orasida massasi 10-9g bo'lgan manfiy chang zarrasi tinch holatda turibdi. Kondensator qoplamalaridagi potensiallar farqi 500V ga teng. Agar zarradan 500 ta elektron oqib ketsa, chang zarrasi yana tinch holatda turishi uchun, kondensator qoplamalari orasidagi potensiallar farqini qanchaga o'zgartirish kerak? Qoplamalar orasidagi masofa 5mm. Elektronning zaryadi 1,6·10-19C, g=10m/s2.


  1. Gorizontal joylashgan yassi kondensatorning pastgi plastinasidan 10sm yuqoridagi nuqtasida zaryadlangan sharcha ''osilib'' turibdi. Plastinalar orasidagi kuchlanish 400V. Agar plastinalar orasidagi potensiallar farqi bir onda 200V gacha tushib ketsa, sharcha plastinaga qancha vaqtdan so'ng uriladi(ms)? g=10m/s2.


  1. Zaryadlangan zarracha bir jinsli elektr maydonning kuch chiziqlariga qarama-qarshi yo'nalishda uchmoqda. Zarrachaning boshlang'ich tezligi 1Mm/s ga, solishtirma zaryadi 1011C/kg ga teng. Agar maydon kuchlanganligi 100V/m ga teng bo'lsa, zarracha to'xtaguncha qanday masofa bosib o'tadi(sm)?


  1. Elektron kondesator qoplamasidagi teshikdan uchib kirgach, 0,003m masofa bosib o'tgandan so'ng o'z teligini to'liq yo'qotadi. Agar elektronning boshlang'ich tezligi va qoplamalari orasidagi kuchlanish 3 marta kamaytirilsa, elektron o'z tezligini qanday masofada(mm) to'liq yo'qotadi?


  1. O'z tezligini 5kV ga teng bo'lgan potensiallar varqini o'tishi hisobiga hosil qilgan elektronlar yassi kondensator qoplamalari o'rtasiga ularga parallel ravishda uchib kirdi. Kondensator qoplamalariga kamida qanday kuchlanish berilganda ular kondensatordan uchib chiqmaydi? Kondensatorning uzunligi 5sm ga, qoplamalari orasidagi masofa 1sm ga teng.


  1. Uzunligi 10sm, qoplamalar orasidagi masofa 1sm ga teng bo'lgan yassi kondensatorning qoplamalariga 150 burchak ostida, energiyasi 8·10-15J bo'lgan elektronlar uchib kirmoqda. Agar elektro kondensatordan chiqish momentida ularga parallel ravishda harakatlanayotgan bo'lsa, qoplamalarga berilgan kuchlanishni toping. Elektron zaryadi 1,6·10-19C.


  1. Massasi 5g, zaryadi 2mC bo'lgan zaryadlangan sharcha, elektr maydon kuchlanganligi 20V/m bo'lgan gorizontal elektr maydonda uzunligi 1m bo'lgan ipga osilib turibdi. Dastlab sharcha o'zining pastgi nuqtasida ushlab turilibdi. Sharcha qo'yib yuborilgandan so'ng u o'zining dastlabki vaziyatiga nisbatdan 20sm yuqorida joylashgan nuqtadan o'tayotganda ipda hosil bo'layotgan taranglik kuchi nimaga teng(mN)? g=10m/s2.


  1. Massasi 10g, zaryadi 100µC bo'lgan sharcha 50sm uzunlikdagi ipga osib qo'yilgan. Bu sharcha chapdan o'nga yo'nalgan va elektr maydon kuchlanganligi 100V/m bo'lgan bir jisli elektr maydonida joylashgan. Sharchani chap tomonga shunday og'dirildiki, bunda sharcha osilish nuqtasidan 30sm pastda bo'lib qoldi. Ip vertikal vaziyatdan o'tayotgan vaqtda ipdagi taranglik kuchi nimaga teng bo'ladi(mN)? g=10m/s2.


Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish