§59. Zaryadlar tizimining o'zaro tasir energiyasi.
Bir-biridan 30sm masofada turgan zaryadlari 2µC va 4µC bo'lgan ikki nuqtaviy zaryad orasidagi o'zaro tasir energiyasi nimaga teng(mJ)? k=9·109m/F.
Bir to'g'ri chiziqda bir-biridan 30sm masofada izma ketin joylashgan zaryadlari 2 µC dan bo'lgan to'rtta nuqtaviy zaryadning o'zaro tasir energiyasi nimaga teng(mJ)? k=9·109m/F.
Bir to'g'ri chiziqda bir-biridan 30 sm masofada uchta 2, 1 va 3 µC zaryadli nuqtaviy zaryadlar ko'rsatilgan izma ketlikda joylashgan. Bu zaryadlar tizimining o'zaro tasir energiyasini hisoblang(mJ). k=9·109m/F.
Tomoni 10sm ga teng bo'lgan teng tomonli uchburchakning uchlarida zaryadlari 2, -1 va 3µC bo'lgan uchta zaryad joylashgan. Bu zaryadlar tizimining o'zaro tasir energiyasi nimaga teng(mJ)? k=9·109m/F.
Tomoni 50sm ga teng bo'lgan tetraedrning uchlarida zaryadlari 1, 2, 3 va 4µC bo'lgan to'rta zaryad joylashgan, bu zaryadlarning o'zaro tasir energiyasini hisoblang(mJ). k=9·109m/F.
Bir to'g'ri chiziqda bir-biridan 60sm masofada har birining zaryadi 2µC dan bo'lgan to'rtta zaryad izma ketin joylashgan. Bu zaryadlarni tomoni 60sm ga teng bo'lgan to'g'ri tetraedrning uchlariga joylashtirish uchun qancha ish bajarish kerak(mJ)? k=9·109m/F.
Massalari 2mg dan, zaryadlari 10nC dan bo'lgan ikki nuqtaviy zaryad bir-biridan 5sm masofada turibdi. Bu zaryadlarning o'rtasida zaryadi 60nC bo'lgan uchinchi zaryad qotirilgan. Zarralarni bir vaqtda qo'yib yuborilgandan so'ng ular harakatga keldi. Zarralar bir-biridan juda ham katta masofaga uchib ketganda ularning tezligi nimaga teng bo'ladi? k=9·109m/F.
Rombning ikkita o'tkir uchiga 7nC li ikkita zaryad joylashtirilgan. O'tmas uchlarida esa massasi 2mg, zaryadi 2nC bo'lgan zarrachalar joylashtirilgan. Zarrachalar bir vaqtda qo'yib yuborilgandan so'ng ular harakatga keldi. Agar rombning tomoni 3sm ga teng bo'lsa, zarrachalar bir-biridan katta masofaga uchib ketgan vaqtda ularning tezligi nimaga teng bo'ladi. Rombning o'tkir uchi 600 burchakka ega. k=9·109m/F.
Tomoni 2sm ga teng bo'lgan teng tomonli uchburchakning bitta uchida 40nC zaryadga ega bo'lgan nuqtaviy zaryad, qolgan ikki uchida massasi 5mg, zaryadi 10nC bo'lgan zarrachalar joylashtirilgan. Zarralarni bir vaqtda qo'yib yuborilgandan so'ng ular harakatga keldi. Zarralar zaryaddan katta masofaga uchib ketgandan so'ng ularning tezligi nimaga teng bo'ladi? k=9·109m/F.
Massasi 4mg, zaryadi 0,2µC bo'lgan to'rtta bir xil nuqtaviy zaryad, tomoni 30sm ga teng bo'lgan tetraedrning uchlarida joylashgan. Zaryadlar bir vaqtda qo'yib yuborilgandan so'ng ular harakatga keldi. Zarralar bir-biridan katta masofaga uchib ketishganda ular qanday tezlikka ega bo'ladi. k=9·109m/F.
Har birining zaryadi 400nC bo'lgan sharchalar, silliq gorizontal sirtdagi prujina yordamida bir-biriga bulangan. Sharchalar shunday tebranmoqdaki bunda ular orasidagi masofa L dan 4L gacha(L=2sm) o'zgarmoqda. Agar prujinaning deformatsiyalanmagan holatidagi uzunligi 2L ekanligi ma'lum bo'lsa, bu prujinaning bikrligini toping. k=9·109m/F.
Har birining zaryadi 2µC bo'lgan uchta sharcha juft-juft qilib uchta prujina yordamida bir-biriga ulangan holatda, bir-biridan 5sm masofada ushlab turilibdi. Agar prujinalar dastlab deformatsiyalanmagan va sharchalarning harakati davomidagi ular orasidagi masofa dastlabkisidan uch marta katta bo'lsa, har bir prujinaning bikrligini hisoblang. k=9·109m/F.
Massalari 5g dan va har birining zaryadi 10µC bo'lgan ikkita sharcha gorizontal sirtda bir-biridan 10m masofada joylashgan. Sharchalarning sirtga ishqalanish koeffitsienti 0,5 ga teng. Birinchi sharchaga qanday minimal tezlik berilsa u ikkinchi sharchani ham joyidan qo'zg'ata oladi. k=9·109m/F. g=10m/s2.
Massalari 50g dan va har birining zaryadi 10µC bo'lgan ikkita sharcha gorizontal sirtda bir-biridan 2m masofada joylashgan. Sharchalarning sirtga ishqalanish koeffitsienti 0,1 ga teng. Sharchalar bir vaqtda qo'yib yuborilgach ular bir-biridan qanday masofada to'xtaydi. k=9·109m/F. g=10m/s2.
Massalari 100g dan va har birining zaryadi 10µC bo'lgan ikkita sharcha gorizontal sirtda bir-biridan 1m masofada ushlab turilibdi. Sharchalarning sirtga ishqalanish koeffitsienti 0,1 ga teng. Sharchalar bir vaqtda qo'yib yuborilgach ularning keyingi harakatidagi eng katta tezligi nimaga teng bo'ladi. k=9·109m/F. g=10m/s2.
Ikkita sharcha deformatsiyalanmagan uzunligi 20sm, bikrligi 200N/m bo'lgan prujina yordamida ulangan. Sharchalarga bir xil zaryad berilgandan so'ng. ular orasidagi masofa ikki marta oshdi. Sharchalarni dastlabki holatiga qaytarish uchun qancha ish bajarish kerak?
Silliq gorizontal sirtda massalari 150g dan bo'lgan ikkita sharcha bikrligi 10N/m, uzunligi 40sm bo'lgan deformatsiyalanmagan prujina yordamida bir-biriga ulangan. Sharchalarga bir xil ishorali zaryad berilganda so'ng prujinaning uzunligi ikki marta oshdi. Shundan so'ng sharchalarning har biriga, bir-biriga qarama-qarshi yo'nalishda qanday bir xil tezlik berilsa, ular bir-biriga dastlabki masofagacha yaqinlasha oladi?
Zaryadi -10µC bo'lgan zaryad og'irlik maydonida qotirib qo'yilgan. Zaryaddan 5m pastda, massasi 9g, zaryadi 4µC bo'lgan zarracha joylashgan. Zarrachaga vertikal yo'nalishda qanday eng kichik tezlik berilganda u qotirilgan zaryadgacha uchib bora oladi? k=9·109m/F. g=10m/s2.
Yer sirtidan 3m balandlikda zaryadi -4µC bo'lgan zaryad qotirilgan. Zaryaddan pastda, yerdan 2,2m balandlikda massasi 0,9g, zaryadi 1µC bo'lgan zarracha joylashgan. Zarrachaga vertikal pastga yo'nalgan qanday minimal tezlik berilsa, u yer sirtigacha uchib bora oladi? k=9·109m/F. g=10m/s2.
Zaryadi -100nC bo'lgan qotirilgan zaryaddan 1m masofada massasi 0,1g, zaryadi 2µC zaryadlik zarracha joylashgan. Zaryadlar manfiy zaryaddan musbat zaryadga qarab yo'nalgan bir jinsli elektr maydonda joylashgan. Maydon kuchlanganligi 100V/m. Zarrachaga maydon kuch chiziqlari yo'nalishida qanday minimal tezlik berilsa, u zaryaddan cheksiz uzoqlikka uchib ketadi? Og'irlik kuchini hisobga olmang. k=9·109m/F.
Massalari 2 va 3g bo'lgan, 6µC zaryadli ikkita zarrach bir-biriga yaqinlashmoqda. Qandaydir vaqt momentida zarralar bir-biridan 30m masofada joylashgan bo'lib, har biri 3m/s tezlikka ega. Keyingi harakat davomida zarralar orasidagi eng kichik masofani toping. k=9·109m/F.
Massalari 2 va 3g , zaryadlari 3 va -12µC bo'lgan zarrachalar bir-biridan uzoqlashmoqda. Qandaydir vaqt momentida zarralar bir-biridan 10m masofada joylashgan bo'lib, bir xil 3m/s teslikka ega. Harakat davomidagi zarralar orasidagi eng katta masofani toping. k=9·109m/F.
Har birining massasi 1g dan, zaryadlari 1µC va -1µC l zarralar bor. Dastlab zarralar orasidagi masofa 3,2m, zarralardan biri tinch holatda ikkinchisi esa undan 3m/s tezlik bilan uzoqlashmoqda. Harakat davomida zarralar orasidagi eng katta masofani toping. k=9·109m/F.
Massalari 4 va 5g, zaryadlari 1 va -1µC bo'lgan zarrachalar bor. Dastlab zarrachalar orasidagi masofa 10sm ga teng, birinchi zarracha tinch, ikkinchi zarracha esa undan nisbatdan v tezlik bilan uzoqlashmoqda. v tezlikning qanday qiymatida bu zarracha ikkinchisi bilan to'qnashmaydi? k=9·109m/F.
Ikkita dielektrik sharning har birida 3µC dan zaryad tekis taqsimlangan. Birinshi sharning massasi 6g, ikkinchsining massasi 12g, ularning har birining radiusi 1sm ga teng. Dastlab sharlar bir-biriga tekizilgan holatda turibdi. Sharlar qo'yib yuborilgandan so'ng birinchi sharning oxirgi tezligini toping. k=9·109m/F.
Ikkita dielektrik shar hajmi bo'ylab tekis taqsimlangan 1µC va 0,6µC zaryadga ega. Birinchi sharning massasi 6g, ikkinchisiniki esa 4g va ularning har birining radiusi 1sm dan. Dastlab birinchi shar tinch holatda turibdi, ikkinchisi esa unga uzoqdan v tezlik bilan yaqinlashmoqda. v tezlikning qanday qiymatida bu sharchalar bir-biriga tegadi? k=9·109m/F.
Massalari 12g dan, radiuslari 1sm dan bo'lgan ikkita bir xil dielektrik sharcha bo'ylab 0,4µC zaryad tekis taqsimlangan. Dastlab sharlardan biri tinch holatda, ikkinchisi esa unga 5m/s tezlik bilan yaqinlashmoqda. Dastlab tinch turgan sharchaning, ikkinchi sharcha unga urilishidan oldin qanday tezlikka ega bo'lishini hisoblang. k=9·109m/F.
Radiuslari 1sm dan bo'lgan ikkita dielektrik sharchaning har birida 0,4µC dan bo'lgan zaryad tekis taqsimlangan. Dastlab massasi 16g bo'lgan sharcha tinch holatda turibdi, ikkinchi massasi 8g bo'lgan sharcha uzoqdan birinchisi tomon 6m/s tezlik bilan yaqinlashmoqda. Dastlab tinch turgan sharchaning urilishdan keyingi dastlabki tezligini toping. Urilish absolut elastik ravishda yuz bergan deb hisoblang. k=9·109m/F.
Do'stlaringiz bilan baham: |