Fizikadan masalalar to’plami


§63. Kondensator maydonidagi energiya



Download 1,64 Mb.
bet102/112
Sana24.06.2022
Hajmi1,64 Mb.
#700428
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112
Bog'liq
FIZIKADAN MASALALAR TO\'PLAMI.

§63. Kondensator maydonidagi energiya.

  1. Sig'imi 2µF bo'lgan kondensatorga 1mC zaryad berildi. Kondensator qoplamalarini o'tkazgich yordamida ulanganda unda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori nimaga teng(mJ)?




  1. Sig'imi 4 µF bo'lgan yassi havo kondensatorning qoplamalari orasidagi elektr maydon kuchlanganligi 1000V/m ga teng. Kondensator qoplamalari orasidagi masofa 1mm ga teng. Kondensator elektr maydonining energiyasini hisoblang(µJ).




  1. Sig'imlari 4 µF dan bo'lgan 20 ta parallel ulangan kondensator razryad vaqtida 10J energiya ajratdi. Kondensatorlar qanday kuchlanishgacha zaryadlangan?


  1. Yassi havo kondensatorining qoplamalari orasidagi masofa 0,3sm ga teng. Kondensator qoplamalari orasidagi masofa 1,2sm gacha oshirilsa, kondensatorning elektr maydon energiyasi necha marta oshadi? Kondensator zaryadlangandan so'ng kuchlanish manbaidan uzilgan.




  1. Uchta ketma-ket ulangan kondensatordan tashkil topgan batareya kuchlanish manbaiga ulangan. Kondensatorlardan biriga xuddi shunday sig'imli kondensator parallel ulanganda, batarkada yig'ilgan elektr energiyasining zaxirasi necha foizga ortadi?


  1. Sig'imi 14µF bo'lgan kondensatorni 3kV kuchlanishgacha zaryadlangandan so'ng, suv ichida joylashgan qarshilik yordamida razryadlandi. Agar suvning massasi 100g bo'lsa, suvning harorati qanchaga ko'tariladi(mK)? Suvning solishtirma issiqlik sig'imi 4200J/(kg·K). Idish va qarshilikning issiqlik sig'imini hisobga olmang.


  1. 200V kuchlanishgacha zaryadlangan 10µF sig'imli kondensatorga sig'imi 15 µF bo'lgan ikkinchi kondensator parallel ravishda ulansa, qancha issiqlik miqdori ajraladi(mJ)?


  1. 100V kuchlanishgacha zaryadlangan 8 µF li kondensatorga xuddi shunday sig'imga ega lekin 200V kuchlanishgacha zaryadlangan ikkinchi kondensator parallel ulansa, qancha issiqlik miqdori ajraladi(mJ)?


  1. 200V kuchlanishgacha zaryadlangan 30 µF li kondensator bilan 400V kuchlanishgacha zaryadlangan 10 µF sig'imli kondensator qarama-qarshi ishorali qoplamalari bilan bir-biriga ulanganda kondensatorlardan qancha issiqlik miqdori ajraladi(mJ)?


  1. Sig'imi 6 µF bo'lgan kondensator 200V kuchlanishgacha zaryadlanib manbadan uzib qo'yildi. Qoplamalar orasidagi masofani asta sekin 4 marta oshirish uchun qanday ish bajarish kerak(mJ)?


  1. Kondensator qoplamalari orasiga shisha kiritilmasdan oldin uning sig'imi 2 µF bo'lgan bo'lsa, shu kondensator shisha(ε=2) bilan to'ldirilgan holatda, bu shisha bo'lagini kondensatordan sug'urib olish uchun qancha ish bajarish kerak? Kondensator EYK 1000V bo'lgan tok manbaidan zaryadlangandan so'ng, manbadan uzib qo'yilgan.




  1. Yassi kondensatorning qoplamalari orasida qalinligi qoplamalar orasidagi masofaning yarimiga, yuzasi qoplamalarning yuzasiga teng bo'lgan shisha(ε=2) plastina qoplamalarga parallel joylashgan. Kondensator 300V kuchlanishgacha zaryadlangach manbadan uzib qo'yildi. Kondensatorning shishasiz sig'imi 4 µF. shisha plastinani kondensatordan sekin sug'urib olish uchun qancha ish bajarish kerak(mJ)?


  1. Yassi kondensatorda uning qoplamalari orasini to'liq to'ldiruvchi shisha(1,5) plastina joylashgan. Kondensatorni 100V gacha zaryadlagach tok manbaidan uzib qo'yiladi. So'ngra kondensator qoplamalaridan birini shunday siljitildiki bunda qoplamalar orasi uch marta oshgan bo'lsa bunda tashqi kuchlar qanday ish bajarganini anqiqlang(mJ)? Kondensatorning dastlabki sig'imi 8 µF ga teng.




  1. Yassi kondensator qoplamalari orasida, qalinligi kondensator qoplamlari orasidagi masofaga teng, yuzasi qoplamalar yuzasiga qaraganda ikki marta kichik bo'lgan shisha(ε=2) plastina joylashtirilgan. Kondensatorlar 200V kuchlanishgacha zaryadlangandan so'ng manbadan uzib qo'yildi. Kondensatorning plastinasiz sig'imi 6 µF. Shisha bo'lagini qoplamalar orasidan sekin tortib olish uchun qancha ish bajarish kerak(mJ)?




  1. Qoplamalari oralig'i shisha(ε=1,5) bilan to'ldirilgan yassi kondensator EYK 200V bo'lgan tok manbaidan zaryadlangach undan uzib qo'yildi. Shundan so'ng shisha plastinaning yarimini qoplamalar orasidan sekin sug'urib olish uchun qancha ish bajarish kerak(mJ)? Kondensatorning boshlang'ich sig'imi 3 µF.




  1. Ikkita bir xil o'lchamli kondensator bir-biriga parallel holatda ulangandan so'ng 200V kuchlanishgacha zaryadlangandan so'ng manbadan uzib qo'yildi. Kondensatorlardan biri bo'sh, ikkinchisining qoplamalari oralig'i to'lig'icha shisha bilan to'ldirilgan. Agar bo'sh kondensatorning sig'imi 6 µF ga teng bo'lsa, plastinani qoplamalar oralig'idan sekin chiqarib olish uchun qancha ish bajarish kerak(mJ)?

O'zgarmas tok.



Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish