v) Izotermik jarayon Gazning bosimi 5·106Pa bo'lganda gaz 2·10-2m3 hajm egallaydi. Bu gaz xuddi o'sh haroratda 1m3 hajm egallasa uning bosimi nimaga teng bo'ladi (javobni 10-5 ga ko'paytirilgan holatda bering)?
Hajmi 10 l bo'lgan idishga qanday bosimgacha(kPa) havo damlab hajmi 30 l, bosimi 100kPa bo'lgan idishga ulaganda bu idishlarda umumiy 200kPa bosim hosil bo'ladi? Harorat o'zgarmas.
Ikkita idish krani bor ingichka trubachalar bilan ulangan. Birinchi hajmi 15dm3 bo'lgan idishdagi gazning bosimi 2atm, ikkinchi idishdagi xuddi o'shanday gazning bosimi 10atm. Kran ochilgandan so'ng idishlarda 4atm bosim qaror topdi. Ikkinchi idishning hajmini toping(dm3). Harorat o'zgarmas.
Porshenli nasos yordamida 40 marta dam urilgandan so'ng hajmi 3 l bo'lgan koptok ichida qanday bosim hosil bo'ladi(kPa)? Nasos har safar atmosferadan 150sm3 havoni oladi. Atmosfera bosimi 100kPa. Koptok damlanishidan oldin uning ichidagi havoni hisobga olmang. Harorat o'zgarmas.
Idishdagi havoning bosimi 105Pa. Idishdan havoni so'rib oluvchi porshen uch marta borib kelgandan so'ng idishdagi bosim 800Pa gach tushib ketdi. Nasos silindirining hajmi idish hajmidan necha marta katta ekanligini aniqlang. Harorat o'zgarmas.
Havoni so'rib oluvchi porshenli nasos silindirining hajmi idish hajmiga teng. Porshenli nasos idishga ulangandan so'ng uning 5 ta yurishi natijasida idishdagi bosim nimaga teng bo'ladi? Idishdagi dastlabki bosim 105Pa. Harorat o'zgarmas.
Silindirdagi gaz porshen ostida, 105Pa bosimda 240sm3 hajm egallaydi. Porshenga perpendikulyar ravishda qanday kuch qo'yilganda uni 2sm siljitib gaz hajmini kamaytirish mumkin. Porshen yuzasi 24sm2.
Baland vertikal silindirdagi gaz ishqalanishsiz harakatlana oladigan og'ir porshen ostida joylashgan. Porshen yuzasi 30sm2. Porshen chappa qilinganda porshen ostidagi gazning hajmi 3 marta oshgan bo'lsa, porshen massasini aniqlang. Atmosfera bosimi 105Pa, g =10m/s2.
Vertikal silindrik idish ichidagi gaz massasi 20,2kg yuzasi 20sm2 bo'lgan porshen ostida joylashgan. Idish vertikal ravishda yuqoriga 5m/s2 tezlnish bilan ko'tarilishni boshlaganda havo ustunining balandligi 20% ga kamaygan bo'lsa, atmosfera bosimini aniqlang(kPa). Harorat o'zgarmas. g=10m/s2.
Tiqin bilan yopilgan hajmi 4 l bo'lgan idishda bosimi 0,5·105Pa bo'lgan havo bor. Bu idish ochiq uchi bilan suvga 10m tushurilib tiqin olib tashlansa, idishga necha litr suv kiradi? Atmosfera bosimi 105Pa. g=10m/s2, harorat o'zgarmas.
Suv sirtidan qanday chuqurlikda havo pufakchasining hajmi suv sirtidagidan uch marta kichik bo'ladi? Atmosfera bosimi 105Pa. Suvning barcha qatlamlarida harorat bir xil deb olinsin. g=10m/s2.
Chuqurligi 35m bo'lgan suv havzasi tubidan ko'tarilayotgan havo pufakchasining hajmi, suv sirtidan 5m chuqurlikda ko'l tubidagisidan necha marta katta bo'ladi? Atmosfera bosimi 100kPa. g=10m/s2. Suv qatlamlaridagi harorat bir xil.
Suv havzasi tubidan ko'tarilayotgan havo pufakchasining radiusi qanday chuqurlikda suv sirtidagiga qaraganda ikki marta kichik bo'ladi. Atmosfera bosimi 100kPa, g=10m/s2. Suv qatlamlaridagi harorat bir xil.
Gorizontal probirkadagi (ingichka silindrik idish) hajmi 240sm3 bo'lgan havo qatlami suyuqlik ustuni 150mm bo'lgan simob bilan berkitilgan. Probirka ochiq uchi bilan vertikal yuqoriga qaratilsa, probirkadagi havoning hajmi 200sm3 gacha kamaygan bo'lsa, atmosfera bosimini toping(kPa).Simobning zichligi 13600kg/m3, g=10m/s2.
Uzunligi 1m bo'lgan ikki tomoni ochiq silindrik idish o'z uzunligining yarimigacha simobga botgan holatda turibdi. Sungra idishning yuqori qismi yaxshilab yopilib, idishni simobdan chiqarib olinadi. Idishda ustun balandligi 25sm bo'lgan simob qolgan bo'lsa, atmosfera bosimi nimaga teng bo'lgan(kPa)? Simobning zichligi 13600kg/m3, g =10m/s2.
Uzunligi 42sm bo'lgan trubachaningbir uchi yopilgan. Trubachani vertikal ravishda ochiq uchi bilan simobga shunday botirildiki bunda uning yuqori uchi simob sathi bilan tenglashdi. Shu paytda trubachadagi havo ustunining balandligi nimaga teng bo'ladi(sm)? Atmosfera bosimi 750mm sim.us.
Bir tomondan berkitilgan probirkadagi havo uzunligi 19sm bo'lgan simob bilan berkitilgan. Agar probirka ochiq uchi bilan pastga qaratilsa probirkadagi havo ustunining balandligi 10sm, agar probirka ochiq uchi bilan yuqoriga qaratilsa probikadagi havo ustunining balandligi 6sm ga teng bo'ldi. Atmosfera bosimi nimaga teng bo'lgan(mm sim.us.)?
Bir tomondan yopilgan va gorizontal joylashgan uzun probikadagi 16sm uzunlikdagi havo ustuni, uzunligi 20sm bo'lgan simob ustuni bilan yopilgan. Probika yopiq uchidan o'tadigan vertikal o'q atrofida qanday burchak tezlik bilan aylantirilganda simob ustuni 4sm ga siljiydi? Atmosfera bosimi 750mm sim.us., g=10m/s2.
Massasi 50g bo'lgan yupqa devorli silindrik stakan suvga shunday botirila boshlandiki, bunda uning tubi yuqoriga qaragan vastakan har doim vertikal joylashgan. Stakanni qanday chuqurlikgacha botirilsa u suvga botib ketadi? Stakanning balandligi 10sm, asos yuzi 20sm2. Atmosfera bosimi 100kPa, g=10m/s2. Botish chuqurligi, topilishi kerak bo'lgan chuqurlikdagi stakan ichidagi suv sathidan suv sirtigacha bo'lgan masofa deb hisoblansin. Suvning barcha nuqtalarida harorat bir xil. Stakan ichidagi havoning massasi hisobga olinmasin.