8-§. TABIATDAGI ELEKTR HODISALARI
Chaqmoq va momaqaldiroq
Odamlar qadimda chaqmoq chaqishi va
momaqaldiroq gumburlashi sabablarini bilol-
maganlar.
Chaqmoqning hosil bo‘lishini turli ishorali
elektr zaryadlarining o‘zaro ta’siri asosida tushun-
tirish mumkin. Bir jism ikkinchi jismga
ishqalanganda, elektr zaryadi hosil bo‘lishini
bilasiz. Turli ishorali zaryadlar bilan kuchliroq
zaryadlangan jismlar bir-biriga yaqinlashtirilsa,
uchqun chiqadi va chirsillagan ovoz eshitiladi.
Ma’lumki, havoda suv bug‘lari mavjud. Os-
monda havo temperaturasi pasaya borishi bilan suv
bug‘lari birlashib, mayda suv zarrachalarini hosil
qiladi. Osmonda suv zarrachalari to‘plangan joy
bizga oq bulut bo‘lib ko‘rinadi. Havo temperaturasi
yanada pasaya borsa, suv zarrachalari yiriklashib
boradi. Ular bizga qora bulut bo‘lib ko‘rinadi. Bulut
suzib yurgan joyda havo sovib ketganda esa suv
zarrachalari muz zarrachalariga aylana boradi.
Osmondagi bulutlar bir-biri bilan hamda
havoning turli qatlamlari bilan doimo ishqa-
lanishda bo‘ladi. Natijada ba’zi to‘p bulutlar kuchli
zaryadlanib qoladi. Turli ishora bilan kuchli
Do'stlaringiz bilan baham: |