§34. Mexanik energiyaning o’zgarishi va impulsning saqlanish qonuni. Massasi 4kg, tezligi 5m/s bo’lgan shar xuddi shunday tinch turgan sharga noelastik urulgach, ikkita shar bir xil tezlik bilan harakatlanishni boshladi. Bunda ajralib chiqgan issiqlik miqdorini toping.
Massalari 1 va 2kg bo’lgan sharlar bir-biriga 1 va 2m/s tetlik bilan harakatlanib noelasik to’qnashishdi. Bu urulishda qancha issiqlik ajralib chiqishini toping.
Harakatlanayotgan jism to’xtab turgan ikkinchi jism bilan to’qnashgan so’ng ular birinchi n jismning tezligidan 4 marta kichik tezlik bilan birga harakatlanishni boshladi. Harakatlanayotgan jism kinetik energiyasining qancha qismi(%) issiqlikga aylanib ketgan?
Gorizontal yo’nalishda ychayotgan o’q massasi o’q massasidan 5 marta katta bo’lgan penoplast sharni diametri yo’nalishda teshib o’tdi. Teshib o’tgandan so’ng o’qning tezligi ikki marta kamaygan bo’lsa, o’qning dastlabki kinetik energiyasining qancha qismi(%) issiqlikga aylangan?
Massasi 50kg bo'lgan arava silliq gorizontal sirtda 2m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Aravaga 20smbalandlikdan 50kg bo'lgan yuk tushgan bo'lsa, ajralib chiqgan issiqlik miqdori nimaga teng?g =10m/s2
Massasi 20g bo'lgan o'q 100m/s tezlik bilan uchib bormoqda. O'qning harakat yo'nalishiga qarama-qarshi yo'nalishda, o'qning massasiga nisbatdan ancha katta bo'lgan shar 10m/s tezlik bilan harakatlanib kelmoqda. O'q sharga tiqilib qolgandan so'ng ajralib chiqgan issiqlik miqdori nimaga teng?
Odam 72km/soat tezlik bilan harakatlanayotgan poyezddan qo'lini chiqarib qo'lidagi 100g toshni poyezdning harakat yo'nalishida yerga nisbatdan 30m/s tezlik bilan otgan bo'lsa, odam toshni otishda qanday ish bajargan?
Vertikal devor bilan deformatsiyalanmagan prujina orqali tutashtirilgan 90g massali jism silliq gorizontal sirtda turibdi. Prujinaning bikrligi 4kN/m va uning o'qi gorizontal joylashgan. Jismga massasi 10g va prujinaning o'qi bo'ylab 100m/s tezlik bilan harakatlanayotgan o'q tiqilib qoldi. Prujinaning maksimal deformatsiyasi nimaga teng(sm)?
Vertikal devor bilan deformatsiyalanmagan prujina orqali tutashtirilgan 490g massali jism gorizontal sirtda turibdi. Prujinaning bikrligi 180N/mva uning o'qi gorizontal joylashgan. Jismga prujinaning o'qi bo'ylab harakatlanayotgan massasi 10g bo'lgan o'q tiqilib qolgan vaqtda prujina 10sm ga siqilgan bo'lsa, o'qning boshlang'ich tezligi nimaga teng? Jism bilan sirt orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,2. g =10m/s2
Vaznsiz sterjinga osib qo'yilgan massasi 700g bo'lgan sharga gorizontal yo'nalishda uchayotgan 10g massali o'q urilib tiqilib qoldi. Shundan so'ng shar 20sm masofaga ko'tarilgan bo'lsa, o'qning boshlang'ich tezligi nimaga teng bo'lgan?g =10m/s2
Uzunligi 40sm bo'lgan vazinsiz sterjinga massasi 440g bo'lgan shar qotirilgan. Sharga gorizontal yo'nalishda uchib kelayotgan massasi 10g bo'lgan o'q tiqilib qoldi. O'qning qanday eng minimal tezligida shar vertikal tekislikda to'liq aylana oladi? g =10m/s2
Uzunligi 50sm bo'lgan vazinsiz ipga massasi 250g bo'lgan shar qotirilgan. Sharga gorizontal yo'nalishda uchib kelayotgan massasi 10g bo'lgan o'q tiqilib qoldi. O'qning qanday eng minimal tezligida shar vertikal tekislikda to'liq aylana oladi? g =10m/s2
Unchalik katta bo'lmagan 0,99kg bo'lgan jism radiusi 1m bo'lgan silliq yarim sfera ustida turibdi. Jismga gorizontal yo'nalishda 200m/s tezlik bilan uchayotgan massasi 0.01kg bo'lgan o'q tiqilib qoldi. O'qning urilish vaqtidagi ko'chishini hisobga olmagan holatda, jism yarim sferadan uziladigan balandlik nimaga teng(sm)? g =10m/s2
Massasi 3kg bo'lgan disk bikrligi 200N/m bo'lgan prujinaga shunday qotirilganki, bunda prujinaning bir uchi disk markaziga ikkinchi uchi shiftga mahkamlangan. Disk ustiga o'rtasida teshigi bo'lgan shayba 80sm balandlikdan tushgan vaqtda disk qancha pastga tushadi(sm)? Shayba massasi 1kg va urilish absolut noelastik bo'lgan deb hisoblansin. g=10m/s2
Massasi 3kg bo'lgan disk bikrligi 200N/m bo'lgan prujinaga shunday qotirilganki, bunda prujinaning bir uchi disk markaziga ikkinchi uchi shiftga mahkamlangan. Disk ustiga o'rtasida teshigi bo'lgan massasi 1kg b'lgan shayba 35sm balandlikdan tushgan. Disk va shaybaning pastga harakati davomidagi maksimal tezligi nimaga teng(sm/s)? urilish absolut noelastik. g=10m/s2
Massalari 1,5 marta farq qiladigan ikkita bir xil o'lchamli sharlar bir xil uzunlikdagi uzun iplarga osilgan holatda bir-biriga tegib turibdi. Kichik shar 50sm balandga ko'tarilib qo'yib yuborilgandan so'ng sharlar absolut noelastik urildi. Urilishdan so'ng sharlar qanday balandlikga ko'tariladi(sm)?
Silliq stolda tinch turgan massasi 10gbo'lgan brusokga, gorizontal yo'nalishda 60m/s tezlik bilan harakatlanayotgan massasi 2gbo'lgan o'q tiqilib qoldi. Agar taxta o'qning harakatiga 250N qarshilik ko'rsatsa, o'q taxta ichiga qancha masofaga kira oladi(mm)?
Massasi 1kg bo'lgan brusok gorizontal silliq sirt bo'ylab 3m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Brusokning ustiga sekingina massasi 0,5kg bo'lgan g'isht bo'lagi qo'yildi. G'isht bo'lagi va brusok orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,1 ga teng bo'lsa, gisht bo'lagi brusok ustida qanday masofaga toyadi? g =10m/s2
Silliq gorizontal sirtda uzunligi 2,5m bo'lgan taxta bo'lagi yotibdi. Taxta bo'lagining bir uchida brusok yotibdi. Agar taxtaning massasi brusokning massasidan 4 marta katta bo'lsa, brusokga qanday minimal tezlik berilganda brusok taxtaning ikkinchi uchiga bora oladi? Taxta va brusok orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,4. g =10m/s2
Gorizontal silliq sirtda bir tomonida to'siq bo'lgan uzunligi 1m bo'lgan taxta bo'lagi yotibdi. Taxta bo'lagining ikkinchi uchiga brusok qo'yilgan. Agar taxta bo'lagining massasi brusokning massasidan 8 marta katta bo'lsa, brusok to'siqga absolut elastik urilib qaytgandan so'ng taxtachadan tushib qolishi uchun unga qanday minimal tezlik berish kerak? Taxta bo'lagi bilan brusok orasidagi ishqlanish koeffitsienti 0,2. g =10m/s2
Silliq gorizontal sirtda massasi1,5kg bo'lgan taxtacha turibdi. Taxtacha ustida massasi 490g bo'lgan brusok yotibdi. Brusokga taxtacha bo'ylab 100m/s tezlik bilan uchib borayotgan massasi 10g bo'lgan o'q tiqilib qoldi. Agar taxtacha va brusok orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,5 bo'lsa, brusok taxtacha brusok ustida qanday masofaga ko'chadi(sm). g =10m/s2
Massasi 8kg bo'lgan snaryad gorizontal yo'nalishda 200m/s tezlik bilan uchmoqda. Snaryad portlangandan so'ng ikki bo'lakga bo'lindi. Bo'laklardan biri 6kg bo'lib snaryadning dastlabki harakat yo'nalishida 400m/s tezlik bilan harakatini davom ettirgan bo'lsa, portlash vaqtida ajralib chiqgan issiqlik miqdorini aniqlang(kJ).
Zambarakdan gorizontal yo'nalishda 10kg massali snaryad uchib chiqdi. Portlash jarayonida hosil bo'lgan energiyaning qanday qismi(%) zambarakni harakatga keltirish uchun sarf bo'ladi? Zambarakning massasi 990kg.
Massasi 60kg bo'lgan odam muz ustida massasi 40kg bo'lgan chang'i yonida turibdi. Bola chang'ini 3m/s tezlik bilan surib yuborgandan so'ng o'zi qarama-qarshi yo'nalishda harakatga keldi. Chang'ini surishda odamning bajargan ishini toping.
Chang'ichi yuk ortilgan chanani 4m/s tezlik bilan surib borib, uni oldinga itarib yubordi. Agar buning natijasida chana 8m/s tezlik bilan harakatlanishni boshlagan bo'lsa, bolaning bajargan ishini toping. Chang'ining massasi 70kg, odamning massasi 80kg.
Massasi 480g bo'lgan shar markazidan otadigan to'gri chiziq bo'ylab massasi 20g tezligi 100m/s bo'lgan o'q shar tomonga uchib kelmoqda. Shar ichida o'qning harakatiga qarshilik ko'rsatadigan kuch o'zgarmas va 1650N deb hisoblansin. O'qning oxirgi tezligini hisoblang. Shar diametri 5sm.
Massasi 480g bo'lgan shar markazidan otadigan to'gri chiziq bo'ylab massasi 20g tezligi 100m/s bo'lgan o'q shar tomonga uchib kelmoqda. Urilishdan so'ng o'q orqaga harakatlanishni boshlaydi. Bunda o'q energiyasining 90J issiqlik ko'rinishida ajralib chiqgan bo'lsa, sharning oxirgi tezligini toping.
Bola muz ustida harakatlana yotib qo'lidagi toshni harakat yo'nalishida gorizontga nisbatdan 300 burchak ostida 8m/s tezlik bilan otgandan so'ng to'xtab qolgan bo'lsa, bola toshni otishda qancha ish bajargan? Bolaning massasi 70kg, toshning massasi 10kg.
Uchib borayotgan snaryad ikki bo'lakga bo'lindi. Bo'laklarning tezligi orasidagi burchak 600. Birinchi bo'lakning massasi 20kg, tezligi 100m/s ikkinchi bo'lakning massasi 80kg, tezligi 25m/s bo'lgan bo'lsa, portlash jarayonida ajralib chiqgan energiya miqdori nimaga teng(kJ)?
Massasi 1,2kg bo'lgan granata gorizontal yo'nalishda 20m/s tezlik bilan uchayotib ikki bo'lakga bo'linib ketdi. Bo'laklardan massasi 800g bo'lgani 30m/s tezlik bilan gorizontaga nisbatdan 600 burchak ostida uchib ketgan bo'lsa, portlashda ajralib chiqgan energiya miqdori nimaga teng?