Yadro itqitish texnikasiga o’rgatish usullari



Download 31,43 Kb.
bet1/6
Sana27.06.2022
Hajmi31,43 Kb.
#710697
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish


Yadro itqitish texnikasiga
o’rgatish usullari



  1. YAdro itqitish

  2. Sapchishga tayyorlanish va sapchish.

  3. Ohirgi kuch berish

  4. YAdro itkitish texnikasini o`rgatish.

Engil atletikadagi uloqtirishlar (yadro itqitish, disk, nayza, granata va bosqon uloqtirish) ma’lum jismoniy sifatlarni (kuch tezkorlik, egiluvchanlik va harakat uyg‘unligini) rivojlantirishni talab qiladi.


Uloqtirish texnikasini o‘zlashtirish samaradorligi tashkil qilish omillariga bog‘liq.
Har bir shug‘ullanuvchini bitta yoki ber nechta snaryad bilan ta’minlash (bu holda mashg‘ulot paytidagi uloqtirishlar soni ko‘payadi) zarur.
Mashg‘ulotni shunday tashkil qilish kerakki, bunda snaryad olib kelish uchun yurish va h.k. ga ketgan vaqtni kamaytirish (snaryadni tepalikka yoki to‘silgan to‘rga uloqtirish, snaryad tushadigan maydonga to‘siq devor qo‘yish va b.) maqsadga muvofiq.
Asosiy diqqatni texnika xavfsizligiga qaratish shart (qarama-qarshi uloqtirishga yo‘l qo‘ymaslik).
Uloqtirishlar texnikasini o‘rgatishdagi uslubiy ko‘rsatmalar:
Uloqtirish texnikasining xususiyatlari bilan tanishish.
Snaryadni ushlash usullari va uni qo‘ldan chiqarishni o‘zlashtirish.
Uloqtirish texnikasining final qismini o‘rganish (final kuchlanishi).
Snaryadning tezlik olish texnikasini o‘rganish: granata va nayzani uloqtirishda yugurish va snaryadni elka orqasiga olib borish, yadro itg‘itishdagi sakrashlar: disk va bosqonni uloqti-rishdagi qaytarishlar.
Snaryadni ushlash usulini o‘rganish ko‘rsatish va sportchining o‘zi tomonidan bajarish orqali amalga oshiriladi. Snaryad bilan bajariladigan har xil faoliyatlarda asosiy mashqlar: yadro bilan jonglirovka qilish, snaryadni har xil dastlabki holatdan va har xil yo‘nalishga uloqtirishlar hisoblanadi.
Hamma sharoitda snaryadni ushlash sportchiga final kuchlanishida ko‘proq kuch bilan ta’sir qilishni ta’minlashi shart.
Tezlik olishni o‘zlashtirishda dastlabki holat va tayyorgarlik harakati ahamiyatli bo‘lib, uloqtiruvchiga diqqatni keyingi faoliyatlarga qaratishga imkon beradi. Disk va bosqonni uloq-tirishda dastlabki holat uloqtirish yo‘nalishiga orqasi bilan turishdan boshlanadi; to‘p, granata va nayzani uloqtirishda tezlik olish uloqtirish yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki holatda turish bilan boshlanadi.
To‘p, granata va nayza uloqtirishda, disk va bosqon bilan aylanishda, yadro itqitishda, sakrashlarda tezlik olish optimal bo‘lib, sportchini snaryadga maksimal kuchlanish berib, tezlik olishi oxirida yanada kuchaytirish shart.
Final kuchlanishiga tayyorlanishda uloqtirishda asosiy ish bajaruvchi mushaklar cho‘ziladi. Bu snaryadni quvib o‘tish hisobiga amalga oshiriladi (bunda tos va oyoqlar gavdaning yuqori qismi va snaryad ushlagan qo‘lni quvib o‘tadi).
Final kuchlanishda uloqtiruvchining har xil gavda qismlarining ketma-ket bajargan harakati katta ahamiyatga ega bo‘lib, u chap oyoqni tuproqqa qo‘yish bilan boshlanadi. Oldin son, tos, elka va elka bo‘g‘imlari hamda qo‘l mushaklari qisqaradi.
Engil atletikada uloqtirish mashqlari texnikasini o‘zlashtirish o‘ziga xos bo‘lib, u uloqtirish turiga bog‘liq. Uloqtirishning tuzilishiga qarab maxsus mashqlar ushlash usuli, final kuchlanishi, tezlik berish kabi harakat qismlari bo‘yicha birlash-tirilgan.



Download 31,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish