Jisimlarning suzishi.
Bir jinsli jism suvda hajmining ¾ qismi botgan holatda suzib yuribdi. Agar jismning hajmi 0,1m3 ga teng bo’lsa, unga tasir qilayotgan og’irlik kuchini toping. g=10m/s2
Taxta hajmining ¾ qismi botgan holda suvda suzib yuribdi. Taxtaning zichligini toping.
Hajmi 0,0002m3 bo’lgan bir jinsli jism, zichligi o’zining zichligidan 4 marta katta bo’lgan suyuqlikda suzib yurmoqda. Jism hajmining qanchasi suyuqlik sirtidan chiqib turadi(sm3)?
Zichligi 800kg/m3 bo’lgan jism zichligi 1000kg/m3 bo’lgan suyuqlikda suzib yuribdi. Jism hajmining qancha qismi suyuqlikka botgan(%)?
Suzuvchi yuqoriga qaragan holda suvda yotibdi. Suzuvchi yuzining chiqib turgan qismini etiborga olinmasa, suzuvchi to’laligicha suvga botib turibdi. Agar suzuvchining massasi 75kg bo’lsa, uning tanasi hajmini toping(dm3).
Kemaga tasir qilayotgan og’irlik kuchi 103kN ga teng. Bu kema siqib chiqargan suvning hajmini toping. g=10m/s2
Tunukadan yasalgan, asosining yuzasi 38sm2, balandligi 6sm ga teng bo’lgan to’g’ri burchakli qutticha suvda suzib yuribdi. Agar qutichaning suvdan chiqib turgan qismi balandligi 4sm ga teng bo’lsa, qutichaning massasini toping(g).
Aysbergning qancha qismi suv ostida bo’ladi(%)? Muzning zichligi 900kg/m3.
Muz bo’lagining suvdan chiqib turgan qismining hajmi 2m3 ga teng bo’lsa, muzning massasini toping(Т). Muzning zichligi 900kg/m3
Qalinligi hamma joyida bir xil bo’lgan muz parchasi, suv sirtidan 4sm chiqib turgan holatda suzmoqda. Agar muz bo’lagining asos yuzasi 45m2 bo’lsa, bu muzning massasini toping. Muzning zichligi 900kg/m3.
Massasi 75kg bo’lgan odamni suv yuzida ushlab qoladigan, qalinligi 25sm bo’lgan muzning yuzasi kamida qanday bo’lishi kerak? Muzning zichligi 900kg/m3
Bir jinsli yassi muz bo’lagini suvga to’la botirish uchun kerak bo’ladigan yukning massasini aniqlang. Muzning yuzasi 1m2, qalinligi 20sm, zichligi 900kg/m3.
Uzunligi 3,5m, ko’ndalang kesim yuzasi 0,04m2 bo’lgan bolor suv sirtida turibdi. Bu bolor butunlay cho’kib ketmasligi uchun uning ustiga ko’pi bilan qanday massali odam chiqishi mumkin? Taxtaning zichligi 500kg/m3.
Yuzasi 1m2 , qalinligi 0,4m bo’lgan muz parchasi suv sirtida suzib yuribdi. Muz bo’lagini suvga to’la botirish uchun kamida qanday ish bajarish kerak? Muzning zichligi 900kg/m3. g=10m/s2
Asosining yuzasi 150sm2 bo’lgan baland silindir simon idishga suv solingan va unda vertikal ravishda ko’ndalang kesim yuzasi 50sm2, balandligi 30sm bo’lgan silindir suzib yuribdi. Agar silindir yasalgan moddaning zichligi 400kg/m3 bo’lsa, silindirni suvga to’liq botirish uchun qanday ish bajarish kerak bo’ladi(mJ)? g=10m/s2
Asosining yuzasi 300sm2 bo’lgan baland silindir simon idishga suv solingan va unda vertikal ravishda ko’ndalang kesim yuzasi 100sm2, balandligi 20sm bo’lgan silindir suzib yuribdi. Agar silindir yasalgan moddaning zichligi 300 kg/m3 bo’lsa, silindirni suvdan to’liq chiqarish uchun qanday ish bajarish kerak bo’ladi(mJ)? g=10m/s2
Asosining yuzasi 300sm2 bo’lgan baland silindir simon idishga suv solingan va unda vertikal ravishda ko’ndalang kesim yuzasi 100sm2, balandligi 20sm bo’lgan silindir suzib yuribdi. Agar silindir yasalgan moddaning zichligi 400kg/m3 bo’lsa, silindirni idish tubiga tekizish uchun qancha ish bajarish kerak bo’ladi(mJ)? Suvning dastlabki paytdagi balandligi 20sm( muz suzib yurgandagi). g=10m/s2
Asosining yuzasi 200sm2 bo’lgan katta silindir simon idishga suv solingan va unda vertikal ravishda ko’ndalang kesim yuzasi 100sm2, balandligi 20sm bo’lgan silindir suzib yuribdi. Agar silindir yasalgan moddaning zichligi 500 kg/m3 bo’lsa, silindirni suvga to’liq botirish uchun qanday ish bajarish kerak bo’ladi(mJ)? Suv sathi dastlab idishning yuqori chetidan 2sm pastda turgan( muz suzib yurganda). g=10m/s2
Asosining yuzasi 100sm2 bo’lgan silindir simon idishga suv solingan. Agar suv ustida 300g bo'lgan muz bo’lagi suzishni boshlasa, suvning idish tubiga beradigan bosimi qanday o’zgaradi? g=10m/s2
Asosining yuzasi 0.01m2 bo’lgan silindir simon idishga suv solingan. Idishga 0,1kg bo'lgan taxta bo’lagi solinsa, suv sathi qanchaga ortadi(sm)? g=10m/s2
Asosining yuzasi 200sm2 bo’lgan silindir simon idishga suzib yuradigan jism tushirildi. Buning oqibatida idishdagi suv sathi 15sm ko’tarilgan bo’lsa, jismning massasini toping.
