§54. Bug'larning xususiyati. Namlik.
Hajmi 10 l bo'lgan idishda nisbiy namligi 40% bo'lgan havo, boshqa hajmi 30 l bo'lgan idishda harorati o'shanday bo'lgan 60% nisbiy namlikga ega bo'lgan havo bor. Idishlar kranga ega bo'lgan ingichka trubkalar yordamida ulangan. Kran ochilgandan so'ng idishlarda qanday nisbiy namlik hosil bo'ladi(%)?
Xona harorati 200C bo'lganda, 50m3 hajmga ega bo'lgan xonadagi nisbiy namlikni 20% ga oshirish uchun 180g suvni bug'lantirishga to'gri keldi. To'yingan suv bug'larining 200C haroratdagi zichligini aniqlang(g/m3).
Hajmi 49,8m3, harorati 270C bo'lgan xonadagi nisbiy namlikni 25% dan 50% gacha oshirish uchun qanday massali suvni(g) bug'lantirib yuborish kerak? To'yingan suv bug'larining 270C haroratdagi bosimi 3,6kPa, suvning molyar massasi 18kg/kmol, Universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).
Hajmi 33,2m3 bo'lgan yopiq issiqxonadagi nisbiy namlik kunduzi harorat 270C bo'lganda 75% ga teng. Kechga harorat 150C gacha tushsa issiqxonada qanday massali shudring hosil bo'ladi(g)? To'yingan suv bug'larining 270C haroratdagi bosimi 3,6kPa, 150C haroratda- 1,7kPa. Suvning molyar massasi 18kg/kmol, universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).
Hajmi 33,2m3 bo'lgan yopiq issiqxonada kechqurun harorat 150C bo'lganda nisbiy namlik 92% ga teng. Kunduzi harorat 270C haroratgacha ko'tarilganda, issiqxonadagi nisbiy namlik 75% dan tushib ketmasligi uchun, issiqxonada qanday massali(g) suvni bug'lantirib yuborish kerak? To'yingan suv bug'larining 270C haroratdagi bosimi 3,6kPa, 150C haroratda- 1,7kPa. Suvning molyar massasi 18kg/kmol, universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).
Idishda nisbiy namligi 40% bo'lgan nam havo 1000C haroratda va 1atm bosim ostida turibdi. Idish hajmi izotermik ravishda 5 marta kamaytirildi. Idishda hosil bo'lgan suvning hajmini hisobga olmagan holda, idishda qaror topgan oxirgi bosimni hisoblang(atm).
Idishda 1000C harorat va 1atm bosim ostida nam havo turibdi. Idishdagi havoni izotermik siqib hajmini 4 marta kamaytirilganda, uning bosimi 3,8 marta oshgan bo'lsa, idishdagi havoning dastlabki nisbiy namligini hisoblang(%). Hosil bo'lgan suvning hajmini hisobga olmang.
Idishda 1000C haroratli, bosimi 1atm, nisbiy namligi 90% bo'lgan nam havo bor. Havoni hajmi izotermik ravishda 2 marta kamaytirildi. Izotermik siqish o'rniga, havoning absolut harorati necha foizga oshirilganda, xuddi shuday bosim (izotermik siqish natijasida olingan bosim) hosil qilish mumkin? Kondensatsiya natijasida hosil bo'lgan suv hajmini hisobga olmang.
Hajmi 10 l bo'lgan idishda, nisbiy namligi 40% bo'lgan nam havo 1atm bosim ostida turibdi. Agar idishga qo'shimcha ravishda massasi 4g bo'lgan suv kiritilsa, idishdagi bosim necha foizga oshadi? Idishda 1000C harorat ushlab turilibdi. Suvning molyar massasi 18kg/kmol, universal gaz doimiysi 8,31J/(K·mol).
Hajmi 10 l bo'lgan idishda, nisbiy namligi 60% bo'lgan nam havo 1atm bosim ostida turibdi. Agar idishga qo'shimcha ravishda massasi 10g bo'lgan suv kiritilib, idish hajmi ikki marta oshirilsa, idishdagi bosim necha foizga oshadi? Idishda 1000C harorat ushlab turilibdi. Universal gaz doimiysi 8,31J/(K·mol).
Elektr plitasi ustida turgan choynakda suv qaynamoqda. Choynakning 3,73sm2 yuzaga ega bo'lgan uchidan bug' 0,83m/s tezlik bilan chiqmoqda. Suvning 1000C haroratdagi solishtirma bug'lanish issiqligi 2,2MJ/kg. choynakda hosil bo'layotgan bug'ning hammasi uning uchidan chiqayotgan bo'lsa, elektr plitasining foydali quvvatini aniqlang. Atmosfera bosimi 100kPa, suvning molyar massasi 18kg/kmol, universal gaz doimiysi 8300J/(kmol·K).
Do'stlaringiz bilan baham: |