Ta’limning uzluksizligi tamoyili. Mazkur tamoyil o’quvchilarning kasbiy sifatlarga ega bo’lishlari, mavjud sifatlarning hayotiy faoliyat davomida takomillashib borishini nazarda tutadi. Shaxsga uning butun umri davomida asqotishi mumkin bo’lgan bilimlarni berish mumkin emas, zero mavjud bilimlar har besh-o’n yil mobaynida o’zgarib, mazmunan boyib boradi. Demak mazkur tamoyil o’qituvchinig o’z faoliyatida mustaqil ta’limni tashkil etishga e’tibor
berishi, pedagog yetakchiligini ta’minlagan ta’limdan o’quvchilarning mustaqil bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishni ifodalaydi
IIBOB “ATOM FIZIKASI” BO’LIMI KURSINI O’QITISHDA PEDOGOGIK TEXNOLOGIYALARI
Bu bobda o’rta maktab fizika dasturiga 1940 yilda kiritilgan bo’lib, uni o’rganishga 5 soat vaqt ajratilgan edi. Bu bo’lim 10 sinfda o’rganiladi edi. Keyinchalik bu bo’lim materiallari ko’paygandan keyin XI sinfda bo’lim materiallarini o’rganishga 19 soatgacha vaqt ajratildi. Xozirda KHK da 20 soat, AL larda 60 soat vaqt ajratilgan.
1999 yil qabul qilingan umumiy o’rta ta’lim fizika dasturida bu bo’lim VII va IX sinflarda o’rganiladi. 7 sinfda bo’limni o’rganishga I soat, IX sinfga 10 soat vaqt ajratilgan
Atom nazariyasi hodisalarning ikki soxasini o’z ichiga oladi; birinchisi atomning elektron qobigida bo’ladigan jarayonlar bilan bog’liq, ikkinchisi atom yadrosidagi jarayonlar bilan bog’liq o’zgarishlar bilan belgilanadi. Atom yadrosi fizikasi amalda keng qo’llaniladi (yadro energetikasi, radio – izotoplar metodi). Atom yadrosi fizikasi qonunlari tabiiy fanlar: astronomiya, radiatsion fizika, kimyo, geologiya kabi qator fanlarda keng ravishda foydalaniladi.
2.1.Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika kursida “kvant fizikasi” bo‘limi
Yorug’likning kvant tabiatini tasdiqlovchi xodislarni o’rganish uslubi
Kvant mexanikasi – mikroolamning qonuniyatlarini ochishga doir fizikaviy nazariyadir.
Kvant mexanikasining metodi kvant elektrodinamikasi, qattiq jism fizikasi, zamonaviy kimyo kabi sohalarda, shuningdek, atom yadro tuzilishi, elementar zarralar xossalarini o’rganish texnikasida ham keng ravishda qo’llanilmoqda.
Avvaldan berilgan xossali materiallar yaratishda, qattiq jismlar kvant nazariyasi katta rol o’ynaganligini eslash kifoyadir. Masalan, magnit xossali, yarim o’tkazgichli, o’ta o’tkazuvchan materiallar yaratish va boshqalarni eslash kifoyadir.
Kvant fizikasi klassik mexanikaga nisbatan dunyoni tushunishning yuqori pog’onasidir. O’quvchilar kvant nazariyasi haqida ma’lum bilimga ega bo’lsin, degan maqsadda XX asr oxirlarida o’rta maktab fizika dasturiga keyinchalik AL va KHK lari fizika dasturiga kvant fizikasi elementlarini kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi, degan xulosaga kelindi hamda bo’lim materiallarini o’rganishga 8 soat vaqt ajratildi. SHuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, kvant fizikasi asoslarini o’rganish AL va KHK lari dasturiga kiritish murakkab metodik masaladir.
Kvant fizikasida o’rganiladigan zarralar to’lqinidan iborat bo’lishini e’tiborga olsak, ko’rgazmali qurollar juda kam bo’lgani uchun ham kvant fizikasi masalalarini AL va KHK lari fizika kursiga juda ehtiyot bo’lib kiritish kerak, degan xulosaga kelindi.
O’tgan asrning qirqinchi yillarigacha o’rta maktab o’quvchilariga faqatgina yorug’likning kvant nazariyasi haqida boshlang’ich ma’lumotlar berildi.
40-yillar oxirida atom tuzilishini o’rganish masalasi maktab fizika kursiga kiritildi.bu davrda yadro tarkibi, radioaktivlik, ba’zi yadro reaksiyalari, radioaktiv izotoplar va ularning qo’llanishi, kabi materiallar o’rganildi.
1970 yillarda esa o’rta maktab fizika dasturiga elementar zarralar haqida boshlang’ich ma’lumotlar kiritildi.
Kvant fizikasi g’oyalarini o’rganish avvalgicha qoldirildi, to’g’rirog’i yorug’likning kvant nazariyasi optika bo’limi oxirida, Bor pospulatlari atom va yadrosi bo’limida o’rganiladigan bo’ldi.
O’n bir yillik maktab fizika dasturi kvant fizikasi masalalarini o’rganishni kuchaytirdi. Natijada alohida kvant fizikasi bo’limi―Yorug’lik kvantlari, ―Yorug’lik ta’sirlari, ―Atom va atom yadrosi mavzulari kiritildi.
Bu mavzularning mazmuni sezilarli darajada yangilandi. Bo’lim mavzularini o’rganishga KHK larida 24 soat tabiiy fanlar yo’nalishidagi AL larda esa 70 soat vaqt ajratildi.
Yorug’lik kvantlari, Yorug’lik ta’sirlari mavzularini o’rganish davomida o’quvchilar birinchi marta kvant g’oyalar bilan tanishadilar. O’quvchilar yorug’lik interferensiyasi va differaksiyasi hodisalarida o’zining to’lqin xossasini namoyish qilishini, yorug’lik jismlar bilan ta’sirlashganda (fotoeffekt hodisasida, fotokimyoviy reaksiyalarda) zarralik xususiyatini namoyish qilishni bilib oladilar.
Bundan tashqari bo’lim materiallarini o’rganish natijasida o’quvchilar politexnik ta’lim ham oladilar, ya’ni fotoelementlarning tuzilishi, ishlashi bilan va ularning texnikada qo’llanishi bilan topiladilar. Kvant fizikasining rivojiga Rezerford, Bor, Stoletov, Dirak, Tamm, Fermi, Landau, Skobelsin, Plank, Alixonov, Kurchatov kabi olimlar o’z xissalarini qo’shganliklari haqida ma’lumot beriladi.
Endi ayrim mavzularni bayon qilishga to’xtalamiz.
Fotoeffekt hodisasining kashf etilishi va uning qonunlari fizika tarixida alohida o’rin tutadi. Umuman fotoeffekt hodisasi kvant nazariyasining yaratilishida asosiy rol o’ynadi. Shuning uchun ham yorug’lik kvantlari bo’limida fotoeffektni o’rganishga alohida o’rin berilgan.
Haqiqatan, ham fotoeffekt qonunlarini ko’rib chiqishda yorug’lik kvantlari haqidagi ma’lumot berilgan.
XIX asr oxirida nemis olimi Plank kvant nazariyasini berdi. Plank manbalardan yorug’lik uzluksiz holda chiqmasdan ayrim-ayrim porsiyalar holida chiqadi, ayrim-ayrim porsiyalar holida yutiladi. Yutilayotgan yoki chiqayotgan yorug’lik energiyasi quyidagicha ifodalanadi, deb ma’lumot berdi.
ε=hγ
Bu yerda: ε- chiqayotgan yorug’lik energiyasi.
γ - yorug’lik chastotasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |