Fizika ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun Halimova Shahnoza Ikrom qizi


Dars jarayonidaturli xildagi fizikaviy masalalarni yechish metodikasi



Download 2,69 Mb.
bet11/31
Sana02.01.2022
Hajmi2,69 Mb.
#312094
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
Mеxanika masalalarini yеchishda saqlanish qonunlarining qo’llanishi

1.3. Dars jarayonidaturli xildagi fizikaviy masalalarni yechish metodikasi.


1.3.1.Sifatga oid masalalaryechish metodikasi.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida sifatga oid masalalarni hammadan avval o’rganilgan materialni mustahkamlash maqsadida beriladi. Fizikaning shunday bo’limlari ham borki, sifatga oid masalalar unda asos bo’lib xizmat qiladi, bu bo’limlarida miqdoriy masalalar deyarli yechilmaydi. Gidrodinamika bo’limi va shunday bo’limlardandir. Materialning o’zlashtirish darajasini so’rab bilishda ham sifatga oid masalalar nihoyatta katta ahamiyatga ega. Sifatga oid masalalar qisqa vaqt ichida ko’rilayotgan masalaning fizikaviy mohiyatini aniqlashga imkon beradi, holbuki boshqa turdagi masalalar bu sohada samarasizroq bo’lishi mumkin. Shuning o’quvchilarning sifatga oid masalalarni muffaqiyatli yecha bilishlari bilimlarning singganini, materialni o’zlashtirishda rasmiyatchilik bo’lmaganini bildiradi. Sifatga oid masalalar tematikasi, mazmuni va murakkabligi jihatidan xilma-xildir.

Sifatga oid masalalarni yechish, odatda induksiya va deduksiya yordamida fizik qonunlarga asoslangan mantiqiy xulosalar qila bilishdan iborat bo’ladi. Bunda analiz va sintez bir-biriga shunday chambarchas bog’langanki, bu yerda sifatga oid masalalarni analitiko-sintetik metod haqidagina gapirish mumkin.

Sifatga oid masalalarni yechish sxemasini taxminan quyidagicha:



  • Masalaning shartini o’qish, masalaning shartidagi barcha terminlarni aniqlash;

  • Masalaning shartini tahlil qilish, fizik hodisalarni aniqlash, kerak bo’lsa sxema yoki chizmani chizish;

  • Analitik va sintetik mulohazalar zanjirini tuzish (sifatga oid masalalarni yechishda bu moment ayniqsa xarakterli va muhimdir).

  • Olingan natijani uning fizik ma’nosiga ko’ra tahlil qilish, masalaning shartiga va voqelikka muvofiq kelishini aniqlash.

Fizika darslarida sifatga oid masalalarni yechish metodikasi ikki asosiy guruhga bo’linadi:

  1. Sifatga oid sodda masalalar yoki ularni ba’zida masala-savollar deb ham ataladi.Ular odatda bitta fizik qonunga asosan yechiladi va bunda bir qator mantiqiy xulosalar chiqarish ancha oson bo’ladi.

  2. O’zida bir necha sodda masalani mujassamlashtirgan sifatga oid murakkab masalalar. Ularni yechishda bir qator ancha uzoq mantiqiy xulosalar chiqarish, bir necha fizik qonunlarni tahlil qilishga to’g’ri keladi.

10masala. Nima uchun yurib ketayotgan odam qoqilib tushganda oldinga yiqiladi?

11masala.Kiyimni qoqib uni changdan tozalash nimaga asoslangan?

12masala.Boltaga dasta o’rnatishning mumkin bo’lgan qanday usullari bor? Bu usullar nimaga asoslangan?

Bu masalalarni yechish uchun har bir aniq holga Nyutonning birinchi qonuni qo’llaniladi.Bu masalalarni yechishda o’quvchilar birinchi navbatda masalaning shartini aniqlashlari, nima ustida gap ketayotganini tushunishlari kerak. Birinchidan, berilgan vaziyatda qanday fizik hodisa kuzatilayotganini aniqlash kerak. Ravshanki, bu holda inersiya hodisasi kuzatiladi, shuning uchun qilinadigan mulohazalar inersiya hodisasini tushuntiruvchi qonunga asoslangan bo’lishi kerak. Bu hollarda bu qonun Nyutonning birinchi qonuni – inersiya qonuni bo’lib, o’quvchilar masalalar yechishda uning ifodalanishini takrorlab o’tadilar.

Shunday qilib, masalan, qoqilib tushgan odamning oyog’i qandaydir to’siqda ushlanib qolgani uchun to’xtaydi, uning qolgan qismlari esa inersiya bo’yicha oldinga harakat qilgani uchun, odam qoqilganda oldinga yiqiladi deb xulosa qilinadi.


Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish