O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
«MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI» FAKULTЕTI
“FIZIKA VA KIMYO”
KAFЕDRASI
oliy ta’limning barcha muhandislik yo’nalishlari talabalari uchun
“ Fizikaviy kimyo” fanidan amaliy laboratoriya ishlarini bajarish uchun
uslubiy qo’llanma
ANDIJON 2016
«TASDIQLAYMAN»
Andijon mashinasozlik
institut o’quv-uslubiy
kengashida ko’rib chiqilgan va
ma’qullangan
Kengash raisi____________Q.Ermatov
«__» ______ 2016 y.
«MA’QULLANGAN»
«Mashinasolik texnologiyasi » fakulteti ilmiy
kengashida muhokama qilingan va
ma’qullangan
Kengash raisi________ L.Olimov
«__» ______ 2016 y.
«TAVSIYA ETILGAN»
« Fizika va kimyo» kafedrasi
majlisida muhokama qilingan va
tavsiya etilgan
Kafedra mudiri _______ G.Umarova
(Kafedra majlisinin g __- sonli bayonnomasi
«___» ________2016y)
Tuzuvchilar:
Qirgizov F. – AndMI "Fizika va kimyo" kafedrasi katta o‘qituvchisi
Saydaxmedov X.A. – AndMI "Fizika va kimyo" kafedrasi assistenti
Taqrizchilar:
Abdurahmonov .U. - AndTI “ bioorganik kimyo ”kafedrasi dotsenti,k.f.n.
Xalilov M. – AndMI "Fizika va kimyo"kafedrasi dotsenti, т.f.n.
KIRISH
Fizikaviy kimyo - kimyoviy va fizikaviy hodisalarni, ularning tekshirish usullari 6ilan bog‘lanishini o‘rganadigan fanlarning nazariy asosidir.
Fizikaviy kimyo kimyoviy jarayonlar va fizikaviy hodisalar orasidagi bog‘lanishni o‘rganadi, moddalarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi bilan ularning xossalari o‘rtasidagi qonuniyatlarni o‘rnatadi. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi, mexanizmi, ketish – ketmasligi, muvozanat sodir bo‘lish shartlarini hamda issiqlik effektlarini o‘rganadi, natijalarni, ko‘pincha matematik usulda ifodalaydi.
Fizikaviy kimyo zamonaviy kimyogar texnologni dunyo qarashini shakllantirishda muhim axamiyatga ega. Bunda nazariy bilimlar-ni o‘zlashtirishda, keyingi mustaqil faoliyatida kerakli ko‘nikma-lar orttirishda va yangidan – yangi masalalarni hal qilishda imkoniyat beradigan laboratoriya mashg‘ulotlarining ahamiyati g‘oyat kattadir. Fizikaviy kimyoga oid laboratoriya ishlari va tajribani ongli ravishda nazariy mazmunini tushunib qilinsa, bo‘lajak bakalavrni bilim darajasini oshiradi, ularni mustaqil ijodiy fikrlashga, olingan natijalarni chuqur tahlil qilishga, jarayonlarga dialektik nuqtai nazardan yondashishga undaydi. Bu o‘quv jarayonining o‘zlash-tirish samarasi ko‘p jihatdan laboratoriya ishining mazmuni va qo‘yilishiga bog‘liqdir.
Qator sabablarga ko‘ra fizikaviy kimyo laboratoriya ish-lari ma’ruza materiallarini ketma – ketligi bilan hamohang bo‘la-vermaydi. SHuning uchun ushbu uslubiy qo‘llanmada qisqacha nazariy bayon berilgan. Bu ishning mazmunini va mohiyatini tushunishga yordam berib, ma’ruza materiallarini chuqurroq va atroflicha o‘zlashtirishga, hamda fanga qiziqish yyg‘otishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |