Yadro kuchlari. Atom yadrosi proton va neytronlardan iborat bo’lsa, uni qanday kuch ushlab turishini ularga tushuntirish kerak. Chunki o’quvchilar bir hil ishorali zaryadlar bir- biridan itarilishini biladilar. Bu zarralarni ushlab turgan kuch yadro kuchlaridir, deb tushuntirish kerak. Juda kichik masofalarda yadrodagi nuklonlar yadro kuchlari ta’sirida o’zaro tortishadi deb tushuntirish mumkin. YAdroviy o’zaro ta’sirlari tabiatdagi eng kuchli o’zaro ta’sirlardir. VIII- sinf fizika darsidan o’quvchilarbiladigan atom yadrosi chegarasidan tashqaridagi Kulon kuchlarilan ko’p marta ortiq bo’lgan yadro kuchlari ta’sir etadi. Shuning uchun - zarra bilan yadro bombardimon qilinsa - zarra yadroga tushmay burilib o’tib ketadi. - zarra energiyasi yetarli katta bo’lgan ayrim hollarda esa - zarra yadroga kirib yadroni o’zgartiradi. Yangi yadro hosil bo’ladi. Shu yerda yadro zichligi haqida ham o’quvchilari ma’lumot berib o’tish kerak.
A – Protonlar soni. R ya– yadro radiusi. Ro– Nuklen radiusi.
bu yerda vodorod atom yadrosi massasi m ≈ 1m.a.b.
XULOSA Ma’lumki, fizika fani fundamental fanlar orasida tabiatni o’rganishda asosiy rol o’ynaydi va texnika yo’nalishidagi barcha mutaxassislik fanlar uchun fundamental asos bo’lib xizmat qiladi.
Fizika fanidagi “Atom fizika” bo’limini mukammal o’zlashtirish o’quvchi talabalardan tabiatda yuz berayotgan fizik jarayonlar, hodisalar va ular bo’ysunadigan qonuniyatlar mohiyatini chuqur anglash, idrok qilishni taqozo qiladi. Bu vaziyatda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim samaradorligini yanada oshiradi.
“Atom fizikasi” bo’limidagi mavzularni o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llash bo’yicha olib borilgan tadqiqot ishlaridan quyidagi natijalar va xulosalar kelib chiqadi:
• Ta’limda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan maqsad ta’lim oluvchini dars jarayonining markaziga olib chiqish, o’quvchilarni o’quv materiallarini shunchaki yodlab olishlaridan, ixtiyoriy takrorlashlaridan uzoqlashtirib, mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, darsning faol ishtirokchisiga aylantirishdir.
• Fizika fanidagi “Atom fizikasi” bo’limining muayyan mavzulari uchun yangi pedagogik texnologiyialar qo’llanilgan dars loyihalari ishlab chiqildi va bu loyihalar yordamida o’quvchilarga dars mashg’ulotlari o’tilganda o’quvchilarni shu fanga bo’lgan qiziqishlari ortadi, darsn mazmunini tushunishlari yanada osonlashadi.
• “Atom fizikasi” bo’limiga doior ma’ruza mashg’ulotlarini o’qitishda “muammoli vaziyat”, “BBxB” kabi interfaol metodlar, masala yechish darslarida esa “davra suhbati” va yana bir qator metodlarni qo’llash yaxshi natija beradi. Mavzularni yakunlash, darsni mustahkamlashda “Venn diagrammasi” stategiyasi va shu kabi usullardan foydalanilganda, o’quvchilarning “Atom fizikasi” bo’limini o’rganishdagi qiyinchiliklari bartaraf etiladi.
Oddiy, an’anaviy usulda tashkil qilingan dars jarayonidan farqli ravishda yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tkazilgan dars jarayoni o’zining sezilarli samarasini ko’rsatadi.
Men ushbu kurs ishini tayyorlash davomidagi juda ko’p bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ldim. Ushbu kurs ishim yordamida atom hamda pedagokika haqida juda ko’p bilimga ega bo’ldim. Qisqa qilib aytganda ushbu kurs ishim menga juda ko`p bilim olishimga, izlanishimga majbur qildi va bundan afsuslanmayman.