Silindir simon idishga solingan suv sirtiga ruxdan yasalgan quticha tushirilganda idishdagi suv sathi 14mm ko’tarildi. Quticha suvga tulib cho’kgan paytda idishdagi suv sathi necha millimetrga pasayadi? Ruxning zichligi 7000kg/m3 ga teng.
Asosining yuzasi 100sm2 bo’lgan silindir simon idishga solingan suv ichida, 35g rux bo’lagi qotib qolgan muz bo’lagi suzib yuribdi. Muz erib ketgandan so’ng suv sathi qanchaga pasayadi(mm)? Ruxning zichligi 7000kg/m3 ga teng.
O’qi vertikal holatda joylashgan konus suyuqlik sirtida suzib yurmoqda. Bunda konusning uchi yuqoriga qaragan va konus yasalgan moddaning zichligi suyuqlik zichligining 7/8 qismini tashkil qiladi. Konusning suv ostidagi balandligi uning umumiy balandligidan necha marta kichik?
Kema qirg’oqda yukining bir qismini tushirgandan so’ng cho’kish chuqurligi 0,6m ga kamaydi. Agar kemaning vater chizig’I sathidagi ko’ndalang kesim yuzasi 5400m2 ga teng bo’lsa, kemaning qirg’oqda qoldirgan yukining massasini(Т) toping.
Silindir shaklidagi idish kerosin sirtida suzib yuribdi. Bu idish suvga solingan paytda u avalgiday( kerosinikiday) botgan holatda suzib yurishi uchun idishga 100kg yuk solish talab qilingan bo’lsa, idishning massasini toping. Kerosinning zichligi 800kg/m3
Ichi bo’sh shar o’z hajmining 1/5 qismi botib turgan holatda suzmoqda. Agar sharning hajmi 1 dm3 va shar yasalgan moddaning zichligi 2500kg/m3 ga teng bo’lsa, shar ichidagi bo’shliqning hajmini toping(sm3).
Ichi bo’sh shar suyuqlikka hajmining yarimi botgan holatda suzmoqda. Shar ichidagi bo’shliqning hajmi butun shar hajmining necha foizini tashkil qiladi? Shar yasalgan moddaning zichligi suyuqlik zichligidan ikki marta katta.
Kub simon jism birinchi suyuqlikda suzayotganda unga 40mm botgan holatda, ikkinchi suyuqlikda esa 60mm botgan holatda suzmoqda. Bu kub zichligi birinchi va ikkinchi suyuqliklar zichligining o’rta arifmetik qiymatiga teng bo’lgan suyuqlikda qanday chuqurlikka botadi(mm)?
Idishga simob va uning ustidan suv quyilgan. Bu suyuqliklarda, balandligining ¼ qismi simobga, ½ qismi suvga botgan holatda temir bo’lagi suzib yurgan bo’lsa, temirning zichligini toping. Simobning zichligi 13600kg/m3
Jism ikki suyuqlik chegarasida suzib yuribdi. Bunda suyuqliklardan birining zichligi jism zichligidan 2,5 marata katta, ikkinchi suyuqlik zichligi esa 2 marta kichik bo’lsa, jism hajmining qanday qismi zichligi kattaroq bo’lgan suyuqlikda joylashgan(%)?
Suv solingan idishda silindir vertikal holatda suzmoqda. Idishga zichligi kichikroq bo’lgan 20sm balandlikdagi ikkinchi suyuqlik quyilganda, silindirning suvga botish chuqurligi 15sm ga kamaygan bo’lsa, quyilgan suyuqlikning zichligi nimaga teng? Suyuqlik quyilgan paytda silindir unga to’la botmaydi.
Massasi 1kg bo’lgan jism zichligi 810kg/m3 ga teng bo’lgan suyuqlikda cho’kib, idish tubiga 1N kuch bilan tasir qilmoqda. Bu jism suvda hajmining qancha qismi botgan holatda suzadi(%)?g=10m/s2
Bir xil 100sm3 hajimdagi sharlar ip bilan bog’langan va suyuqlikka tushirilganda sharlardan biri suyuqlik sirtida hajmining yarimi botgan holatda suzib qoldi. Ikkinchi ip bog’langan shar suyuqlikka cho’kib ipni 0,1N ga taranglashtiradi. Agar ikkinchi sharning massasi birinchi shar massasidan 3 marta katta ekanligi malum bo’lsa, birinchi sharning zichligini toping. g=10m/s2
Do'stlaringiz bilan baham: |