5.2. KUCHLI ELEKTROLITNING EKVIVALENT ELEKTR O‘TKAZUVCHANLIGINI ANIQLASH.
Ish bajarish tartibi: kuchli elektrolitlar Kolraush qonuniga bo‘ysunadi. λ= Bu qonunni isbotlash va ni aniqlash uchun turli konsentratsiyali kuchli elektrolit eritmasining solishtirma elektr o‘tkazuvchanligini aniqpash kerak. Buning uchun o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatilgan kuchli elektrolitning 0,1 N eritmasidan 40 ml elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchaydigan idishga solib, kuchsiz elektrolitning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchagandagi tajribalarni takrorlash kerak. SHuningdek yuqoridagi qiymatlarni hisoblaymyz (χ, λ).
Ishning hisoboti: topilgan qiymatlar 6-jadvalga kiritiladi.
6-jadval
Tajriba №
|
V
|
Sg-ekv/l
|
Vc
|
Rx
|
χ=χeritma
|
χ
|
λ
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Natijalar asosida λ = f (Vc) grafigi chiziladi va kuchli elektrolit eritmasi uchun ning qiymati topiladi.
SHuningdek kuchsiz elektrolitlarning dissotsiyalanish konstantasini temperaturaga bog‘liqligidan foydalanib, bir qator termodinamik funksiyalarni hisoblash mumkin. Qaytar va izotermik ravishda ketadigan dissotsiyalanish jarayonining maksimal foydali ishini quyidagi tenglamadan topish mumkin:
Amax = -∆G0 = RT lnK
Agar bir necha temperaturadagi dissotsiyalanish konstantasi ma’lum bo‘lsa, Vant-Goffning izobara tenglamasidan dissotsiyalanish jarayonining issiqlik effektini hisoblash mumkin.
bu erda: K1 va K2 – turli temperaturadagi dissotsiyalanish konstantasi; △N0 – jarayonning issiqlik effekti, kal / mol yoki J/mol. ∆N0 ning qiymatini lgK = f (1/T) ga bog‘lanishni grafik ko‘rinishidan aniqlasa bo‘ladi, chunki
2,3 lgK = -∆N0 /RT + const
∆N0 = 2,303Rlgβ.
bu erda: β – to‘g‘ri chiziqning abssissalar o‘qiga tushish burchagi.
∆G = ∆H - T∆S tenglamadan izobarik-izotermik potensial (△G) ning qiymati ma’lum bo‘lsa, entropiyaning o‘zgarishini topish mumkin:
∆S = ∆N0 - ∆G/T, kal/mol·grad yoki J/ mol·grad.
Bu yo‘l bilan qiyin eruvchi moddalarning erigandagi termodinamik funksiyalarining o‘zgarishini hisoblasa bo‘ladi, faqat K ning o‘rniga to‘yingan eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligidan aniqlangan eruvchanlik ko‘paytmasi qo‘yiladi.
Joriy nazorat savollari:
Noelektrolit va elektrolit eritmalar. Elektrolit eritmalar xossasining noelektrolit eritmalar qonunlaridan chetlanishi. Izotonik koeffitsient.
Elektrolit eritmalarining dissotsiatsiyalanish sabablari.
Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyalari (Arrenius, Kablukov va
boshqalar).
4. Dissotsiatsiyalanish darajasi. Uning konsentratsiya bilan o‘zgarishi.
5. Dissotsiatsiyalanish konstantasi. Dissotsiatsiyalanish konstantasining dissotsiatsiyalanish darajasi bilan bog‘liqligi.
6. Ekvivalent elektr o‘tkazuvchanlik, uning konsentratsiyaga bog‘liqligi, suyultirish bilan o‘zgarishi.
Ionlar harakatchanligi. Uning fizik ma’nosi. Kolraush qonuni.
Ostvaldning suyultirish qonuni. Bu qonun nimani ifodalaydi.
Ion kuchi. Ion kuchi qoidasi. Debay-Xyukkelning kuchli elektrolitlar nazariyasi.
Kuchli elektrolitlarning elektr o‘tkazuvchanligi. Katoforetik relaksatsion qarshiliklar.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
X.Rustamov. Fizik kimyo. T., "O‘zbekiston", 2000 y., 275-278, 289-292, 299-303 betlar.
Fizik kimyo kursidan amaliy mashg‘ulotlar. Institut talabalariga o‘quv qo‘llanma / (B.N.Afanasev va boshq. Tarjimonlar : X.I. Akbarov, R.S. Tillaev). - 4-ruscha nashr. Tarjima. - T.: O‘zbekiston, 1999 y., 203-208 betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |