O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA MATEMATIKA FAKULTETI
“Fizika” yo’nalishi
19.12- guruh talabasi
Umarova Rohatoyning
“Fizika o’qitish metodikasi” fanidan
“Atom fizikasi” bo’limiga oid mavzularni o’qitishda pedagogik texnalogiyalardan foydalanish usullari mavzusidagi
KURS ISHI
Kurs ishi rahbari:
Topshirdi: R.Umarova
Farg’ona shahri
Mundarija
Kirish……………………………………………………………...………….3
IBOB. FIZIKA FANINI O’QITISHDA AXBOROT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR………………………………………………………8
Fizika o’qitishdagi zamonaviy uslublar.………………………..….……..9
Pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari. Pedagogik texnologiya tamoyillari…..…………………………………………………………..…14
IIBOB “ATOM FIZIKASI” BO’LIMI KURSINI O’QITISHDA PEDOGOGIK TEXNOLOGIYALARI.............................................…...26
2.1 Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika kursida “Kvant fizikasi“ bo‘limi……..……………………………………………………..26
2.2 Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika kursida “Atom fizikasi“ bo‘limi ……………………………………………………….…...30
XULOSA……………………………………………………………...…....33
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………….………35
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”
Sh.M.Mirziyoyev. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Kirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi va unda quyidagilar nazarda tutiladi:oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog’lom raqobat muhitini yaratish; O’zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish; respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o’rindagi oliy ta’lim muassasalari ro’yxatiga, shu jumladan, O’zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o’rindagi oliy ta’lim muassasalari ro’yxatiga kiritish;oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o’tkazish; alqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning ilg’or standartlarini joriy etish, jumladan, o’quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo’naltirilgan ta’limdan amaliy ko’nikmalarni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o’tish; oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo’shadigan, mehnat bozorida o’z o’rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo’lga qo’yish;oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta’minlashdan iborat.
O’zbekiston Respublikasidagi mustaqil huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurish yo’lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini yangidan kashf qilishga, uni o’zligini anglashda imkoniyatlarni ro’yobga chiqarishga va ma’naviy intelektual, aqliy-amaliy rivijlanishi uchun yangi shart-sharoitlar yaratib beradi. Bu o’z navbatida insoniyat yaratgan ma’naviy-ilmiy boyliklarga, o’ziga yangicha munosabat yondashuvini yuzaga keltiradi.
O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasiga, aqliy salohiyatiga hamda kasbiy 1mahoratiga nisbatan alohida mas’uliyat yuklangan. Bu borada O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etgan edi: “Biz yurtimizda yangi avlod, ya’ni tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o’rnimizga keladigan yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o’zimiz yaxshi tasavvur qilamiz”. Ushbu fikrlardan bugungi kun o’qituvchisiga nisbatan qo’yilayotgan talablarning mazmun va mohiyatini anglatadi.
Zamonaviy o’qituvchi qanday bo’lishi kerak? Mustaqillikdan keyin ushbu muammo ko’plab olimlarning, ziyo ahlining, xatto ota-onalarning diqqat e’tiborida bo’ldi. O’qituvchilar uchun zamonaviy, hozirgi kun talablariga oladigan metodik va o’quv qo’llanmalari, darslikalar yaratila boshlandi. Lekin bu muammo bo’yicha izlanishlar, ilmiy-tadqiqotlar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Hozirgi kunda global o’zgarishlar, fan-texnika va axborot kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr o’qituvchisidan pedagogik mahoratni, o’tkir irodani, pedagogik-psixologik bilimlarni, o’z fanini chuqur bilishni va yuksak tafakkurni, siyosiy savodxonlikni, fikrlash doirasi keng va mulohazali bo’lishni talab qiladi.
Hozirda O’zbekiston demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish yo’lidan izchil borayotganligi uchun kardlar tayyorlash tizimi tubdan isloh qilindi, davlat ijtimoiy sohasida shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi qaror topdi. O’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash ta’lim sifatini yaxshilashda alohida o’rin tutadi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya o’zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog’liq xususiy nazariyaga ega: u birinchi galda o’quv-tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurishga yo’naltirilgan, o’qitishning axborotli vositalaridan, didaktik materiallardan, faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan o’qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga qilgan “Murojatnoma”sida, “Mamlakat taraqqiyotining zamini, hech shubhasiz, ilm fan va innovatsiyadir” deb aytdi.
Bundan tashqari ”Murojatnoma”da prezidentimiz, “Kelgusi yilda ilm-fan sohasida oliygohlar va ilmiy tashkilotlardagi doktorantlar soni 4.5 mingtaga yetkaziladi yoki 2017-yilga nisbatan 3 barobarga oshiriladi. Shu maqsadlar uchun byudjetdan qo’shimcha 240 milliard so’m ajratiladi.
Ilg’or xalqaro amaliyot asosida dotsent va professor ilmiy unvonlari, falsafa va fan doktori ilmiy darajalarini berish vakolati o’z yo’nalishi bo’yicha nufuzli bo’lgan oliygohlarning ilmiy kengashlariga o’tkaziladi.
Endi keyingi yil uchun ustuvor ilm-fan yo’nalishlarini belgilab olishimiz kerak. Agar tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, dunyodagi deyarli barcha kashfiyot va texnologiyalarni yaratishda “Fizika” fani fundamental asos bo’lganini ko’ramiz. Haqiqatan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugungi zamon talab qilayotgan soxalarda natijaga erishib bo’lmaydi.
Buyuk mutafakkir shoirimiz Mir Alisher Navoiy o’z davrida yoshlarga murojat qilib “Quyoshliq istasang, kasbi kamol et”, deb yozganlar. Chindan ham, odamlarga quyoshdek beminnat nur taratishni, yaxshilik qilishni istagan inson, kamolotga intilib, turli ilm va kasb-hunarlarni o’zlashtirishi lozim.
Hozirgi davrda xorijiy tillarni mukammal o’zlashtirmasdan turib, buyuk bobomiz aytgan ana shunday marralarga erishib bo’lmaydi, desak, adashgan bo’lmaymiz.
Bunday o’tkir talabga amal qilib, kelgusi yilda fizika va chet tillarini o’rganishni ustuvor yo’nalish etib belgilashni taklif etaman. Shu maqsadda kelgusi yilda ta’limning barcha bo’g’inlarida ushbu fanlarni o’qitish sifatini tubdan oshirish, ixtisoslashgan maktablar ochish, malakali pedagoglarni jalb etish kabi tizimli ishlar amalga oshiriladi.
“Fizika bo’yicha Ahmad Farg’oniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasi” tashkil etiladi. Shuningdek, fizika yo’nalishida ilmiy izlanishlar ko’lami va sifatini oshirish, yosh olimlarga zarur shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |