Fizikadan masalalar to’plami


§62. Kondensatorlarni ulash



Download 1,64 Mb.
bet101/112
Sana24.06.2022
Hajmi1,64 Mb.
#700428
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   112
Bog'liq
FIZIKADAN MASALALAR TO\'PLAMI.

§62. Kondensatorlarni ulash.

  1. Qanday sig'imdagi(pF) kondensatorni 800pF li kondensator bilan ketma-ket ulanganda, 160pF umumiy sig'imga ega bo'lgan kondensator hosil bo'ladi?




  1. Sig'imi 20pF bo'lgan havo kondensatori xuddi shunday lekin oralig'I dielektrik singdiruvchanligi 3 ga teng bo'lgan dielektrik bilan to'ldirilgan ikkinchi kondensator bilan ketma-ket ulanganda, umumiy sig'imi qanday bo'lgan kondensator paydo bo'ladi(pF)?


  1. Sig'imi 5µF bo'lgan yassi havo kondensatorining, qoplamalari oralig'I dielektrik singdiruvchanligi 6 ga teng bo'lgan dielektrik bilan to'ldirildi. Bu kondensatorga ketma-ket qilib qanday sig'mdagi(µF) kondensator ulansa, bu kondensatorning sig'imi yana 5µF ga teng bo'ladi?




  1. Sig'imlari 2µF va 4µF bo'lgan ikkita kondensator ketma-ket ulanib EYK 75V bo'lgan tok manbaiga ulangan. Katta sig'imli kondensator qoplamalaridagi potensiallar ayirmasi nimaga teng?


  1. Sig'imlari 500 va 300pF bo'lgan ikkita kondensator 300V maksimal kuchlanishga mo'ljallangan va bir-biriga ketma-ket ulangan. Bu kondensatorlar birlashmasiga qanday maksimal kuchlanish berish mumkin?


  1. Sig'imlari 1 ,2 va 3µF bo'lgan kondensatorlar bir-biriga ketma-ket holatda EYK si 220V bo'lgan kuchlanish manbaiga ulangan. Har bir kondensatordagi zaryad miqdorini toping(µC).


  1. Ikkita bir xil yassi havo kondensatori bir-biriga ketma-ket holatda o'zgarmas kuchlanish manbaiga ulandi. Kondensatorlardan biri suyuq dielektrikka botirilgan vaqtda, ulardagi zaryad miqdori 1,5 marta oshdi. Suyuq dielektrikning dielektrik singdiruvchanligini aniqlang.


  1. Ikkita yassi havo kondensatori bir-biriga ketma-ket holatda o'zgarmas kuchlanish manbaiga ulangan. Kondensatorlardan birining ichiga, qoplamalarni oralig'ini to'liq to'ldiradigan dielektrik(ε=3) bilan to'liq to'ldirilgandan so'ng bu kondensatordagi elektr maydon kuchlanganligi necha marta kamayadi?




  1. Ikkita bir xil yassi havo kondensatori bir-biriga ketma-ket holatda o'zgarmas kuchlanish εµ manbaiga ulandi. Kondensatorlardan birining qoplamalari orasidagi masofa uch marta oshirilsa bu kondensatordagi elektr maydo kuchlanganligi necha marta kamayadi?


  1. Ikkita bir xil yassi havo kondensatori bir-biriga ketma-ket holatda o'zgarmas kuchlanish manbaiga ulangan. Kondensatorlardan birining qoplamalari orasidagi masofa uch marta qisqartirilib, ikkinchisiniki esa uch marta oshirildi. Birinchi kondensatordagi kuchlanish necha marta kamaygan?


  1. Qoplamalari orasidagi masofa 2mm ga teng bo'lgan 5pF sig'imli yassi havo kondensatori EYK 2V bo'lgan kuchlanish manbaiga ulangan. Kondensator qoplamalarining orasiga qalinligi 1mm bo'lgan metall plastina qoplamalar oralig'ini to'liq yopadigan qilib kiritildi. Plastina kiritilish vaqtida manba ichida qanday zaryad o'tadi(pC)?


  1. Bir-biriga parallel ulangan ikkita bir xil yassi havo kondensatorlaridan biriga dielektrik singdiruvchanligi 5 ga teng bo'lgan dielektrik kiritilganda, kondensatorlarning umumiy sig'imi necha marta oshadi?


  1. Sig'imi 2µF va 3µF bo'lgan ikkita kondensator bir-biriga ketma-ket ulanib ularning chiqishiga parallel qilib 0,8µF li uchinchi kondensator ulandi. Bu kondensatorlarning umumiy sig'imini hisoblang(µF)?




  1. Sig'imi 10µF va 1,5µF bo'lgan ikkita kondensator bir-biriga parallel ulangan va ularning umumiy zaryadi 2,3µC ga teng. Katta sig'imli kondensatorning zaryadini aniqlang(µC).


  1. Ikkita bir xil yassi havo kondensatorlari bir-biriga parallel ulangan va kuchlanish manbaidan zaryadlangandan so'ng, tok manbaidan uzib qo'yilgan. Kondensatorlardan birining qoplamalari orasidagi masofa 3 marta oshirildi. Bu kondensatordagi elektr maydon kuchlanganligi necha marta kamaygan?


  1. Ikkita bir xil yassi havo kondensatori bir-biriga parallel ulanib, o'zgarmas kuchlanish manbaida zaryadlangandan so'ng, manbadan uzib qo'yildi. Kondensatorlardan birining qoplamalari orasidagi masofa 3 marta oshirilib, ikkinchisining orasidagi masofa 3 marta qisqartirildi. Birinchi kondensatordagi elektr maydon kuchlanganligi necha marta kamayadi?




  1. Ikkita bir xil yassi havo kondensatori bir-biriga parallel ulanib, o'zgarmas kuchlanish manbaida zaryadlangandan so'ng, manbadan uzib qo'yildi. Kondensatorlardan biri dielektrik singdiruvchanligi 5 ga teng bo'lgan dielektrik bilan to'ldirildi. Shu kondensatordagi elektr maydon kuchlanganligi necha marta kamayadi?




  1. Sig'imi 1µF bo'lgan kondensator 500V kuchlanishgacha zaryadlangandan so'ng unga 4µF sig'imli zaryadlanmagan kondensator ulandi. Kondensatorlardagi potensiallar farqini toping.


  1. 240V kuchlanishgacha zaryadlangan kondensatorga xuddi shunday lekin orasi shisha bilan to'ldirilgan zaryadlanmagan kondensator parallel ulanganda ulardagi umumiy kuchlanish 30V ga teng bo'lib qolgan bo'lsa, shishaning dielektrik singdiruvchanligini hisoblang.


  1. 100V kuchlanishgacha zaryadlangan kondensatorga sig'imi ikki marta katta va 250V kuchlanishgacha zaryadlangan ikkinchi kondensator parallel ulangan. Kondensator qoplamalari orasida qanday potensiallar farqi qaror topadi?




  1. Sig'imi 1,2 µF bo'lgan kondensator 135V kuchlanishgacha zaryadlangan. Bu kondensatorni 110V kuchlanishgacha zaryadlangan sig'imi 0,8µF bo'lgan kondensator bilan parallel ulandi. Bu kondensatorlarni ulovchi simlardan qanday zaryad oqib o'tganini(µC) aniqlang.




  1. Sig'imlari 4 marta farq qiladigan ikkita kondensator bir-biriga ketma-ket holatda EYKi 75V bo'lgan kuchlanish manbaiga ulangan. Kondensatorlar zaryadlangandan so'ng bir-biridan va tok manbaidan uziladi va bir-biriga parallel holatda ulanadi. Shundan so'ng kondensatorlarda paydo bo'ladigan kuchlanishni toping.


  1. Qoplamalari vertikal joylashgan kondensatorning yarimi dielektrik singdiruvchanligi 5 ga teng bo'lgan suyuq dielektrikka botirilgandan so'ng necha marta oshadi?


  1. Qoplamalari vertikal joylashgan kondensatorning yarimi dielektrik singdiruvchanligi 5 ga teng bo'lgan suyuq dielektrikka botirilgandan so'ng, kondensatorning sig'imi o'zgarmasligi uchun qoplamalar orasidagi masofa necha marta oshirilishi kerak?


  1. Sig'imi 1pF bo'lgan yassi havo kondensatorga 1nC zaryad berilgan. Kondensator qoplamalari suyuqlik sirtiga perpendikular ravishda hajmining 2/3 qismigacha botirildi. Agar suyuqlikning dielektrik singdiruvchanligi 2 ga teng bo'lsa, kondensator suyuqlikka botirilgandan so'ng qoplamalaridagi potensiallar farqi nimaga teng bo'ladi?


  1. Yuzasi 10sm2, qoplamalar orasidagi masofa 17,7mm bo'lgan kondensator qoplamalari suyuqlik sirtiga perpendikular ravishda hajmining 2/3 qismigacha dielektrik singdiruvchanligi 2 ga teng bo'lgan suyuqlikka botirilgan va qoplamalariga 10nC zaryad berilgan. Bu kondensator qoplamalaridagi potensiallar ayirmasi nimaga teng(kV)? ε0=8,8·10-12 F/m.


  1. Yassi havo kondensatorining qoplamalari orasiga yuzasi qoplamalarning yuzasiga teng, qalinligi qoplamalar orasidagi masofaning yarimiga teng bo'lgan dielektrik(ε=4) plastina qoplamalarga parallel ravishda kiritilganda, kondensatorning sig'imi necha foizga oshadi?




  1. Yassi havo kondensatorining qoplamalari orasiga yuzasi qoplamalarning yuzasiga teng, qalinligi qoplamalar orasidagi masofadan uch marta kichik bo'lgan dielektrik plastina qoplamalarga parallel ravishda kiritilganda, kondensatorning sig'imi 20% ga oshgan bo'lsa, suyuqlikning dielektrik singdiruvchanligi nimaga teng?




Download 1,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish