miqdorda uchraydi, patologik holatlarda esa xolesterinning miqdori ortadi va giper
xolesterin emiyaga olib kaladi. Xolestren miqdorini ortishi sariq, jigar sirrozi,
miksedema, kretinizm va diabet, endokrin kasallikda ridamiksedema, avitaminoz
kasalliklarida ham xolesterin miqdori ko‘payadi.
Bazedov kasalligida, anemiyada gipoxolesterinemiya kuzatiladi. Xolesterin
moddalar almashinuvida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujayra
membranalarining tuzilishida ishtirok etadi.
Xolesterin miqdorini aniqlash Liberman – Bunxardni rangli reakstiyasiga
asoslangan. Xolesterinning xloroformli eritmasi sirka angidrid va konstentrlangan
sulfat kislotasi bilan yashil rang hosil bo‘lishining intensivligi xolesterin
konstentrastiyasiga proporstionaldir.
Kerakli asboblar:.
25 mlli kolba 1, 2, 5 va 10 ml pipetkalar, stilindir suv
hammomi.
Reaktivlar:
Etanol – dietilefir aralashmasi (3-1) nisbatda xloroform, sirka
angidridi, konstentrlangan sulfat kislota. Xolesterinning stardart eritmasi ( bu
eritmaning 1 mlda 0,1 mg xolesterin bor).
Ishning borishi:
Mayda qilib qirqilgan jigar yoki buyrak to‘qimasidan 200
– 300 mg o‘lchab olib, hajmi 25 ml bo‘lgan qopqoqli kolbaga solinadi va 15 ml
spirt efirli aralashmadan qo‘shiladi. Kolbadagi suyuqlik aralashtirilgach, qaynatib
olinadi. Aralashma qaynaguncha suv hammomida qoldiriladi. Aralashma
sovugandan keyin kolbaga yana spirt – efirli aralashmadan kolba belgisigacha
qo‘shiladi. Kolbadagi aralashma chayqatiladi, so‘ngra filtr qog‘oz orqali filtrlanadi
va qaynab turgan suv hammomida quriguncha parlantiriladi.
Parlantirilib bo‘lgandan keyin kolbadagi qoldiq 10 ml.xloroformda eritiladi.
Rangli reakstiya qilib ko‘rish uchun probirkaga 5 ml xolesterinning xloroformdagi
eritmasidan solib, 1 ml sirka angidrid va 4 tomchi H
2
SO
4
qo‘shiladi. Yaxshilab
aralashtirilgan aralashma 30 minut qorong‘u joyda qoldiriladi. Hosil bo‘lgan
rangning intensivligi optik zichlik kattaligiga qarab aniqlanadi. Optik zichligi
spektrofotometrda 656 nm to‘lqin uzunligida o‘lchanadi. Xolesterin miqdori
kalibrlangan
grafikdan
aniqlanadi.
Kalibrlangan
grafikni tuzish uchun
xolesterinning standart eritmasidan turli konstentrastiyali eritmalar olib, rangli
reakstiyasi bajariladi va optik zichligi o‘lchanadi.
To‘qimadagi xolesterin miqdori (mg % da) quyidagi formula bilan
hisoblanadi.
X = m.VV
2
100
RV
1
V
3
bunda, m – namunadagi xolesterin miqdori, mg,
V- spirt – efirli aralashmaning hajmi (25 ml),
V
1
- aniqlash uchun olingan spirt- efirli ekstraktning hajmi (5 yoki 10 ml)
V
2
– xolesterin xloroformdagi eritmasining umumiy hajmi (10 ml),
V
3
rangli reakstiya uchun olingan xolesterinning xloroformdagi eritmasi (5
ml), R – to‘qimaning og‘irligi, g.
Bu usul bilan namunalardagi xolesterinning miqdorini 0.05 dan 0,5 mg
gacha aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: