Fizikadan masalalar to’plami


§32. Mexanik energiyaning ichki energiyaga o’tishi. Ishqalanish kuchlarining bajargan ishi



Download 1,64 Mb.
bet61/112
Sana24.06.2022
Hajmi1,64 Mb.
#700428
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112
Bog'liq
FIZIKADAN MASALALAR TO\'PLAMI.

§32. Mexanik energiyaning ichki energiyaga o’tishi. Ishqalanish kuchlarining bajargan ishi.

  1. Massasi 100g bolgan sharikcha 2m balandlikdna temir plitaga urulgach 1m balandlikga ko’tarildi. Urulish vaqtida issiqlik korininshida yo’qolgan energiyani hisoblang. Havoning qarshilik kuchini hisobga olmang. g=10m/s2

  2. Massasi 500g bo’lgan sharcha qanday balandlikdan(sm) tushganda uyana 50 sm ga ko’tariladi va urilish vaqtida 2J energiya issiqlik ko’rinishida ajralib chiqadi? Havoning qarshlik kuchini hisobga olmang. g=10m/s2

  3. Massasi 0,1kg bo’lgan sharchani boshlang’ich tezliksiz poldan 2m balandlikdan tashlab yuborildi. Agar sharchaning polga birinchi va ikkinchi urulishlari orasidagi vaqt 1,2s ga teng bo’lsa, birinchi urulishdagi ajralib chiqgan issiqlik ko’rinisidagi energiyani(mJ) hisoblang. g=10m/s2 havoning qarshilik kuchini hisobga olmang.

  4. Massasi 400g bo’lgan shar vertikal ravishda yuqoriga qaratila 20m/s tezlik bilan otildi. Agar tosh yerga 15m/s tezlik bilan tushgan bo’lsa sharchaning havoni qarshilik kuchini yengishdagi bajargan ishini toping.

  5. Massasi 500g bo’lgan sharcha 15m balandlikdan pastga 10 m/s tezlik bilan uloqtirildi. Agar sharcha yerga 16 m/s tezlik bilan tushgan bo’lsa, bu oraliqda havoning sharcha harakatiga qarshi bajargan ishini toping. g=10m/s2

  6. Jism qanday balandlikdan tushganida uning yerga urilishdagi tezligi 18m/s ga va bu oraliqda qarshilik kuchlariga qarshi bajarilgan ish 38J ga teng bo’ladi? Jism massasi 1kg. g=10m/s2

  7. 1,8m balandlikdan pastga qarata 8m/s tezlik bilan koptok uloqtirildi. Ikkita urulishdan so’ng koptok dastlabki balandligiga ko’tarildi. Har bir urulishda dastlabki energiyaning necha foizi yo’qotilmoqda? g=10m/s2 havoning qarshilik kuchini hisobga olmang.

  8. Avtmobil 72km/soat tezlik bilan tekis harakatlanmoqda. Tog’ asosida motor o’chirilgan holda bo’lgan . avtomobil shu holatida tog’ning qiya qismi bo’ylab 5m balandlikga ko’tarilgan bo’lsa, dastlabki kinetik energiyaning qancha qismi ishqalanish kuchini yengishga sarf bo’lgan(%) g=10m/s2

  9. Gorizont bilan 300 burchak hosil qiluvchi qiyatekislik bo’ylab massasi 2kg bo’lgan jism sirpanib tushishni boshladi. Jism qiya tekislik bo’ylab 1,8m masofaga ko’chgandan keyingi tezligi 3m/s ga teng bo’lgan bo’lsa, bu oraliqda ajralib chiqgan issiqlik miqdorini hisoblang. g=10m/s2

  10. Massasi 4,2 kg bo’lgan jism gorizontal qo’yilgan kuch tasirida harakatga kelmoqda. Ishqalanish koeffitsienti 0,1 ga teng bo’lgan bo’lsa bu jismni 25m masofaga ko’chirishda ajralib chiqgan energiya miqdorini toping. g=10m/s2

  11. Massasi 4,2 kg bo’lgan jism gorizontal kuch tasirida 2m/s2 doimiy tezlanish bilan harakatlanishni boshladi. Ishqalanish koeffitsienti 0,1 ga teng bo’lsa, 5 s vaqt ichida ajralib chiqayotgan issiqlikning o’rtacha quvvatini toping. g=10m/s2

  12. Massasi 5kg bo’lgan yuk ip yordamida qiyalik burchagi 450 ga teng bo’lgan qiya tekislik bo’ylab 1m balandlikga ko’tarildi. Ip qiya tekislik bo’ylab yo’nalgan. Jism va qiyatekislik orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,3 ga teng. bu oraliqda jism va qiyatekislikning isishi uchun ketgan issiqlik miqdorini hisoblang. g=10m/s2

  13. Tog’dan tushgan chang’i ishqalanish koefitsienti 0,2 ga teng bo’lgan gorizontal sirt bo’ylab 1m masofa o’tib to’xtagan bo’lsa, tog’ asosida chang’ini tezligini toping. g=10m/s2

  14. Massasi 0,5 kg bo’lgan jism qiyalik burchagi 450 bo’lgan qiyatekislik bo’ylab 1m masofaga ko’tarilishi uchun qanday kinetik energiya zapasiga ega bo’lishi kerak? tekislik va jism orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,2 ga teng g=10m/s2

  15. Chang’i balandligi 2m asosining uzunligi 5m bo’lgan qiya tekislik bo’ylab sirpanib tushgach qanday masofaga siljishini hisoblang. Jism va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,05 ga teng.

  16. Gorizon bilan 450 burchak tashkil qiluvchi qiya tekislikda 1m balandlikda turgan kichgina shayba tekislik bo'ylab sirpanib tushishni boshladi. Qiya tekislikning asosida shayba devorga absolut elastik urulgach xuddi o’sha tezlik bilan orqaga qaytadi. Agar qiyatekislik bilan shayba orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,25 ga teng bo’lsa, urulishdan so’ng shayba chiqgan balandlikni hisoblang(sm).

  17. Qiyatekislikning gorizont bilan hosil qiluvchi burchak sinusi 0,28 ga teng. kichik shayba 2,1m balandlikdan sirpanib tushishni boshladi. Tekislik bilan shayba orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,5 ga teng. shaybaga qiyatekislik bo’ylab pastga yo’nalgan qanday tezlik berilganda u qiyatekislik asosida turgan to’siqga absolyut elastik urilgandan so’ng yana dastlabki holatiga qaytadi? g=10m/s2

  18. Chang’i gorizontga nisbatdan 450 burchak teshkil qiluvchi qiya tekislikdan 15m balandlikdan chang’i sirpanib tushishni boshladi. Gorizontaliga 24m ga ko’chgandan so’ng chang’i gorizot bilan xuddi shunday burchak hosil qiluvchi tog’ga chiqishni boshladi. Agar tekisli bilan chang’i orsidagi ishqalanish koeffitsienti 0,2 ga teng bo’lsa, chang’ining ikkinchi tog’ga qanday balandlikga ko’tarilishini toping.

  19. Gorizontal tekislikda vertikal tekislik bilan deformatsiyalanmagan prujina yordamida bog’langan massasi 5kg bo’lgan jism yotibdi. Prujinaning o’qi gorizontal jolashgan va bikirligi 100N/m ga teng. sirt va jism orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,4 ga teng. jismga prujina o’qi bo’ylab yo’nalgan 1m/s tezlik berildi. Prujinaning maksimal deformatsiyasini toping(sm). g=10m/s2

  20. Massasi 3 kg bo’lgan jism deformatsiyalanmagan prujina yordamida vertikal devorga mahkamlangan. Prujinaning bikirligi 54N/m ga teng va prujinaning o’qi gorizontal yo’nalgan. Sirt va jism orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,3 ga teng jismga qanday minimal tezlik berilganda u o’zining dastlabki holatiga qaytib keladi? g=10m/s2

  21. Massasi 0,5kg bo’lgan brusok qiyalik burchagining sinusi 0,6 ga teng qiyatekislik ustida turibdi. Brusok qiyatekislikning yuqori qismi bilan deformatsiyalanmagan bikrligi 64N/m bo’lgan prujina yordamida bog’langan. Brusokga qiyatekislik bo’ylab yuqoriga yo’nalgan qanday tezlik berilganda udastlabki holatiga qaytib kela oladi? Tekislik bilan brusok orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,8 ga teng. g=10m/s2

  22. Ikkita bir xil massalari 5kg bo'lgan jism deformatsiyalanmagan bikrligi 15N/m bo'lgan prujina yordamida ulangan holatda gorizontal sirtda yotibdi. Jismlardan birortasiga prujinaning o'qi bo'ylab yo'nalgan qanday minimal tezlik berilsa, ikkinchi jism ham harakatga keladi? Sirt bilan jism orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,1. g=10m/s2

  23. Massalari 3 va 2kg bo'lgan jismlar gorizontal sirtda bikirligi 200N/m bo'lgan prujina yordamida ulangan holatda yotibdi. Dastlab prujina siqilgan holatda ushlab turilibdi. Dastlab birinchi jism qo'yib yuboriladi, u deformatsiyalanmagan holatga kelgandan so'ng esa ikkinchisi ham qo'yib yuboriladi. Prujinaning qanday eng kichik deformatsiyasida ikkinchi jism ham harakatga keladi(sm)? Birinchi jismning sirtga ishqalanish koeffitsienti 0,2, ikkinchisiniki 0,3. g=10m/s2


Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish