O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI “FIZIKA-TEXNIKA” FAKULTETI “Fizika” yo’nalishi 2010-guruh talabasi
AKRAMJONOVA GULYORA ALIMARDON qizining “Optika” fanidan
"Yorug'likning sochilishi"mavzusidagi
Taqdimoti.
KIRISH IBOB YORUG’LIKNING SOCHILISHI,YORUG’LIK NURINING NAZARIYASI 1.1.Yorug‘likni kombinatsion sochilishini kvant nazariyasi
1.2.Yorug’lik nurining fotonlar nazariyasiga talqin qilinishi Yorug’lik bosimini tajribada o’rganish
II BOB YORUG’LIK BOSIMI VA SOCHILISHLAR 2.1.Yorug’lik bosimining bazi bir kosmik hodisalardagi roli
2.2.Mandelshtam-Brillyuen majburiy sochilishi.Kompton effekti
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Yorug’lik nurining tarqalishi uni ifodalab beradigan asosiy ikkita nazariya bo’lib ular: Gyugensning to’lqin nazariyasi va Nyutonning zarra nazariyasi hisoblanadi. Yorug’lik nuri qanday tarqalishi, rang hosil bo’lishi, ko’rish kabi bir qator tushunchalarni ifodalash uchun bir qancha olimlar o’zlarining nazariyalarini yaratishdi.Bularning ichida Nyuton yaratgan zarracha nazariyasiga to’xtaladigan bo’lsak "Yorug’lik nuri bu uning energiyasini tashuvchi zarralar oqimidan iborat bo’lib ular faqat harakatda mavjuddir" deyiladi.Bundan ko’rinadiki zarracha biron tezlik bilan borib jismlar bilan tasirlashishi natijasida u sirtga albatta zarra berishi kerak degan hulosa chiqib keladi.Haqiqatdan ham bu bosim bor yo’qligini aniqlash uchun bir qancha tajribalar olib borilgan bo’lib ulardan biri Lebedov tajribasi hisoblanadi.
Yorug’likning suyu q lik sirtida sochilishi . Hajmda bo`ladigan sochilishga o`xshagan hodisalar suyuqlik sirtida ham bo`lishi mumkin. Suyuqlikning tinch sirti ko`zguga o`xshaydi, unga tushayotgan yorug`lik ma’lum bir yo`nalishda tekis qaytadi. Biroq suyuklik sirti biror sababdan, masalan, chayqalishdan g`adir-budur bo`lib qolsa, yorug`likning birmuncha qismi chetga tarqoq ravishda sochiladi. Suyuqlikning tekis sirti, umuman aytganda, molekulyar harakat tufayli muttasil ravishda «buzilib» turishi kerak va bu notekisliklar to`lqin uzunligiga yaqin bo`lib qolganda yorug`lik tekis qaytmay, suyuqlik sirti xira bo`lib qoladi.
Kometalar quyruqlarining paydo bo’lishi kometalar quyoshga yaqinlshgani sari bu quyruqlarning kattalashib borib quyoshdan teskari tomonga qarab joylahshishi Keplerni kometalarning quyruqlari zarralar oqimidan iborat bo’lib, kometa quyoshga yaqinlashayotganida bu zarralar yorug’lik bosimi ta'sirida quyoshdan uzoqlashadi, degan huosani chiqarishga majbur qildi.Xisoblar va ayniqsa Lebedovning eksperimental tadqiqotlari bu fikrni quvvatladi.Bu ma'lumotlarga qarab o’lchamlari ancha kichik bo’lgan zarralarning quyosh nurlanishi ta'sirida quyoshdan itarilishiquyosh massasi ta'sirida quyoshga tortilishiga qaraganda kuchliroq ekanligini aniqlash mumkin, chunki zarra radiusining kichrayishi bilan tortilish kuchi radiusning kubigaproporsional kamayadi, itarilish esa radiusning kvadrati kabi kamayadi.
Yorug`lik sochilishining yuqorida ko`rib o`tilgan hollarida muhitning turli xil sabablar tufayli yuzaga kelgan optik bir jinsli emasliklarining yorug`lik tarqalish xarakteriga ko`rsatadigan ta’siri hisobga olinib, yorug`likning optik bir jinsli emasliklarga ko`rsatadigan ta’siri hisobga olinmay keldi. Uyg`otuvchi yorug`likning intensivligi shu qadar oz bo`lib, bu intensivlik muhitning bir jinsli emasligi xarakteriga sezilarli ta’sir ko`rsata olmasa, yorug`likning muhitga ko`rsatadigan ta’sirini e’tiborga olmasa bo`ladi. Biroq uyg`otuvchi yorug`likning intensivligi katta bo`lib muhitning ichki harakati xarakteriga sezilarli ta’sir qilganda yorug`likning optik bir jinsli emasliklarga ko`rsatadigan ta’sirini e’tiborga olish kerak bo`ladi. Lazerning gigant impulsining juda intensiv yorug`ligi muhitga ta’sir qilganda chiziqli bo`lmagan bir qator optik hodisalar yuz beradi, Bunday hodisalarning bir turi yorug`likning majburiy sochilishi deb atalgan.
Molekulalar orasidagi kuchlar asosan ikkiga bо‘linadi: 1. Universial ta’sir kuchlari. 2. Spetsifik ta’sir kuchlar
Universial о‘zaro ta’sir deganimizda hamma holatlarda namoyon bо‘ladigan kuchlar, bu kuchlarga Van-der-vals kuchlari ham deyiladi. Bu kuch tabiatini uzoq vaqtlar tushuntirish qiyin bо‘ldi. Qachonki atomlar orasidagi ta’sir kuchi tabiatini tо‘lig‘icha о‘rganilganidan sо‘ng molekulalar orasidagi ta’sir kuchlari tо‘g‘risida tо‘liq xulosaga kelishi mumkin. Odatda molekulalararo ta’sir kuchining energiyasi 0,5-1,5 kal/mol tashkil etadi. Van-der-vals kuchlari 3 xil bо‘ladi. 1. Oriyentatsion kuch 2. Induksion kuch 3. Dispersion kuch
Xulosa YORUG’LIKNING SOCHILISHI muhitda tarqalayotgan yorug’lik dastasining mumkin bo’lgan barcha yo’nalishlarda og’ishi. Muhitning har xil jinsliligi va yorug’likning modda zarralari bilan o’zaro ta’siri yorug’likning sochilishiga sabab bo’ladi. Bunda yorug’likning intensivligi, spektri va qutblanishi o’zgaradi. Yorug’likning sochilishi asosida molekulalar, suyuqliklar va hokazolarning tuzilishi o’rganiladi. Yorug’likning Reley sochilishi (Reley qonuni), yorug’likning molekulyar sochilishi, yorug’likning kombinasion sochilishi va boshqa xillari mavjud. Yorug’likning sochilishi hodisasidan fizika, kimyo va texnikaning turli sohalarida, turli-tuman tadqiqotlarda keng foydalaniladi. Yorug’likning sochilishi spektri yordamida moddalarning atom va molekulyar xarakteristikalari, ularning elastiklik, relaksasion va boshqa doimiylari aniqlanadi. Zarralarning o’lchamlari va shakllarini aniqlashning ko’pgina usullari Yorug’likning sochilishi hodisasiga asoslangan. Lazer spektroskopiya asosida yorug’likning majburiy sochilish jarayoni yotadi va undan lazerlarsa keng foydalaniladi. Bunday muhitlarda yorug’lik sochiladi va demak, optik jihatdan bir jinslimaslik paydo bo’lishiga olib keladigan fizik sabab bor (L.I.Mandelshitam,1907 y).Ideal toza muhitlarda optik bir jinslimaslik yuzaga kelishining fizik sababi birdaniga topilgani yo’q. Yorug’likning molekulyar sochilishining tajribada osongina qilib kurish mumkin bo’lgan holi ba’zi eritmalarni tadqiq etishda kuzatiladi. Eritmalarda biz molekulalarning ikki (yoki undan ko’roq) navlarining aralashmasi bilan ish ko’ramiz,bu molekulalar o’zlarining qutblanuvchanligi qiymatlari bilan xarakterlanadi.