O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
“FIZIKA” yo’nalishi
19.10-guruh talabasi
Malikova Xursanoyning
“FIZIKA O’QITISH METODIKASI” fanidan
“Fizika ta’limida ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish” mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi: A.Axmadjonov
Kurs ishi rahbari: B. Ahmedov
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………. 3
I Bob. Pedagogik texnologiyalar to’g’risida umumiy tushunchalar…......... 6
1.1. Pedagogik texnologiyalarning umumiy tavsifi………………………… 6
1.2. Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish –davr talabi……………..............11 1.3. Pedagogik texnologiyalarning qo’llanilish bosqichlari…………................ 12
1.4 Yangi pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari……………............... 14
II bob. Pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy asoslari…….............. 14
2.1. Pedagogik texnologiya tamoyillari…………………………………....... 17
2.2. Zamonaviy pedagogikada axborot texnologiyalaridan foydalanish….............21 2.3. Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish……................................................................................................ 23 2.4. Innovatsion loyihalar asosida dars o’tish davr talabi………………...............
Xulosalar……………………………………………………………….
Foydalangan adabiyotlar
Kirish
Ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlari vositalari keng joriy etilgan jamiyatda turli turli fan soxalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, ta’lim oluvchilar oldiga ularni jadal egallash bilan bir qatorda, muntazam va mustaqil ravishda bilim izlash vazifasini qo’ymoqda.
Fizikadan o’quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, ularni tayyorlash borasidagi ilmiy-uslubiy, tashkiliy va moliyaviy masalalarni hal qilish, uzluksiz ta’lim tizimida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadlariga erishishni ta’minlashga qaratilgan choralarni ishlab chiqish talab qiladi. Shu bilan birga soha bo’yicha fan, texnika va texnologiyaning so’nggi yutuqlari, ilg’or xalqaro tajriba va taraqqiyot tendentsiyalari hisobiga olinishi shart. Ushbu tadqiqot ishining asosiy vazifalariga fizika fani bo’yicha o’quv adabiyotlarining yangi avlodi funksiyalari va vazifalarini ularni yaratishda qo’yilgan ilmiy-g’oyaviy, uslubiy-didaktik, psixologik-pedagogik, sanitariya-gigienik talablarni ishlab chiqish, o’quv adabiyotlarining shakllari va turlariga aniq ta’riflar berish hamda mamlakatimiz miqyosida zamonaviy o’quv adabiyotlarini tayyorlash bo’yicha dasturlarni amalga oshirish uchun strategik yo’nalishlarni belgilab olish kiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida mamlakat taraqqiyotining zamini, hech shubhasiz, ilm-fan va innovatsiyalar ekanini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.
Hozirgi davrda xorijiy tillarni mukammal o‘rganmasdan turib, buyuk bobomiz aytgan ana shunday marralarga erishib bo‘lmaydi, desak, adashmagan bo‘lamiz. Bunday o‘tkir talabga amal qilib, kelgusi yilda fizika va chet tillarini o‘rganishni ustuvor yo‘nalish etib belgilashni taklif etaman.
Shu maqsadda, kelgusi yilda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida ushbu fanlarni o‘qitish sifatini tubdan oshirish, ixtisoslashgan maktablar ochish, malakali pedagoglarni jalb etish kabi tizimli ishlar amalga oshiriladi. Fizika bo‘yicha Ahmad Farg‘oniy nomidagi xalqaro fan olimpiadasi tashkil etiladi.
Shuningdek, fizika yo‘nalishida ilmiy izlanishlar ko‘lami va sifatini oshirish, yosh olimlarga zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |