b) Fazaviy o'zgarishlar
Harorati 00C bo'lgan qanday massali muzga 0,66MJ energiya berilsa, u to'liq erib ketadi? Muzning solishtirma erish issiqligi 330kJ/kg.
Massasi 100kg bo'lagan po'lat qattaiq holatga o'tganda undan 21MJ issiqlik miqdori ajralgan bo'lsa, po'latning solishtirma erish issiqligi nimaga teng(kJ/kg)?
Harorati 100C bo'lgan 2kg muzga qanday miqdordagi issiqlik berilsa, bu muz bo'lagi to'liq erib ketadi(kJ)? Musning solishtirma issiqlik sig'imi 2100J/(kg·K), muzning solishtirma erish issiqligi 330kJ/kg.
Qandaydir massali -500C haroratdagi muz bo'lagini 500C haroratdagi suvga aylantirish uchun 645kJ energiya kerak bo'lsa, bu muzning massasi nimaga teng? Suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200J/(kg·K), muzning solishtirma issiqlik sig'imi 2100J/(kg·K), muzning solishtirma erish issiqligi 3,3·105J/kg.
Massasi 0,1kg bo'lgan qaynayotgan suvni butunlay bug'ga aylantirib yuborish uchun unga qancha energiya berish kerak(kJ)? Suvning solishtirma bug'lanish issiqligi 2,26MJ/kg.
Harorati 1000C, massasi 0,2kg bo'lgan bug' kondensatsiyalanganda qanday energiya ajralib chiqadi(kJ)? Suvning solishtirma bug'lanish issiqligi 2,3MJ/kg.
Harorati 00C,massasi 1kg bo'lgan suvni 1000C gacha qizdirib so'ngra butunlay bug'lantirib yuborish uchun, suvga qanday miqdordagi issiqlik energiyasini berish kerak(kJ)? Suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200J/(kg·K), suvning solishtirma bug'lanish issiqligi 2,3MJ/kg.
Harorati 200C bo'lgan suvni qizdirib uni to'liq bug'ga aylantirish uchun 2596kJ issiqlik energiyasi sarflandi. Agar suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200J/(kg·K) , solishtirma bug'lanish issiqligi 2,26MJ/kg.
Bir tonna po'latni eritish uchun quvvati 100kW bo'lgan pechka ishlatiladi. Agar po'lat erishi uchun dastlab uning haroratini 1500K ga ko'tarish kerak bo'lsa, eritish jarayoni qancha vaqtni (min) oladi? Po'latning solishtirma issiqlik sig'imi 460J/(kg·K), solishtirma erish issiqligi 210kJ/kg.
Qandaydir massali suvni haroratini 00C dan 1000C gacha ko'tarish uchun 8400J issiqlik miqdori sarflandi. Shu suvni to'liq bug'ga aylantirib yuborish uchun unga yana qancha issiqlik miqdori berish kerak(kJ)? Suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200J/(kg·K), solishtirma bug'lanish issiqligi 2300kJ/kg.
Muzlatgichdagi suvning haroratini 330C dan 00C gacha pasaytirish uchun 21min vaqt ketgan. Endi bu suvni to'liq muzga aylantirish uchun qancha vaqt kerak bo'ladi(min)? Suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200J/(kg·K). Suvning solishtirms erish issiqligi 3,3·105J/kg.
Isitgichda turgan idishdagi 200C haroratli suvni qaynash haroratigacha isitish uchun 20min vaqt ketdi. Qaynagan suvning 42% ni bug'ga aylantirib yuborish uchun yana qancha vaqt kerak bo'ldi(min)? suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200J/(kg·K), suvning solishtirma bug'lanish issiqligi 2,2·106J/kg.
Agar gaz plitasi yordamida 3 l suvning haroratini 100C dan qaynaguncha isitishda, solistirma yonish issiqligi 36MJ/m3 bo'lgan 60 l gaz yoqilgan bo'lsa, gaz plitasining FIK necha foiz? Choynikning issiqli sig'imi 600J/K. suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200J/(kg·K).
Bug' mashinasi ishlayotgan vaqtda 1soatda 210kg ko'mir sarflaydi. Bug' mashinasini sovutish uchun kirishidagi harorati 170C, chiqishidagi harorati 270C bo'lgan suvdan foydalaniladi. Agar suvni qizdirish uchun jami energiyaning 24% ketayotgan bo'lsa, 1s ichidagi suv sarfini aniqlang(kg). suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200J/(kg·K). Ko'mirning solishtirma yonish issiqligi 30MJ/kg.
Do'stlaringiz bilan baham: |